{"id":2307,"date":"2020-07-14T11:38:01","date_gmt":"2020-07-14T08:38:01","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2307"},"modified":"2020-07-16T09:06:55","modified_gmt":"2020-07-16T06:06:55","slug":"%d2%9b%d0%b0%d0%b9%d1%82%d0%b8%d0%bc%d0%bd%d0%b8-%d0%b1%d0%b8%d0%b7-%d0%be%d0%bb%d0%bc%d0%b0%d1%8f%d0%bf%d0%bc%d0%b8%d0%b7%d0%bc%d0%b8-%d1%91%d0%ba%d0%b8-%d0%b1%d0%b5%d1%80%d0%b8%d1%88%d0%bc%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2307","title":{"rendered":"Qaytimni biz olmayapmizmi yoki berishmayaptimi?"},"content":{"rendered":"<p><em>Savdo do`konlarida oldi-sotdi amalga oshirilgach, bizga mayda pulni qaytim sifatida berish o`rniga turli mahsulotlar, dorixonalarda tabletkalar berilishi iste\u02bcmolchilarning huquqlarini poymol etilayotganligidan darak emasmi?<\/em><\/p>\n<p>Sir emas, savdo va xizmat ko`rsatish ob\u02bcektlarida oldi-sotdi muomalasini amalga oshirish jarayonida qaytim berilishi bilan bog`liq turli muammolarga duch kelayapmiz. Ba\u02bczida istasak istamasak do`konlarda qaytim o`rniga gugurt, saqich, qurut yoki dorixonalarda turli tabletkalar berilishi sotuvchilarga odat tusiga kirib qolgandek, go`yo. Sotuvchilar bu holatga shu qadar o`rganib qolishdiki, buni hatto iste\u02bcmolchilarga nisbatan qonun buzilishi holati ekanini o`ylab ham qo`yishmayapti.<\/p>\n<p>Toshloq tumani markazida bu kabi holatlar qay darajadaligini, tadbirkor va iste\u02bcmolchi o`rtasida kelib chiqayotgan muammolarning asl sababi nimada ekanligini aniqlash maqsadida ijtimoiy so`rovnoma va o`rganish ishlari o`tkazildi. Tanlov asosida tuman markazidagi savdo do`konlari va dorixonalar o`rganilganda, haqiqatan ham ming so`mgacha qaytim berilishi lozim bo`lgan holatda mayda pul o`rniga turli tovarlarni o`tkazish holatlarini guvohi bo`ldik. Buning sababini so`raganimizda, ba\u02bczi tadbirkorlar qaytim uchun tanga pullarning yo`qligini ro`kach qilishgan bo`lsa, boshqalari haridorlarning o`zlari tanga pul o`rniga arzon mahsulotlardan olish istagida ekanliklarini ta\u02bckidlashdi. Ularga nima bo`lganda ham, birinchi galda iste\u02bcmolchi qo`liga qaytim taqdim qilinishi, u mabodo uni rad etib, o`rniga mahsulot olish istagini bildirganidagina, qaytimga teng ekvivalentdagi boshqa mahsulot berilishi mumkinligi uqtirildi.<\/p>\n<p>Eng achinarlisi, dorixonalarda qaytim o`rniga hech qanday yozuvi yo`q, qanday dori ekanini, yaroqlilik muddati qachongacha ekanini bilib bo`lmaydigan turli tabletkalar berish holatlari ham uchrab qolayaptiki, bu inson hayoti va sog`ligi uchun xavf tug`dirishi mumkinligi bizni xavotirlantirmoqda. Shu boisdan ham, o`rganish doirasida dorixonalar mutassaddilariga bunday holatlarga yo`l qo`ymaslik, hushyor bo`lish zarur ekanligi tushintirildi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy so`rovnomada ishtirok etgan tumanimiz fuqarolarining ayrimlari 500 so`mgacha bo`lgan banknotalarning muomaladan chiqarilganligini, mayda qiymatdagi tanga pullarning muomalada ekanidan esa bexabar ekanliklarini aytishdi. Ba\u02bczi iste\u02bcmolchilarimiz qaytimga gugurt olish afzalroq, deb hisoblaydi. Nima bo`lganda ham, so`rovnomada ishtirok etgan respondentlarimizga, yo`l-yo`lakay, oldi-sotdi munosabatlaridagi o`z haq-huquqlarini to`g`ri anglab olishlari, qonuniy haqlarini talab qilib olishlari borasida tushuntirishlar berib ketildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Husnidaxon Yakubova<\/strong><\/p>\n<p>Toshloq tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Savdo do`konlarida oldi-sotdi amalga oshirilgach, bizga mayda pulni qaytim sifatida berish o`rniga turli mahsulotlar, dorixonalarda tabletkalar berilishi iste\u02bcmolchilarning huquqlarini poymol etilayotganligidan darak emasmi? Sir emas, savdo va xizmat ko`rsatish ob\u02bcektlarida oldi-sotdi muomalasini amalga oshirish jarayonida qaytim berilishi bilan bog`liq turli muammolarga duch kelayapmiz. Ba\u02bczida istasak istamasak do`konlarda qaytim o`rniga gugurt, saqich, qurut yoki dorixonalarda turli [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2323,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2307","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":759,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2307"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2307"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2307\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2322,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2307\/revisions\/2322"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2323"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2307"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2307"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2307"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}