{"id":2300,"date":"2020-07-10T08:33:04","date_gmt":"2020-07-10T05:33:04","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2300"},"modified":"2020-07-10T08:33:04","modified_gmt":"2020-07-10T05:33:04","slug":"%d0%ba%d0%be%d1%80%d0%b5%d1%8f%d0%bb%d0%b8%d0%ba-%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8-%d2%b3%d1%83%d2%9b%d1%83%d2%9b%d0%b8-%d1%81%d1%83%d0%b4%d0%b4%d0%b0-%d2%b3%d0%b8%d0%bc","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2300","title":{"rendered":"Koreyalik iste\u02bcmolchi huquqi sudda himoya qilindi"},"content":{"rendered":"<p>O`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Koreya iste\u02bcmolchilar agentligi o`rtasida 2018 yilda memorandum imzolanib, ushbu memorandumga ko`ra Koreya Respublikasi fuqarolarining O`zbekistondagi, mamlakatimiz fuqarolarining esa Koreya Respublikasidagi iste\u02bcmolchilik huquq va manfaatlarini himoya qilinishida o`zaro hamkorlik olib borilishi ko`zda tutilgandi. Iste\u02bcmolchining poymol bo`lgan huquqi tiklab berilishi masalasidagi quyida keltiriladigan misol ana shu hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlardan biri deyish mumkin.<\/p>\n<p>Farg`ona shahar jamiyati tomonidan iste\u02bcmolchi, Koreya Respublikasi fuqarosi janob Choy Kil Xoning manfaatlarini ko`zlab, unga Farg`ona shahrida \u201cEVRO DIAMOND\u201d savdo belgisi ostida faoliyat ko`rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor R.Seyfullaev tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar natijasida yetkazilgan moddiy zararni undirish haqidagi Fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudiga kiritilgan da\u02bcvo arizasi ko`rib chiqildi.<\/p>\n<p>Fuqaroning murojaatini Farg`ona shahar jamiyati tomonidan o`rganib chiqilishi natijalari va sud materiallaridan ma\u02bclum bo`lishicha, iste\u02bcmolchi o`z vakili (haydovchisi) orqali 2019 yilning iyun oyida yuqoridagi tadbirkorga qarashli bo`lgan kimyoviy tozalash korxonasiga 10 (o`n) turdagi kiyimlarini tozalatish uchun bergan. Kiyimlar kuzgi-qishki mavsumga mo`ljallanganligi sababli kimyoviy tozalashdan o`tkazilib, xonadonga keltirilgach ulardan ma\u02bclum vaqt foydalanilmagan. Keyinchalik esa ular ko`zdan kechirilganda kiyimlarga jiddiy ziyon yetkazilganligi, ular asl holiga nisbatan rangi va yorqinligini yo`qotganligi, hajmlari kichrayganligi, foydalanib bo`lmaydigan holatga kelganligi kuzatilgan. Iste\u02bcmolchining xizmat ko`rsatuvchi korxona bilan yuzaga kelgan masalani hal qilish borasidagi harakatlari ijobiy natija bermagach, u Federatsiyaning Farg`ona shahar jamiyatiga murojaat qilgan.<\/p>\n<p>Ishni sudda ko`rib chiqilishi davomida xizmat ko`rsatuvchi iste\u02bcmolchi vakili kiyimlarni qabul qilib olish va olib ketish vaqtida ko`rsatilgan xizmat sifati yuzasidan hech qanday e\u02bctirozlar bildirmaganligi, kiyimlar kimyoviy tozalash korxonasidan olib ketilgach, oradan biroz vaqt o`tganligini, bu orada esa muayyan harakatlar amalga oshirilib, kiyimlarga o`zga shaxslar tomonidan zarar yetkazilgan bo`lishi mumkinligi, u sudgacha bo`lgan oraliqda iste\u02bcmolchi bilan yuzaga kelgan holat yuzasidan kelishib olish borasida harakatlar olib borganligi kabi vajlarni keltirgan bo`lsada, sud uning iste\u02bcmolchi vakili tomonidan xizmatlar sifatiga e\u02bctirozlar bildirilmaganligi, unga o`zga shaxslar tomonidan keyinchalik zarar yetkazilgan ham bo`lishi borasidagi vajlari bilan kelishmasligini, sababi nizo predmeti hisoblangan kiyimlarda hozirgi kunga qadar kimyoviy tozalash korxonasining xos belgilari (birkalari) saqlanib turganligini ko`rsatib o`tdi. Bu holat esa kiyimlar kimyoviy tozlash korxonasidan keltirilgandan buyon undan hech kim foydalanmaganligini ko`rsatadi. Shuning bilan birgalikda, javobgarga iste\u02bcmolchi kiyimlarni kimyoviy tozalashga yuborishdan oldin va keyinchalik ham fotosuratga olganligi bo`yicha fotohujjatlar taqdim qilindi.<\/p>\n<p>Sud ishni ko`rib chiqilishi natijalariga ko`ra, O`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona shahar jamiyatining Koreya Respublikasi fuqarosi Choy Kil Xoning manfaatlarini ko`zlab, yakka tartibdagi tadbirkor R.Seyfullaevga nisbatan yetkazilgan moddiy zararni undirish haqidagi talabi qanoatlantirilib, javobgardan manfaatdor shaxs foydasiga 12 000 000 (o`n ikki million) so`m undirilishi bo`yicha qaror chiqardi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Nodirjon Toshkanov<\/strong><\/p>\n<p>Farg`ona shahar IHHQ jamiyati raisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Koreya iste\u02bcmolchilar agentligi o`rtasida 2018 yilda memorandum imzolanib, ushbu memorandumga ko`ra Koreya Respublikasi fuqarolarining O`zbekistondagi, mamlakatimiz fuqarolarining esa Koreya Respublikasidagi iste\u02bcmolchilik huquq va manfaatlarini himoya qilinishida o`zaro hamkorlik olib borilishi ko`zda tutilgandi. Iste\u02bcmolchining poymol bo`lgan huquqi tiklab berilishi masalasidagi quyida keltiriladigan misol ana shu hamkorlik doirasida olib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2301,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2300","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":601,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2300"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2300"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2300\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2302,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2300\/revisions\/2302"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2301"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2300"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2300"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2300"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}