{"id":2317,"date":"2020-07-06T14:56:30","date_gmt":"2020-07-06T11:56:30","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2317"},"modified":"2020-07-16T08:52:32","modified_gmt":"2020-07-16T05:52:32","slug":"%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8-%d0%b0%d0%b2%d1%82%d0%be%d0%bc%d0%b0%d1%88%d0%b8%d0%bd%d0%b0-%d1%83%d1%87%d1%83%d0%bd-%d1%82%d1%9e%d0%bb%d0%b0%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d0%b1","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2317","title":{"rendered":"Iste\u02bcmolchi avtomashina uchun to`lagan bo`nak pulini qaytarib oldi"},"content":{"rendered":"<p>Farg`ona tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga joriy yilning 25 iyunida og`zaki ravishda murojaat qilgan Yoshlarobod qishlog`ida yashovchi fuqaro B.Temirov \u201cUMID AVTO LIZING\u201d MChJ bilan 2019 yilning 19 avgustida NEXIA-3 avtomobili sotib olish uchun 20\/F-03-sonli shartnoma imzolaganligi, ana shu shartnomaga asosan 33 758 266 (o`ttiz uch million yetti yuz ellik sakkiz ming ikki yuz oltmish olti) so`m boshlang`ich to`lovni amalga oshirganligi, lekin unga shu kunga qadar avtomobil yetkazib berilmaganligi sababli oradan bir yil o`tib, ya\u02bcni 2020 yilning 19 martida yuqoridagi tashkilotga o`rtadagi shartnomani bekor qilish va boshlang`ich to`lov summasini plastik kartasiga qaytarish bo`yicha ariza bilan murojaat qilgan bo`lsada, unga noma\u02bclum sabablarga ko`ra puli qaytarilmayotganligidan shikoyat qilgandi.<\/p>\n<p>Tuman jamiyati mutaxassislari ushbu masalada tashkilot mas\u02bcullari bilan bog`lanib, amaldagi iste\u02bcmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunchilik talablari, ularga ko\u02bcra sotuvchi (xizmat ko\u02bcrsatuvchi)ning majburiyatlari, iste\u02bcmolchining huquqlari borasida muzokara o`tkazganlaridan bir kun o`tib, tuman jamiyatiga telefon orqali bog`langan iste\u02bcmolchi uning puli bank plastik kartasiga tushirib berilganligini ma\u02bclum qilib, jamiyat xodimlariga o`z minnatdorchiligini izxor qildi.<\/p>\n<p>Tuman jamiyatiga yuqoridagi tashkilotdan 01.07.2020 yil kunida kelib tushgan \u2116101-sonli javob xatida ma\u02bclum qilinishicha, iste\u02bcmolchidan haqiqatdan ham 2020 yilning 19 martida o`rtadagi shartnomani bekor qilish yuzasidan ariza kelib tushgan. Lekin mamlakat bo`yicha joriy qilingan karantin sharoitida tashkilotning faoliyati ma\u02bclum muddat to`xtab qolishi va asosiy faoliyatga may oyining o`rtalaridan kirishilganligi iste\u02bcmolchi murojaatini ko`rib chiqilishini biroz cho`zilishiga sabab bo`lgan. Tashkilot va iste\u02bcmolchi o`rtasidagi shartnomaning 2.2.3-bandiga ko`ra, mijozga pulni qaytarish 40 (qirq) ish kuni davomida amalga oshirilishi belgilangan bo`lib, 2020 yilning 26 iyunida mijoz bank kartasiga pul qaytarilganligi ham ma\u02bclum qilingan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Hiloldin Gafurov<\/strong><\/p>\n<p>Farg\u02bcona tuman IHHQJ bosh mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg`ona tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga joriy yilning 25 iyunida og`zaki ravishda murojaat qilgan Yoshlarobod qishlog`ida yashovchi fuqaro B.Temirov \u201cUMID AVTO LIZING\u201d MChJ bilan 2019 yilning 19 avgustida NEXIA-3 avtomobili sotib olish uchun 20\/F-03-sonli shartnoma imzolaganligi, ana shu shartnomaga asosan 33 758 266 (o`ttiz uch million yetti yuz ellik sakkiz ming ikki yuz oltmish [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2318,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2317","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":874,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2317"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2317"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2317\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2319,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2317\/revisions\/2319"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2318"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2317"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2317"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2317"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}