{"id":2567,"date":"2020-11-13T13:47:45","date_gmt":"2020-11-13T10:47:45","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2567"},"modified":"2020-11-13T13:48:40","modified_gmt":"2020-11-13T10:48:40","slug":"%d2%9b%d1%9e%d1%88%d1%82%d0%b5%d0%bf%d0%b0%d0%b4%d0%b0-%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8-%d0%ba%d1%83%d1%82%d1%83%d0%b1%d1%85%d0%be%d0%bd%d0%b0%d1%81%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2567","title":{"rendered":"Qo`shtepada \u201cIste\u2019molchi kutubxonasi\u201d ochildi"},"content":{"rendered":"<p>O`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan \u201cIste\u02bcmolchilar uyi\u201d hamda \u201cIste\u02bcmolchi kutubxonasi\u201d loyihasi ishlab chiqilgan bo`lib, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan \u201cBesh muhim tashabbus\u201dni hayotda izchil tatbiq etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Loyiha doirasida shu kunga qadar \u2013 Oltiariq, Qiziltepa, Rishton, Sariosiyo, Uzun, Bog`dod, Farg`ona, Koson, Olot, Dehqonobod tumanlarida hamda Farg`ona va Marg`ilon shaharlarida 14 ta barcha qulayliklarga ega bo`lgan, ko`rkam va shinam majmualar bunyod etildi. Yil oxiriga qadar yana 8 ta ana shunday ma\u02bcnaviyat va ma\u02bcrifat maskanlari ishga tushiraladi. Ularda yuzga yaqin yosh o`g`il va qizlarning ish bilan ta\u02bcminlanishiga erishildi.<\/p>\n<p>13 noyabr kuni Farg`ona viloyati Qo`shtepa tumanida ham zamonaviy uslubda qurilgan, o`ziga xos innovatsion yechimga ega va 4 mingdan ortiq kitoblarga ega bo`lgan \u201cIste\u02bcmolchi kutubxonasi\u201d ning tantanali ochilishi bo`lib o`tdi. Mazkur binoda tashkil etilgan \u201cIste\u02bcmolchi kutubxonasi\u201d fondidan O`zbekiston Respublikasi qonunlari va iste\u02bcmolchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me\u02bcyoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo`llanmalar, ma\u02bcrifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar o`rin olgan.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, iste\u02bcmolchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham taqdim etiladi. Ilk bora 100 ming donadan iborat elektron kitoblar bazasini ham shakllantirilib, o`quvchilar pandemiya sharoitida kitoblarni elektron formatda arzon narxda masofadan turib xarid qilishi mumkin.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, kutubxonada zamonaviy \u201cBook cafe\u201d va bepul Wifi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi \u201ceReader\u201d elektron o`quv qurilmasi ham o`rnatilgan.<\/p>\n<p>Qolaversa, kutubxonaning bitta xonasida bog`cha yoshidagi bolalar uchun sharoit yaratilgan bo`lib, &#171;Jajji iste\u02bcmolchi&#187; deb nomlanadigan ushbu xonada yosh bolasi bilan kelgan ota-onalarning 5-6 yoshgacha bolalari u yerda o`yinchoqlar va turli o`yinlar o`ynab vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari mumkin. Bu esa kutubxonaga farzandi bilan tashrif buyurgan ota yoki onaga kitob tanlash yoki kitobni shu yerda biroz mutolaa qilishiga sharoit yaratishni ko`zda tutadi.<\/p>\n<p>Bir so`z bilan aytganda, bu kabi maskanlar yosh avlodning ma\u02bcnaviy tafakkurini boyitish uchun imkoniyatlar beshigi vazifasini o`taydi.<\/p>\n<p>\u201cIste\u02bcmolchi kutubxonasi\u201dni ochilish marosimida Qo`shtepa tumani hokimi I. Novikov, O`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J. Sarimsoqov, to`rtta sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Ochilish marosimida tuman hokimi Ilyos Novikov, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a\u02bczosi Ibroximjon Sultonov, Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov va boshqa mas\u02bcul rahbarlar so`z olib, kitob va kitobxonlikning insonni har tomonlama kamol topishidagi o`rni va ahamiyati, Prezidentimiz Sh. Mirziyoev tomonidan mazkur sohaning rivojiga qaratilayotgan katta e\u02bctibor, joylarda aholi, birinchi navbatda yoshlar o`rtasida kitob mutolaasini keng targ`ib qilish bo`yicha olib borilayotgan ishlar borasida gapirib o`tdilar.<\/p>\n<p><strong>Hududiy birlashma Axborot xizmati<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O`zbekiston iste\u02bcmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan \u201cIste\u02bcmolchilar uyi\u201d hamda \u201cIste\u02bcmolchi kutubxonasi\u201d loyihasi ishlab chiqilgan bo`lib, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan \u201cBesh muhim tashabbus\u201dni hayotda izchil tatbiq etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida shu kunga qadar \u2013 Oltiariq, Qiziltepa, Rishton, Sariosiyo, Uzun, Bog`dod, Farg`ona, Koson, Olot, Dehqonobod tumanlarida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2567","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":483,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2567"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2567"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2567\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2569,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2567\/revisions\/2569"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2567"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2567"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2567"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}