{"id":2502,"date":"2020-09-29T15:42:49","date_gmt":"2020-09-29T12:42:49","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2502"},"modified":"2020-09-30T05:43:34","modified_gmt":"2020-09-30T02:43:34","slug":"%d2%b3%d0%b8%d1%81%d0%be%d0%b1-%d0%ba%d0%b8%d1%82%d0%be%d0%b1-%d2%9b%d0%b8%d1%91%d1%81%d0%bb%d0%be%d0%b2-%d0%ba%d1%9e%d1%80%d0%b8%d0%b3%d0%b8-%d0%bc%d1%83%d0%b4%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b8-%d1%9e%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2502","title":{"rendered":"Hisob-kitob qiyoslov ko`rigi muddati o`tib ketgan hisoblagich asosida olib boriladigan bo`ldi"},"content":{"rendered":"<p>Farg`ona tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi Sh.\u0410bduraxmonovning \u201cFarg`ona suv ta\u02bcminoti\u201d MChJ Farg`ona tuman filiali tomonidan qo`llanilgan 178000 (bir yuz yetmish sakkiz ming) so`m miqdoridagi qarzdorlikdan norozi bo`lib yozma ravishda qilgan murojaati o`rganildi.<\/p>\n<p>Tuman jamiyati mutaxassislari suv ta\u02bcminoti idorasi vakili bilan murojaatni joyida o`rganish maqsadida iste\u02bcmolchi xonadoniga tashrif buyurganlarida xonadonning toza ichimlik suvi tarmog`iga hisoblagich o`rnatilganligiga, hisoblagichning tegishli muhrlari joyidaligiga, o`rganish kunida uning ko`rsatkichi 418 m3ni ko`rsatib turganligiga guvoh bo`ldilar.<br \/>\nMa\u02bclum bo`lishicha, xonadonga 2015 yilda toza ichimlik suvi tarmog`i tortilgan. Xonadon ichimlik suvini 2016 yilning may oyiga qadar hisoblagichsiz, me\u02bcyoriy to`lov asosida iste\u02bcmol qilib kelgan, may oyidan boshlab esa to`lovlar hisoblagich ko`rsatkichlari asosida amalga oshirib borilgan.<br \/>\nMavjud to`lov qog`ozlari va hisoblagich ko`rsatkichlari asosida joyida o`tkazilgan qayta hisob-kitoblar, hattoki, iste\u02bcmolchining o`rganish o`tkazish kuniga 58 m3 ga yoki 38860 (o`ttiz sakkiz ming sakkiz yuz oltmish) so`mga haqdorligi yoxud oldindan to`lovdaligini ko`rsatdi. Xo`sh, unda qarzdorlik qayerdan keldi?!<br \/>\nIste\u02bcmol qilingan ichimlik suvini hisoblagich uskunasi xonadonga 2016 yilning may oyida o`rnatilganligini yuqorida aytib o`tdik. Ziyrak o`quvchi darrov sezganidek, maishiy iste\u02bcmolchilar xonadonlariga o`rnatilgan hisoblagichlarni har 4 yilda bir marotaba davlat qiyoslov ko`rigidan o`tkazilishi kerak edi (bu 2020 yilning iyun oyiga qadar amalda bo`lgan qoidalarga ko`ra, Vazirlar Mahkamasining 28.05.2020 yildagi 342-sonli qarori bilan kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq esa jismoniy shaxslar uchun bu muddat 8 yil qilib belgilangan). Xonadondagi hisoblagichning davriy qiyoslov ko`rigidan o`tkazish muddati esa 2020 yilning may oyiga to`g`ri kelgan. \u0410malda ushbu muddat o`tib bo`lgach, ichimlik suvini yetkazib beruvchi korxona shuni asos qilib, qayta hisob-kitob ishlarini o`tkazgan. Ko`ribsizki, hozirgina haqdor bo`lib turgan iste\u02bcmolchi endi qarzdor. Lekin Siz bu yerda iste\u02bcmolchi nohaq ekanda, deb xulosa qilishga shoshilmang.<br \/>\nO`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2014 yildagi 194-sonli qarorini 69-bandida, suvni hisobga olish asbobidan foydalanishning cheklangan muddati tugashidan kamida 30 kalendar kun avval ISKX tashkiloti iste\u02bcmolchiga shartnomada ko`rsatilgan tartibda (pochta orqali, shaxsan, elektron pochta vositasida, ijtimoiy tarmoqlar yordamida va hokazo) ogohlantirish xati jo`natadi. Unda suvni hisobga olish asbobidan foydalanish muddati tugayotganligi qayd etiladi, iste\u02bcmolchi uchrashishi kerak bo`lgan shaxs, manzil, telefon raqami va elektron manzili ko`rsatiladi, deb belgilab qo`yilgan.<br \/>\n\u0410gar korxona tegishli tartibda iste\u02bcmolchiga ogohlantirish xati bermagan bo`lsachi? Mazkur bandning to`rtinchi xatboshiga qaraymiz, unda belgilanishicha, belgilangan tartibda ogohlantirish xati berilmaganda muddati tugagan hisobga olish pribori orqali iste\u02bcmol qilingan ichimlik suvi uchun qaytadan hisob-kitob qilish qat\u02bciyan man etiladi.<br \/>\nYuqoridagi holatda esa hamma balo iste\u02bcmolchining tegishli tartibda ogohlantirilmaganida. Ogohlantirilmagan ekan, demak Qoidalarga ko`ra, qayta hisob-kitob ham o`tkazilmasdan, hisob-kitob ishlari xonadondagi mavjud hisoblagich ko`rsatkichlari asosida olib borilishi kerak.<br \/>\nO`rganish natijalariga ko`ra, yuqoridagi holatlarning barchasi hisobga olinib, hisob-kitobni hisoblagichning amaldagi ko`rsatkichi asosida yuritilishiga va iste\u02bcmolchi zimmasidan qarz yuki xalos etilib, uning to`lovlar bo`yicha haqdor ekanligini tan olinishiga erishildi.<br \/>\nBu haqda iste\u02bcmolchiga yozma ravishda ma\u02bclum qilindi.<\/p>\n<p><strong>Unutmang!<\/strong><br \/>\nO`zbekiston Respublikasining <strong>\u201cIste\u02bcmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida\u201d<\/strong>gi qonuni <a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/-4704#-4776\">7-moddasi<\/a>ga ko`ra, iste\u02bcmolchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto`g`ri yoki yetarli darajada to`liq bo`lmagan ma\u02bclumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste\u02bcmolchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi.<\/p>\n<p><strong>Xiloldin Gafurov<\/strong><br \/>\nFarg`ona tuman IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg`ona tuman iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi Sh.\u0410bduraxmonovning \u201cFarg`ona suv ta\u02bcminoti\u201d MChJ Farg`ona tuman filiali tomonidan qo`llanilgan 178000 (bir yuz yetmish sakkiz ming) so`m miqdoridagi qarzdorlikdan norozi bo`lib yozma ravishda qilgan murojaati o`rganildi. Tuman jamiyati mutaxassislari suv ta\u02bcminoti idorasi vakili bilan murojaatni joyida o`rganish maqsadida iste\u02bcmolchi xonadoniga tashrif [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2503,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2502","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":1739,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2502"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2502"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2502\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2505,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2502\/revisions\/2505"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2503"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2502"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2502"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2502"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}