{"id":2453,"date":"2020-09-02T21:12:20","date_gmt":"2020-09-02T18:12:20","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2453"},"modified":"2020-09-03T06:10:48","modified_gmt":"2020-09-03T03:10:48","slug":"%d1%82%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d1%84%d0%be%d0%bd-%d1%81%d0%be%d1%82%d0%b8%d0%b1-%d0%be%d0%bb%d0%bc%d0%be%d2%9b%d1%87%d0%b8%d0%bc%d0%b8%d1%81%d0%b8%d0%b7-%d1%83%d0%bd%d0%b8-imei-%d0%ba%d0%be%d0%b4%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2453","title":{"rendered":"Telefon sotib olmoqchimisiz? Uni IMEI kodi ro`yxatdan o`tkazilganligini tekshirib oling!"},"content":{"rendered":"<p><em>Men iste\u02bcmol krediti tashkilotidan bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan uyali telefon apparati sotib oldim. Telefonni uyga olib kelib, SIM kartani o`rnatdim va undan foydalana boshladim. Lekin oradan 20 kunlar vaqt o`tgach telefon ishlamay qoldi. Surishtirsam muammo uni IMEI kodi bilan bog`liq ekan. Vaqtida tegishli tartibda ro`yxatdan o`tkazmaganim uchun bloklanib qolibdi. Endi nima qilsam bo`ladi?<\/em><br \/>\n<strong>Javob<\/strong><br \/>\nTelefon sotib olmoqchimisiz? Uni IMEI kodi ro`yxatdan o`tkazilganligini tekshirib oling!<br \/>\nXabaringiz bo`lsa, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 17 sentyabr kunida <strong>\u201cO`zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro`yxatga olish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida\u201d<\/strong> <a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/-4517458\" rel=\"noopener\" target=\"_blank\">778-sonli qaror<\/a> qabul qilingandi. Unga ko`ra, respublikamiz hududida mavjud bo`lgan mobil qurilmalarni 2019 yilning 1 dekabriga qadar <strong>bepul asoslarda<\/strong>, 1 dekabr kunidan esa <strong>pulli asoslarda<\/strong> IMEI kodlarini ro`yxatga olish amalga oshirilishi belgilangandi.<br \/>\nBugungi kunda agar Siz xorijda bo`lib, u yerdan yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan <strong>Nizom<\/strong>ning <a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/-4517458#-4519105\" rel=\"noopener\" target=\"_blank\">1-ilovasi<\/a>da ko`rsatib o`tilgan turdagi mobil qurilmalardan birini sotib olib, mamlakatimiz hududiga olib kirayotgan bo`lsangiz, <strong>Nizom<\/strong>ning 5-bobi 23-38 bandlarida ko`rsatib o`tilgan tartibda mobil qurilmani o`z hisobingizdan ro`yxatdan o`tkazishingizga to`g`ri keladi. Bunda mobil qurilmani mamlakatimiz hududida ishga tushirib, dastlabki tarmoq hodisasi sodir bo`lgan (aytaylik unga SIM karta joylanib ishga tushirilgan) paytdan e\u02bctiboran 30 kalendar kuni mobaynida uni IMEI kodini ro`yxatdan o`tkazishingiz va buning uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 20 % i (223000 so`m x 20 % = 44600 so`m) miqdorida to`lovni amalga oshirishingiz lozim.<br \/>\n\u0410gar mobil qurilmani mamlakatimiz hududidagi sotuvchilardan sotib olayotgan bo`lsangizchi? Unda bu masala Siz uchun muammo tug`dirmasligi kerak. Nega?<br \/>\nQaror talablaridan kelib chiqilsa, ushbu holatda Sizdan mobil qurilmani qo`shimcha ro`yxatdan o`tkazish talab qilinmaydi. Sababi mobil qurilma importyor tashkilot tomonidan mamlakatimiz hududiga olib kirilayotgan paytda, mamlakatimizda ishlab chiqarilgani esa ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan sotuvga chiqarishdan oldin ushbu Nizomning 4-bobi 11-22 bandlarida ko`rsatib o`tilgan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan bo`ladi (va albatta bu harajat uning tannarxiga kiritilib, tovarni sotilishi jarayonida Sizdan undirib olinadi). \u0410gar mamlakatimiz hududidagi sotuvchilardan (importyorlar, ishlab chiqaruvchilardan) Siz tomoningizdan sotib olingan mobil qurilmaning IMEI kodi bilan bog`liq muammolar yuzaga chiqsa, bu Sizning aybingiz emas, balki sotuvchi (importyor, ishlab chiqaruvchi) tomonidan qarorda belgilangan tartibda mobil qurilmani ro`yxatdan o`tkazmasdan sotilayotganligini bildiradi.<br \/>\nO`zbekiston Respublikasining <strong>\u201cIste\u02bcmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida\u201d<\/strong>gi qonun <em>4-moddasi<\/em>ga ko`ra, Siz o`zingizga sotilayotgan tovar haqida to`g`ri va to`liq ma\u02bclumot olish, ushbu tovarning tegishli darajada sifatli bo`lishi, sotuvchining g`ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma\u02bcnaviy zararning to`liq hajmda qoplanishi kabi huquqlarga egasiz.<br \/>\nSavolingizda keltirib o`tilgani kabi holatni yuzaga kelishi esa, Sizga tovarni sotish jarayonida u haqida to`g`ri va to`liq ma\u02bclumot berilmaganligini, sotuvchining g`ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli Sizga moddiy ziyon, kerak bo`lsa ma\u02bcnaviy zarar yetkazilganligini, Sizga sotilgan tovar esa maqbul sifatda emasligini ko`rsatadi. Ushbu holda Siz mazkur qonunning 13-moddasida ko`rsatib o`tilgan huquqlaringizdan kelib chiqib, sotuvchiga mobil qurilmani maqbul sifatdagisiga almashtirish, tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etilishini ta\u02bcminlash, shartnomani bekor qilib ko`rilgan zararni qoplanishini talab qilish (pulingizni qaytarib olish) va boshqa shu kabi talablaringizni qo`yish huquqiga egasiz. Demak, ushbu talablar Siz tomoningizdan iste\u02bcmol krediti tashkilotiga qo`yiladi va mobil qurilma ularga qaytariladi.<br \/>\nKelgusida yuqoridagi kabi holatlar kelib chiqmasligi uchun, sotuvchilar (importyorlar, ishlab chiqaruvchilar)dan, shuningdek ikkilamchi bozordan (avval iste\u02bcmolda bo`lgan) mobil qurilmalarni sotib olish jarayonida, ulardan mobil qurilmaning IMEI kodi ro`yxatga qo`yilganligini tekshirib berilishini va bu ma\u02bclumot bilan Sizni tanishtirishlarini so`rashingizni, zarurat bo`lganda esa o`zingiz ham oddiy usul bilan uni tekshirib olishingiz mumkinligini eslatib o`tamiz.<br \/>\nMobil qurilmani mamlakatimiz hududida ro`yxatga qo`yilganligi quyidagi usul bilan tekshiriladi:<br \/>\nQurilmada *#06# kombinatsiyasi teriladi. Qurilmaning IMEI kodi ko`rinadi. \u0410na shu kodni https:\/\/uzimei.uz saytidagi \u201cIMEI-kodni tekshirish\u201d oynasiga kiritasiz va ushbu oynacha tagidagi, tizim tomonidan Sizga taklif qilingan 6 ta raqamdan iborat tekshirish kodini kiritasiz hamda \u201cTekshirish\u201d tugmasini bosasiz. \u0410gar qurilma ro`yxatdan o`tgan bo`lsa, Sizga yashil simvoldagi belgi yonida ma\u02bclumotlar taqdim etiladi. \u0410gar qurilma ro`yxatdan o`tmaganligi to`g`risida ma\u02bclumotlar chiqsa, yaxshisi bunday qurilmani sotib olmaganingiz ma\u02bcqul.<\/p>\n<p>Hududiy birlashma \u0410xborot xizmati<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Men iste\u02bcmol krediti tashkilotidan bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan uyali telefon apparati sotib oldim. Telefonni uyga olib kelib, SIM kartani o`rnatdim va undan foydalana boshladim. Lekin oradan 20 kunlar vaqt o`tgach telefon ishlamay qoldi. Surishtirsam muammo uni IMEI kodi bilan bog`liq ekan. Vaqtida tegishli tartibda ro`yxatdan o`tkazmaganim uchun bloklanib qolibdi. Endi nima qilsam bo`ladi? Javob Telefon [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2454,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2453","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":1391,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2453"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2453"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2453\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2457,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2453\/revisions\/2457"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2454"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2453"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2453"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2453"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}