{"id":2477,"date":"2020-09-21T07:17:19","date_gmt":"2020-09-21T04:17:19","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2477"},"modified":"2020-09-20T07:22:54","modified_gmt":"2020-09-20T04:22:54","slug":"%d0%bc%d1%83%d1%80%d0%be%d0%b6%d0%b0%d0%b0%d1%82%d0%bb%d0%b0%d1%80-%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8%d0%bb%d0%b0%d1%80-%d1%84%d0%be%d0%b9%d0%b4%d0%b0%d1%81%d0%b8%d0%b3%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2477","title":{"rendered":"Murojaatlar iste&#8217;molchilar foydasiga hal etildi"},"content":{"rendered":"<p>Yozyovon tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Toshhovuz mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi Sh.Q.ning tuman prokuraturasiga qilgan murojaati o\u2018rganildi.<br \/>\nO\u2018rganishda ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, \u201cHududgaz Farg\u2018ona\u201d gazta&#8217;minoti filialining 2020 yil 20 avgustdagi \u201cAholi va ulgurji iste&#8217;molchilarni xatlovdan o\u2018tkazish bo\u2018yicha ishlarni tashkil etish to\u2018g\u2018risida\u201dgi 40-sonli buyrug\u2018i asosida mazkur hududda xatlov o\u2018tkazayotgan xodimlar 24 avgust kunida iste&#8217;molchi xonadonida ham bo\u2018lishib, xonadonda o\u2018rnatilgan gaz jihozlari va gaz hisoblash uskunasini xatlovdan o\u2018tkazganlar. Xatlov xonadonning foydalanilgan tabiiy gaz uchun to\u2018lovlardan 563 180 (besh yuz oltmish uch ming bir yuz sakson) so\u2018m qarzdorligi mavjudligini ko\u2018rsatgan. Bu haqda gaz ta&#8217;minoti idorasi chilangari A.I. tomonidan xatlov dalolatnomasi tuzilib, unga iste&#8217;molchi Sh.Q.ning turmush o\u2018rtog\u2018i tanishib imzosini qo\u2018ygan. Oradan 3 kun o\u2018tib, ya&#8217;ni 27 avgust kunida gaz ta&#8217;minoti idorasi xodimi M.M. iste&#8217;molchi xonadoniga kelib, qarzdorlik sabab xonadonni gaz tarmog\u2018idan uzishini aytadi. Iste&#8217;molchi qarzdorlikni to\u2018lab qo\u2018yishi uchun hech bo\u2018lmasa 1 kun muhlat berilishini so\u2018rab, ularga qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan yozma ravishda ogohlantirish xati berilmaganligini ham eslatadi. Lekin gaz idorasi xodimi o\u2018tkazilgan xatlov ogohlantirish xati o\u2018rnini bosishini, iste&#8217;molchiga berilgan muhlat tugaganligini aytadi va dalolatnoma tuzib xonadonni gaz tarmog\u2018idan uzadi.<br \/>\nBiroq amaldagi tartib qoidalarga ko\u2018ra (Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi 484-son qarori bilan tasdiqlangan <strong>\u201cIste&#8217;molchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlaridan uzib qo\u2018yish tartibi to\u2018g\u2018risidagi Nizom\u201d<\/strong>), elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorliklari mavjud bo\u2018lgan iste&#8217;molchilar yozma ravishda ogohlantirilishlari, unga ko\u2018ra qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kun muhlat berilishi, mazkur muddat o\u2018tgach ham iste&#8217;molchi qarzdorlikni bartaraf etmasa xonadonni tarmoqdan uzish bo\u2018yicha ishlarni olib borishlari lozim edi. Yuqoridagi holatda esa iste&#8217;molchiga yozma ravishda ogohlantirish xati berilmagan, shuningdek xatlov o\u2018tkazilganining 3 kunida tarmoqdan uzilgan.<br \/>\nTuman jamiyati tomonidan iste&#8217;molchi murojaatini o\u2018rganish natijalariga ko\u2018ra, gaz idorasi xodimlari tomonidan amaldagi tartib qoidalarni buzilishi holati bo\u2018yicha tuman prokuraturasiga ma&#8217;lumotnoma chiqarilib, iste&#8217;molchini qaytadan tarmoqqa ulash choralari ko\u2018rildi.<br \/>\nYana bir holat. Xonobod mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida istiqomat qiluvchi M.Aliqulov tuman jamiyatiga yozma murojaat qilib, xonadonidagi suyultirilgan gaz balloni 3 oydan beri almashtirib berilmaganidan noroziligini bildirgan.<br \/>\nMazkur hududda o\u2018tkazilgan o\u2018rganish, shuningdek murojaat egasining qo\u2018ni-qo\u2018shnilaridan so\u2018rab surishtirish davomida, ularning suyultirilgan gaz ballonlari bir hafta oldin to\u2018ldirib berilganligi (to\u2018lasiga almashtirib ketilganligi), shu kuni M.Aliqulovlar xonadonida hech kim bo\u2018lmagani sababli ularning gaz ballonlarini olib ketishninng imkoni bo\u2018lmaganligi ma&#8217;lum bo\u2018ldi.<br \/>\nO\u2018rganish doirasida mazkur xonadonni suyultirilgan gaz balloni bilan ta&#8217;minlash choralari ko\u2018rildi.<br \/>\nYuqoridagi har ikki holatda fuqarolarga, shuningdek mas&#8217;ul xodimlarga <strong>\u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201d<\/strong>gi qonun bo\u2018yicha tushuntirish va targ\u2018ibot ishlari olib borildi, iste&#8217;molchilarga esa tegishli soha mutaxassislari tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda texnika xafsizligi qoidalariga amal qilish yuzasidan qo\u2018shimcha tushuntirishlar ham berib o\u2018tildi.<\/p>\n<p><strong>Shavkatjon Saidov<\/strong><br \/>\nYozyovon tuman IHHQJ bosh mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yozyovon tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Toshhovuz mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi Sh.Q.ning tuman prokuraturasiga qilgan murojaati o\u2018rganildi. O\u2018rganishda ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, \u201cHududgaz Farg\u2018ona\u201d gazta&#8217;minoti filialining 2020 yil 20 avgustdagi \u201cAholi va ulgurji iste&#8217;molchilarni xatlovdan o\u2018tkazish bo\u2018yicha ishlarni tashkil etish to\u2018g\u2018risida\u201dgi 40-sonli buyrug\u2018i asosida mazkur hududda xatlov o\u2018tkazayotgan xodimlar 24 avgust kunida iste&#8217;molchi xonadonida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2478,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2477","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":798,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2477"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2477"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2477\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2479,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2477\/revisions\/2479"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2478"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2477"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2477"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2477"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}