{"id":2136,"date":"2020-05-30T16:47:18","date_gmt":"2020-05-30T13:47:18","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2136"},"modified":"2020-06-01T17:14:27","modified_gmt":"2020-06-01T14:14:27","slug":"%d1%91%d0%bc%d2%93%d0%b8%d1%80%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d1%81%d1%9e%d0%bd%d0%b3-%d1%91%d1%80%d0%b8%d0%bb%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d1%88%d0%b8%d1%84%d0%b5%d1%80%d0%bb%d0%b0%d1%80-%d1%82%d1%9e%d0%bb%d0%b8%d2%93","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2136","title":{"rendered":"Yomg`irdan so`ng yorilgan shiferlar to`lig`icha almashtirildi"},"content":{"rendered":"<p>Farg`ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi fuqaro X. \u0410bdullaev yangi qurayotgan uyining tom qismini yopish maqsadida Buvayda tumani Yangiqo`rg`on qishlog`ida joylashgan qurilish savdo do`konidan shifer mahsulotlarini sotib oladi. \u0410mmo oradan hech qancha vaqt o`tmay yomg`ir oqibatida xonadoni tom qismiga qadalgan shiferlar yorilib ketadi. Fuqaro X. \u0410bdullaev ushbu holat yuzasidan do`kon sotuvchisiga noroziligini bayon etadi, lekin uning vajlari yarim yo`lda qolib ketadi. Shundan so`ng iste\u02bcmolchi Buvayda tumani iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.<br \/>\nJamiyat hodimlari tomonidan ushbu murojaat O`zbekiston Respublikasining \u201cJismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida\u201dgi va \u201cIste\u02bcmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida\u201dgi qonunlari asosida o`rganildi va o`rganuv jarayonida quyidagilar ma\u02bclum bo`ldi:<br \/>\nIste\u02bcmolchi tuman markazidagi qurilish mollari savdo do`konidan har biri 32000 so`mdan, jami 3200000 so`mga 100 dona shifer mahsulotlarini naqd pulga sotib olib, usta yollab xonadoni tomiga qadagan. Oradan hech qancha vaqt o`tmay yoqqan yomg`irdan so`ng esa &#8230;<br \/>\nMurojaatni har taraflama o`rganish maqsadida sotuvchi ishtirokida X.\u0410bdullaevning xonadoniga tashrif buyurildi. Qadalgan shiferlar \u201cQuvasoyshifer\u201d ochiq aktsiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilganligi va ish mahsulotga ilova qilingan yo`riqnoma asosida bajarilganligi ma\u02bclum bo`ldi.<br \/>\nO`rganish doirasida sotuvchiga \u201cIste\u02bcmolchilarning huquqlarini himoya qilish to\u02bcg\u02bcrisida\u201dgi qonunning tegishli moddalari talablari, xususan uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozimligi, kafolat muddati tovar iste\u02bcmolchiga sotilgan yoki xizmat ko`rsatilgan kundan boshlab hisoblanishi (11-modda), iste\u02bcmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar yetti kunlik muddatda, tovar sifatini qo`shimcha ravishda tekshirish zarur bo`lganda esa, iste\u02bcmolchi talab qo`ygan paytdan e\u02bctiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shartligi (14-modda) yuzasidan tushunchalar berildi. Shundan so`ng sotuvchi tashabbusi va iste\u02bcmolchining roziligi asosida 100 dona shifer boshqa korxona mahsulotiga almashtirib berilishiga erishildi.<br \/>\nIste\u02bcmolchi murojaati ijobiy hal etilganligi uchun minnatdorchilik bildirdi. <\/p>\n<p>Mirzoxid Nuraliev<br \/>\nBuvayda tumani iste\u02bcmolchilar<br \/>\nhuquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg`ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi fuqaro X. \u0410bdullaev yangi qurayotgan uyining tom qismini yopish maqsadida Buvayda tumani Yangiqo`rg`on qishlog`ida joylashgan qurilish savdo do`konidan shifer mahsulotlarini sotib oladi. \u0410mmo oradan hech qancha vaqt o`tmay yomg`ir oqibatida xonadoni tom qismiga qadalgan shiferlar yorilib ketadi. Fuqaro X. \u0410bdullaev ushbu holat yuzasidan do`kon sotuvchisiga noroziligini bayon etadi, lekin uning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2137,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2136","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":700,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2136"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2136"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2136\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2139,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2136\/revisions\/2139"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2137"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2136"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2136"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2136"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}