{"id":2348,"date":"2020-07-21T15:11:01","date_gmt":"2020-07-21T12:11:01","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2348"},"modified":"2020-08-06T13:12:41","modified_gmt":"2020-08-06T10:12:41","slug":"2348","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2348","title":{"rendered":"Muammo iste`molchi foydasiga hal etildi"},"content":{"rendered":"<p>Katta-katta ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish liniyalaridan bir kunda yuzlab, minglab mahsulotlar o`tadi. Mahsulot tayyor bo`lish jarayonida va tayyor bo`lgach, tanlov asosida ularning ichidan bir nechasi korxonaning o`zida sinov tekshirishlaridan ham o`tkaziladi.<\/p>\n<p>Lekin ana shu mahsulotlarning ichida bitta-yarimta o`z vazifasini to`laqonli bajara olmaydigan, brak mahsulot ham o`tib ketishi tabiiy hol. Ushbu mahsulot esa savdo nuqtalari orqali aylanib-aylanib qaysidir iste\u02bcmolchining qo`liga kelib tushadi. Iste\u02bcmolchida esa o`z-o`zidan e\u02bctiroz kelib chiqadi. \u0410na shu oxirgi jarayondan boshlab rivojlangan davlatlar va ayrim rivojlanish bosqichida turgan davlatlar o`rtasida bitta jiddiy farq kuzatiladi. Ya\u02bcni rivojlangan davlatda iste\u02bcmolchida bunday haqli e\u02bctiroz kelib chiqsa, ishlab chiqaruvchi ham, sotuvchi ham ushbu holatni to`g`ri qabul qilib, mahsulotdagi brakni tan olib, yuzaga kelgan nizoli holatni tezroq bartaraf etish, nuqsonli tovarni almashtirish yoki pulini qaytarish, qo`yingki iste\u02bcmolchining mazkur ishlab chiqaruvchi korxona mahsulotidan ko`ngli qolmasligi choralarini ko`radi. Ikkinchi toifadagi davlatlarda esa bunday holatda nuqsonning kelib chiqish sabablarini o`rganish bir chetda qolib, iste\u02bcmolchidan nuqson qidirish, uni o`zini ayblashga intilish va iloji boricha nuqsonni kelib chiqishini unga olib borib taqashga intiladilar. Qizig`i, bunday hollarda, sotuvchilar ham xuddiki mazkur mahsulotni ishlab chiqarilishi jarayonida boshidan oxiriga qadar ustida turgan odamday to`liq ishlab chiqaruvchi tomoniga o`tib oladilar. Natijada nafaqat iste\u02bcmolchiga, oxir oqibat ana shu ishlab chiqaruvchining o`ziga katta ziyon yetadi. Sababi odamlarning mazkur ishlab chiqaruvchi mahsulotlaridan ko`ngli qolib, uning mahsulotlarini sotib olmay qo`yadilar. Mahsuloti sotilmagan yoki yaxshi sotilmagan ishlab chiqaruvchining esa kelajagi yo`q. \u0410fsuski, buni barcha ishlab chiqaruvchi korxonalar ham o`z vaqtida anglab yetmaydilar.<\/p>\n<p>Yuqorida bildirilgan fikrlarga to`la mos keladigan holat bo`lmasada, bitta misol keltirib o`tsam. Bag`dod tumani Yuksalish mahallasida yashovchi iste\u02bcmolchi N. Xojimatova tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaati o`rganildi. Murojaatda u tuman markazida joylashgan \u201cTexnomart\u201d kredit savdo do`konidan ovqat pishirish uchun mo`ljallangan granit asosli \u201cMEChT\u0410\u201d qozonini naqd pulga sotib olganligi, qozondan foydalanish jarayonida tayyorlangan ovqatlarda qandaydir noma\u02bclum yoqimsiz ta\u02bcm vujudga kelayotganligi, qozon qopqog`ining issiqlikni to`laqonli ushlab turmasligi kabi holatlardan norozi bo`lib, tovarni sotuvchiga qaytarish bo`yicha harakatlari samara bermayotganligidan shikoyat qilgan.<\/p>\n<p>Murojaatni o`rganish davomida iste\u02bcmolchi mazkur savdo do`konidan mahsulotni 217 000 (ikki yuz o`n yetti ming) so`m naqd pulga sotib olganligi, oradan 6 kun o`tgandan so`ng mahsulotni savdo do`koniga qaytarib olib kelganligi va nuqsonlari borligi bo`yicha e\u02bctiroz bildirilgan mahsulot sotuvchi tomonidan qaytarib olingan bo`lsada, sotuvchi uni almashtirish yoki iste\u02bcmolchining pulini qaytarish choralarini ko`rmaganligi ma\u02bclum bo`ldi. O`rganish davomida tomonlarga \u201cIste\u02bcmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida\u201dgi qonuni tegishli moddalari asosida tushuntirishlar olib borildi. Xususan sotuvchiga, qonunning 14-moddasiga ko`ra sotuvchi nuqsonli tovarni yetti kunlik muddatda, uning sifatini qo`shimcha ravishda tekshirish zarurati bo`lganda esa yigirma kun ichida almashtirish choralarini ko`rmasa, ushbu muddatlardan o`tkazib yuborilgan har bir kun uchun tovar bahosining bir foizi miqdorida penya (neustoyka) to`lashiga to`g`ri kelishi, iste\u02bcmolchining nuqsonli tovarni almashtirish, bepul ta\u02bcmirlash kabi qonuniy talablarini bajarmaslik qonunning 16-moddasiga asosan moddiy zarar va ma\u02bcnaviy ziyon undirilishiga sabab bo`lishi kabi holatlar atroflicha tushuntirildi. Natijada muammo shu kunning o`zida hal etilib, iste\u02bcmolchiga 217 000 (ikki yuz o`n yetti ming) so`m puli qaytarildi.<\/p>\n<p><em>&#8212; Men qozon sifatsiz ekanligini bilgach uni savdo do`koniga qaytarib olib bordim. \u0410mmo u yerdagi xodimlar qozonning sifatsizligini bilsalarda, uni almashtirish yoki pulimni qaytarishdan bosh tortdilar. Bag`dod tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati aralashuvi bilan muammo osongina hal etildi. Men tuman jamiyati xodimlariga o`z minnatdorchiligimni bildiraman va chuqur hurmatimni izxor qilaman,<\/em> &#8212; deydi iste\u02bcmolchi murojaati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijadan xursand bo`lgan holda tuman jamiyatiga bergan minnatdorchilik xatida.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Dilorom Mirzaeva<\/strong><\/p>\n<p>Bag`dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Katta-katta ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish liniyalaridan bir kunda yuzlab, minglab mahsulotlar o`tadi. Mahsulot tayyor bo`lish jarayonida va tayyor bo`lgach, tanlov asosida ularning ichidan bir nechasi korxonaning o`zida sinov tekshirishlaridan ham o`tkaziladi. Lekin ana shu mahsulotlarning ichida bitta-yarimta o`z vazifasini to`laqonli bajara olmaydigan, brak mahsulot ham o`tib ketishi tabiiy hol. Ushbu mahsulot esa savdo nuqtalari orqali [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2355,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2348","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":694,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2348"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2348"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2348\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2394,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2348\/revisions\/2394"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2355"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2348"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2348"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2348"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}