{"id":2275,"date":"2020-06-29T15:57:42","date_gmt":"2020-06-29T12:57:42","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2275"},"modified":"2020-07-04T16:36:12","modified_gmt":"2020-07-04T13:36:12","slug":"%d1%88%d0%b0%d1%80%d1%82%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d0%b3%d0%b8-%d0%bc%d0%b0%d0%b6%d0%b1%d1%83%d1%80%d0%b8%d1%8f%d1%82%d0%bb%d0%b0%d1%80-%d1%84%d0%b0%d2%9b%d0%b0%d1%82-%d0%b8%d1%81%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2275","title":{"rendered":"Shartnomadagi majburiyatlar faqat iste&#8217;molchi uchunmi?"},"content":{"rendered":"<p>Joriy yilning o`tgan davri mobaynida Yozyovon tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga iste\u02bcmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning ayrimlari bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz. So`zimiz boshida iste\u02bcmolchi huquqining ustivorligini, qonunchilikning mazkur normasi butun dunyoda tan olinganligini, shuningdek ushbu norma mamlakatimiz Konstitutsiyasining <a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/-20596#-39163\">53-moddasi<\/a>da ham o`z aksini topganligini ta\u02bckidlab o`tishimiz kerak.<\/p>\n<p>Guliston mahallasida yashovchi Sh. J.ning <em>(quyida barcha fuqarolar, sotuvchi va xizmat ko`rsatuvchilarning ism-shariflari qisqartirilib, ism-shariflarning bosh harflari keltirilgan)<\/em> yozma murojaati maishiy xizmatlarni ko`rsatuvchining xizmatlari sifatidan norozilik mazmunida bo`lgan. U yakka tartibdagi tadbirkor E.X.N. tomonidan televizoriga o`rnatib berilgan ehtiyot qismining sifatsiz chiqqanligini ma\u02bclum qilib, tuman jamiyatidan ushbu masalada amaliy yordam ko`rsatilishini so`ragan.<\/p>\n<p>Murojaatni o`rganish maqsadida ustaga uchrashilganda, u haqiqatda ham iste\u02bcmolchining televizoridagi nuqsonlarni bartaraf etish masalasida kelganligini, uning tomonidan televizorga ehtiyot qismi o`rnatib berilganligi, jami bo`lib ko`rsatilgan xizmatlar uchun 160 000 (bir yuz oltmish ming) so`m pul olganligini ma\u02bclum qildi. <em>\u201cTelevizorga o`rnatib bergan ehtiyot qismingiz sifatsiz chiqqanligi sababli, iste\u02bcmolchi oradan 3 kun o`tib yana oldingizga kelgan ekan. Nega yana yangitdan ehtiyot qism qo`yish uchun mijozdan 150 000 (bir yuz ellik ming) so`m pul so\u02bcradingiz\u201d,<\/em> &#8212; degan savolimizga ustaning javobi, to`g`risi, ensamizni qotirdi. Ustani aytishicha, u bajarilgan ishiga <em>(ya\u02bcni ehtiyot qismni joyiga o`rnatishga, payvandlab qo`yishning sifatiga \u2013 izox bizniki)<\/em> kafolat berarmishu, lekin ehtiyot qismga kafolat bermas ekan.<\/p>\n<p><strong>\u201cIste\u02bcmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida\u201d<\/strong>gi qonunning <a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/-4704#-6053\">19-moddasi<\/a>ga ko`ra, agar ijrochi ishlarni bajarishda nuqsonlarga yo`l qo`ygan bo`lsa, iste\u02bcmolchi ishning takroran bajarilishini yoki shartnomani bekor qilib ko`rilgan zarar to`liq qoplanishini talab qilishga haqli. Tuman jamiyati mutaxassislari ustaxona xodimiga amaldagi qonun bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi (ish bajaruvchi)ning majburiyatlari, mazkur majburiyatlarni bajarmaslik orqasidan kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar to`g`risida tushuntirishlar berganlaridan so`ng, u 160 000 so\u02bcm pulni iste\u02bcmolchiga qaytardi.<\/p>\n<p>Yangiobod mahallasida yashovchi U. G`. Yozyovon shaharchasida ko`chma savdo faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor I.M.J. dan o`zi uchun ayollar ko`ylagini 85 000 (sakson besh ming) so`mga sotib olgan. Lekin uyiga borib sinchiklab ko`rish jarayonida qizi va boshqa yaqinlari unga ko`ylak sotuvchi tomonidan tarifi keltirilgan materialdan emas, balki sifatsizroq materialdan tikilganligini aytishgach, ertasi kuni u sotuvchi huzuriga qaytib kelib, ko`ylakni almashtirishni so`ragan. Biroq sotuvchi sotilgan tovarlar qaytarib olinmasligini aytib, almashtirib berishni ham, ko`ylakni pulini qaytarishni ham rad qilgan.<\/p>\n<p>\u0410maldagi qonunning <a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/-4704#-4776\">7-moddasi<\/a>ga ko`ra, agar tovar haqida noto`g`ri ma\u02bclumot berilgan va buning natijasida zarur iste\u02bcmol xossalariga ega bo`lmagan tovar sotib olinishiga sabab bo`lsa, iste\u02bcmolchi shartnomani bekor qilishga va o`ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir. Iste\u02bcmolchining tovar haqidagi noto`g`ri ma\u02bclumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi talablari sotib olingan tovarning xossalari va jihatlari haqida iste\u02bcmolchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi. Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan qonunning mazkur talabi sotuvchiga tushuntirilgach, u iste\u02bcmolchi bilan ko`ylakni boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishi bo`yicha kelishuvga erishdi.<\/p>\n<p>Guliston mahallasida yashovchi X.M. bilan esa qiziq voqea sodir bo`lgan. U xo`jalik mollari va uy-ro`zg`or buyumlarini ijaraga berish faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor S.Sh.Z. dan uyida o`tkaziladigan marosim uchun turli idish-tovoqlarni 140 000 (bir yuz qirq ming) so`mga ijaraga olgan. Lekin iste\u02bcmolchi marosimni o`tkazib, idish-tovoqlarni qaytarib topshirishga olib kelgach, tadbirkor ularga turli darajada zarar yetkazilgan (singan, ko`chgan, darz ketgan, yo`qolgan) degan vajlar bilan yana 200 000 (ikki yuz ming) so`m qo`shimcha to`lov qilasiz, deb turib olgan. Iste\u02bcmolchi mazkur masalada amaliy yordam ko`rsatilishini so`rab tuman jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo`lgan.<\/p>\n<p>Murojaatni o`rganish vaqtida ijaraga berish uchun ajratilgan xo`jalik buyumlari (iste\u02bcmolchiga ijaraga berilganlaridan ham tashqarilari) ko`zdan kechirilganda, ularning aksariyati yuqorida tadbirkor tomonidan da\u02bcvo qilingan nuqsonlarga (idishlarda ko`chgan, choynaklarda uchgan joylari) shundoq ham egaligi kuzatildi. Bundan esa, tadbirkor tomonidan iste\u02bcmolchiga oldindan nuqsonlarga ega bo`lgan idish tovoqlar ijaraga berilgan, degan xulosaga kelindi. Lekin iste\u02bcmolchi o`zi tomonidan qabul qilib olingan idishlardan 3 tasi yo`qolganligini tan olishini bildirib, uning pulini to`lab berishini bo`yniga oldi. O`rganish natijalari bilan tomonlar o`rtasidagi idish-tovoqlarni ijaraga berish bo`yicha og`zaki shartnoma bo`yicha to`lov, oldindan kelishilganidek, 140 000 so`m miqdorida amalga oshiriladigan bo`ldi.<\/p>\n<p>Xonobod mahallasida yashovchi R.\u0410. ning murojaati esa o`zi tanlab buyurtma bergan mebelni uyiga yetkazib berilishi jarayonida boshqa rangdagisiga almashtirib qo`yilganligi masalasida bo`lgan.<\/p>\n<p>Ma\u02bclum bo`lishicha, u Yozyovon buyum bozorida savdo faoliyatini amalga oshirayotgan Q.M. sotuvidagi namuna uchun qo`yilgan 7 600 000 (yetti million olti yuz ming) so`mlik mebellardan o`ziga ma\u02bcqulini tanlab, xuddi shu markadagisi va rangdagisidan uyga olib borib berasizlar, deb kelishuvga erishgan va mebel uchun oldindan to`lovni amalga oshirgan. Lekin oradan uch kun o`tib uyiga keltirilgan mebellarni ne ko`z bilan ko`radiki rangi boshqa. Barchamizga ma\u02bclumki, mebel nafaqat sifat va boshqa ko`rsatkichlari jihatidan, balki rangiga qarab ham tanlanadiki, bundan maqsad u uyning umumiy dizayniga mos kelishi kerak. Qo`yingki, iste\u02bcmolchi xunobi oshib sotuvchi huzuriga yetib kelgan va o`zining e\u02bctirozlarini bildirgan. Sotuvchidan esa rad javobi olingan.<\/p>\n<p>\u0410maldagi qonunning <a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/-4704#-4783\">8-moddasi<\/a>ga ko`ra, iste\u02bcmolchi shartnoma tuzish yo`li bilan tovarni erkin sotib olish huquqiga ega bo`lib, bu shartnomaga ko`ra sotuvchi iste\u02bcmolchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish majburiyatini, iste\u02bcmolchi esa, shartlashilgan pulni to`lash majburiyatini o`z zimmalariga oladilar. Yuqoridagi holatda kabi iste\u02bcmolchi xonadoniga o`zi tanlagan rangdagi emas, boshqa rangdagi mebelni olib kelib tashlab ketilishi, iste\u02bcmolchiga maqbul sifatda bo`lmagan tovar sotilishi sifatida baholanadi va bunday holda iste\u02bcmolchida, qonunning <a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/-4704#-5901\">13-moddasi<\/a>da ko`rsatib o`tilgan, o`ziga nuqsonli tovar sotilgan hollardagi huquqlar vujudga keladi. Unga ko`ra esa iste\u02bcmolchi sotuvchiga tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirish talabini qo`ya oladi. \u0410gar sotuvchi iste\u02bcmolchining qonuniy talablarini bajarmasa, u holda uning zimmasiga qonuniy talablar bajarilishining o`tkazib yuborilgan har bir kuni uchun tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to`lash majburiyati ham yuklatiladi.<\/p>\n<p>O`rganish ishlari jarayonida sotuvchiga qonunning yuqorida talablari tushuntirilgach, u iste\u02bcmolchining qonuniy talablarini to`liq ado etishni o`z zimmasiga olgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Raxmatillo Shodmonov<\/strong><\/p>\n<p>Yozyovon tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Joriy yilning o`tgan davri mobaynida Yozyovon tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga iste\u02bcmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning ayrimlari bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz. So`zimiz boshida iste\u02bcmolchi huquqining ustivorligini, qonunchilikning mazkur normasi butun dunyoda tan olinganligini, shuningdek ushbu norma mamlakatimiz Konstitutsiyasining 53-moddasida ham o`z aksini topganligini ta\u02bckidlab o`tishimiz kerak. Guliston mahallasida yashovchi Sh. J.ning (quyida barcha fuqarolar, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2276,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2275","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":664,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2275"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2275"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2275\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2277,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2275\/revisions\/2277"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2276"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2275"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2275"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2275"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}