{"id":2635,"date":"2021-01-27T08:24:49","date_gmt":"2021-01-27T05:24:49","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2635"},"modified":"2021-01-27T08:26:34","modified_gmt":"2021-01-27T05:26:34","slug":"%d0%b0%d2%b3%d0%be%d0%bb%d0%b8%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d0%ba%d0%b5%d0%bb%d0%b8%d0%b1-%d1%82%d1%83%d1%88%d0%b0%d1%91%d1%82%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d0%bc%d1%83%d1%80%d0%be%d0%b6%d0%b0%d0%b0%d1%82%d0%bb%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2635","title":{"rendered":"Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarda ko\u2018tarilgan muammolar tahlili nimalarni ko\u2018rsatmoqda?"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi faoliyatiga 2003 yil 8 yanvarda ta&#8217;sischilar konferensiyasida asos solingan. Hududiy birlashma bugungi kunda viloyatdagi 19 ta hududiy ijro etuvchi apparatlar, jumladan 4 ta shahar va 15 ta tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirib kelmoqda. <\/p>\n<p><strong>O\u2018tgan yilda tizimda iste&#8217;molchilar murojaatlari bilan ishlashda qanday natijalarga erishilgan?<\/strong><\/p>\n<p>Hududiy birlashma tizimida 3 ta asosiy sektorlar faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilgan bo\u2018lib, shulardan biri Huquqiy himoya sektoridir. Sektorning asosiy vazifasi iste&#8217;molchilardan kelib tushayotgan yozma, og\u2018zaki va elektron shakldagi murojaatlar bilan ishlash, ularni ko\u2018rib chiqish va tahlilini olib borishdan iborat. Shuningdek, mazkur sektor mutaxassislari hududiy ijro etuvchi organlar qoshida tashkil etilgan \u201cIste&#8217;molchi bilan muloqot\u201d huquqiy maslahatxonalari faoliyatini ham olib boradilar. Birgina 2020 yilning o\u2018zida mazkur maslahatxonalar orqali 467 nafar iste&#8217;molchilarga kommunal xo\u2018jalik, savdo, sog\u2018likni saqlash, gaz, elektr va suv ta&#8217;minoti, aloqa va transport xizmatlari hamda boshqa masalalar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berilgan va ularning turli idoralarga murojaatlar bilan borib ortiqcha ovoragarchiliklarining oldi olingan.<br \/>\nIste&#8217;molchilardan 2020 yil davomida 607 ta murojaatlar kelib tushgan bo\u2018lib, shularning 352 tasi og\u2018zaki, 255 tasi yozma shaklda qayd qilingan. Yozma murojaatlarning 213 tasi elektron shaklda qabul qilib olingan.<br \/>\nJami murojaatlarning 71 tasi \u201cPrezidentga murojaat portali\u201d, 11 tasi Bosh prokuratura ishonch telefoni, 130 tasi esa Federatsiyaning respublika bo\u2018yicha yagona 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali hududiy tegishliligi bo\u2018yicha kelib tushgan va o\u2018rganib chiqilgan murojaatlardan iborat bo\u2018lgan bo\u2018lsa, 395 tasi esa hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri kelib tushgan murojaatlardir.<br \/>\nMurojaatlarning 96,7 foizi ijobiy hal etilishi natijasida, 620 million so\u2018mga yaqin mablag\u2018larni iste&#8217;molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishilgan. Iste&#8217;molchilar manfaatini ko\u2018zlab sud idoralariga kiritilgan da&#8217;volar bo\u2018yicha 252 million so\u2018mdan ortiqroq moddiy va ma&#8217;naviy zararlar undirilgan bo\u2018lsa, iste&#8217;molchilarning 19,3 million so\u2018mlik haq-huquqlarini nazorat idoralarining amaliy ko\u2018magida tiklanishiga erishilgan.<\/p>\n<p><strong>Iste&#8217;molchi kundalik faoliyati davomida muammolarga duch kelsa tizim tashkilotlariga qanday tartibda murojaat qilishi kerak? <\/strong><\/p>\n<p>Bu savolga hududiy birlashma Huquqiy himoya sektori boshlig\u2018i Faxriddin Boynazarovdan quyidagicha javob oldik:<br \/>\n<em>&#8212; Iste&#8217;molchilarga qulaylik yaratish maqsadida Federatsiya tomonidan respublika bo\u2018yicha yagona 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Fuqarolar haftaning ish kunlarida, ya&#8217;ni dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar mazkur koll-sentrga qo\u2018ng\u2018iroq qilib, o\u2018zlarining iste&#8217;molchilik sohasiga oid murojaatlarini qoldirishlari, shuningdek bepul huquqiy maslahatlarni ham olishlari mumkin. Shuningdek, Federatsiyaning istemol.uz saytida iste&#8217;molchilar murojaatlari uchun virtual qabulxona ham tashkil qilingan. Yaqinda iste&#8217;molchilarga yanada qulaylik bo\u2018lishi, ular bilan 24 soatlik aloqani yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadida respublikamizdagi eng ommaviy ijtimoiy tarmoqlardan biri Telegrammda PotrebitelUz_bot faoliyati ham yo\u2018lga qo\u2018yildi.<br \/>\nShuningdek, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining xizmat telefonlari to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar ijtimoiy tarmoqlar, plakat va banerlar vositasida aholining keng ommasi e&#8217;tiboriga yetkazib turilibdi. Jumladan, Federatsiyaning viloyatimizdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda tashkil qilingan boshlang\u2018ich tashkilotlari (tayanch guruhlari)ga birikkan a&#8217;zolari qo\u2018liga berilgan a&#8217;zolik biletlarida yuqorida aytib o\u2018tilgan ishonch telefonlari to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar bilan birgalikda, o\u2018zi istiqomat qiladigan tuman va shahar jamiyatiga bog\u2018lanish ma&#8217;lumotlari ham berilgan. <\/em><\/p>\n<p><strong>Aholidan kelib tushgan murojaatlarda ko\u2018tarilayotgan asosiy muammolar nimalardan iborat?<\/strong><\/p>\n<p>Huquqiy himoya sektorida saqlanayotgan, iste&#8217;molchilardan kelib tushgan murojaatlar va ularni o\u2018rganish natijalari yuzasidan to\u2018plangan hujjatlar jamlamalari bilan tanishib chiqish quyidagi fikr-mulohazalar bildirish va xulosalar chiqarishimizga asos bo\u2018ldi.<br \/>\nMurojaatlarning 31,8 foizi yoki har uchtadan bittasida savdo-sotiq masalalarida kelib chiqqan turli kelishmovchiliklar, huquqbuzilishi holatlari, iste&#8217;molchining qonuniy huquq va manfaatlariga putur yetkazilishi holatlaridan iborat. Ularning salmoqli hissasi sotib olingan tovarda nuqson chiqishi bilan bog\u2018liq masalalarni o\u2018z ichiga olgan.<br \/>\nAmaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi qonuniga (1996 yil 26 aprel&#8217;. 221-I-son) ko\u2018ra, iste&#8217;molchiga nuqsonli tovar sotilsa, u bu borada sotuvchiga murojaat qilib, belgilangan muddatlar ichida nuqsonli tovarni almashtirib olish, bepul ta&#8217;mirlatish, shartnomani bekor qilib ko\u2018rilgan zararni qoplanishini talab qilish va boshqa shu kabi bir qator huquqlarga ega. Murojaatlarni ko\u2018zdan kechirar ekanmiz, sotuvchilar tomonidan iste&#8217;molchilarning ana shu qonuniy talablarini bajarmaslik, muddatida ijrosini ta&#8217;minlamaslik, hattoki rad qilish holatlariga ham guvoh bo\u2018ldik. Albatta, qonun iste&#8217;molchiga huquqlarni berish bilan birgalikda, ana shu huquqlarni ro\u2018yobga chiqarishga to\u2018sqinlik qilish, vaqtida ijrosini ta&#8217;minlamaganlik kabi holatlar keltirib chiqaruvchi huquqiy sanksiyalarni ham belgilab qo\u2018ygan. Xususan ushbu holatda, sotuvchilar qonuniy talablarni muddatida ijrosini ta&#8217;minlamaganliklari o\u2018tkazib yuborilgan har bir kun uchun tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to\u2018lashlariga sabab bo\u2018ladi. Hujjatlar jamlamalarini ko\u2018zdan kechirish jarayonida sotuvchilarga qonunning yuqoridagi talablari bo\u2018yicha tushuntirish va ogohlantirishlar berilgach, ular tomonidan iste&#8217;molchining qonuniy talablari ta&#8217;minlanganligini kuzatdik.<br \/>\nSavdo masalalaridagi murojaatlar ichida iste&#8217;mol krediti shartlarida tovarlar sotib olish, uni kelgusida tasarruf etish, tovarlar uchun to\u2018lovlarni amalga oshirib borish jarayonida kelib chiqqan muammolar yuzasidan qilingan murojaatlar ham talaygina. Bularning ichida iste&#8217;mol krediti tashkiloti tovarlarni nasiyaga sotishda faqat byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga afzalliklar berayapti, xususiy biznes sohasida ishlovchi ishchi xodimga bermayapti, qabilidagi murojaatlar ham bor. Albatta, tovarlarni narxini bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash sharti bilan sotuvchi iste&#8217;mol krediti tashkiloti (moliyaviy iste&#8217;mol krediti emas, tovar iste&#8217;mol krediti) o\u2018z faoliyatini mustaqil holda olib boruvchi xususiy tashkilot bo\u2018lib, tovarlarni nasiyaga berishda muayyan tavakkalchiliklarni bo\u2018yniga oladi. Ularning biznes yuritish qoidalari, ya&#8217;ni aholining kafolatlangan daromadga ega bo\u2018lgan qismi bilan ishlashga intilishlarini noto\u2018g\u2018ri, deyish fikridan yiroqmiz. Sababi, o\u2018tgan yilda butun dunyoda kuzatilgan koronavirus pandemiyasi davrida eng asosiy zarbalardan birini aynan xususiy biznesning ayrim sohalari qabul qilib oldi. Ularning ayrimlari o\u2018z faoliyatini vaqtinchalik to\u2018xtatishga majbur bo\u2018lganligi o\u2018z ishchi-xizmatchilariga oylik maoshlarini to\u2018lashda qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Natijada ishchi-xizmatchilar yuqoridagi yo\u2018nalish bo\u2018yicha turli to\u2018lovlarni o\u2018z vaqtida to\u2018lay olmay qolishlariga olib keldi. To\u2018g\u2018ri, banklar tomonidan moliyaviy iste&#8217;mol krediti to\u2018lovlari bo\u2018yicha kredit ta&#8217;tillari berildi, lekin tovar iste&#8217;mol krediti tashkilotlarining barchasi ham to\u2018lovlarda ta&#8217;tillar bergani yo\u2018q.<br \/>\nPandemiya davrida banklar tomonidan ajratilgan iste&#8217;mol kreditlari to\u2018lovlarida ta&#8217;tillar berilganligi, lekin ta&#8217;til muddati tugagach ana shu mablag\u2018lar qolgan oylar uchun teng qismlarda taqsimlangan holda qaytarilishi lozimligini barcha fuqarolar ham to\u2018liq tushunib olmagan yoki bu borada olib borilgan tushuntirish ishlari yetarli darajada bo\u2018lmagan ko\u2018rinadi. Sababi hududiy birlashmaga kelib tushgan 20 ga yaqin murojaatda ana shu masalalar ko\u2018tarilgan. Shunday bo\u2018lsada, Federatsiya tizimidagi tashkilotlarning, iste&#8217;molchi manfaatini ko\u2018zlab, masala yuzasidan moliyaviy va tovar iste&#8217;mol krediti tashkilotlariga qilgan murojaatlariga ushbu tashkilotlar e&#8217;tiborsiz bo\u2018lmaganlar va yuzaga kelgan sharoitda xalqimiz vakillarini qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida fuqarolarga qo\u2018llaridan kelgan amaliy ko\u2018maklarini ko\u2018rsatganlar.<br \/>\nSavdo masalalarida kelib tushgan murojaatlar ichida savdo ob&#8217;ektlarida narxlarni asossiz oshirilishi, ayrim turdagi mahsulotlarning yo\u2018qligi, qaytim berilishi jarayonidagi muammolar kabi masalalarni o\u2018z ichiga olgan murojaatlar ham bo\u2018lib, ularning barchasi amaldagi tartib-qoidalar asosida o\u2018rganib chiqilib, qonuniy hal qilingan.<br \/>\nTizim tashkilotlariga iste&#8217;molchilardan kelib tushgan murojaatlar ichida elektr, gaz va suv ta&#8217;minoti masalalaridagi murojaatlarning salmog\u2018i ham yuqoriligicha qolmoqda. Murojaatlarni ko\u2018zdan kechirar ekansiz, ularning har uchtadan bittasida ushbu masalaladagi biror-bir muammo va kamchilik bo\u2018yicha qilingan ariza yoki shikoyatga ko\u2018zingiz tushadi.<br \/>\nXususan, elektr energiyasi ta&#8217;minoti masalalarida qilingan murojaatlarda ko\u2018proq ta&#8217;minotdagi tez-tez uzilishlar masalasi ko\u2018tarilgan bo\u2018lsa, gaz ta&#8217;minoti yo\u2018nalishi bo\u2018yicha murojaatlarning ko\u2018proq qismini noreal qarzdorlik, suv ta&#8217;minoti yo\u2018nalishida esa tarmoq orqali ichimlik suvini yetkazib berish jarayonidagi muammolar tashkil qilgan.<br \/>\nElektr ta&#8217;minoti yo\u2018nalishi bo\u2018yicha murojaatlarda noreal qarzdorlik masalasidagi murojaatlar biroz kamaygan. Buning sabablarini tizimda ishlovchi mutaxassislardan so\u2018raganimizda, ular aholi xonadonlariga bosqichma-bosqich yangi turdagi, zamonaviy hisoblagichlarni o\u2018rnatilib, avtomatlashtirilgan tizim joriy etib borilayotganligi, elektr ta&#8217;minoti korxonasi va iste&#8217;molchi o\u2018rtasida to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri on-layn aloqani yo\u2018lga qo\u2018yib borilishi bilan jarayonga inson omilining ta&#8217;siri kamaytirib borilayotganligi  bilan izohladilar.<br \/>\nXizmatlar sifatidan norozi bo\u2018lib qilingan murojaatlar, xususan elektr ta&#8217;minotida tarmoqda kuchlanishning pastligi, gaz ta&#8217;minotida esa gaz bosimining pastligi yoki umuman yo\u2018qligi, suyultirilgan gaz balloni yetkazib berishdagi muammolar, suv ta&#8217;minoti yo\u2018nalishida esa xizmat ko\u2018rsatilmagan bo\u2018lsada pul talab qilish kabi masalalar ko\u2018tarilgan murojaatlar ham talaygina.<br \/>\nAloqa xizmatlari bilan bog\u2018liq murojaatlarda asosan mobil aloqa kompaniyalari tomonidan ko\u2018rsatilayotgan xizmatlar sifati, abonentdan ortiqcha mablag\u2018 yechib olish holatlari, simli aloqa liniyalarining hozirgi zamon talablariga javob bera olmayotganligi, shuningdek internet tezligi pastligi bilan bog\u2018liq masalalar ko\u2018tarilgan.<br \/>\nBugungi kunda anchagina rivojlanib ulgurgan servis xizmatlarini ko\u2018rsatish borasidagi murojaatlarda vaqtida xizmat ko\u2018rsatilmaganligi, kafolat muddati ichida tovarni bepul ta&#8217;mirlab berish lozim bo\u2018lgani holda, pul talab qilish, xizmatlar sifatidan qoniqmaslik kabi masalalar ko\u2018tarilgan. <\/p>\n<p><strong>Umumiy xulosalar<\/strong><\/p>\n<p>Umuman olganda, hududiy birlashmaga kelib tushgan murojaatlar va ularda ko\u2018tarilgan masalalar bilan tanishib chiqish natijalariga ko\u2018ra quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:<br \/>\n&#8212;\t<em>aholida o\u2018zining iste&#8217;molchilik huquqlari buzilishi bilan bog\u2018liq masalalar bo\u2018yicha masalaga daxldor idoralarga murojaat qilish madaniyati shakllanib bormoqda;<br \/>\n&#8212;\tFederatsiya tizimida iste&#8217;molchilarning har qanday shaklda (yozma, og\u2018zaki, elektron) murojaat qila olishlari uchun shart-sharoitlar hozirlangan;<br \/>\n&#8212;\tiste&#8217;molchilar o\u2018z qonuniy haq-huquqlarini talab qilib sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)larga murojaat qilganda ularga yozma ravishda qonuniy talab qo\u2018yish (e&#8217;tiroz xati berish) odati shakllanmagan bo\u2018lib, o\u2018z arzlarini og\u2018zaki shaklda bildirishlari natijasida, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)lar tomonidan ularning qonuniy talablarini bajarilishini paysalga solinishi, rad qilinishi holatlari ko\u2018p uchramoqda;<br \/>\n&#8212;\tiste&#8217;molchilarda qo\u2018llarida shartnomalar mavjud bo\u2018lgani holda, ana shu shartnomalardan unumli foydalana olmaslik, o\u2018zlarining qonuniy haq-huquqlarini talab qilishda shartnomadagi huquq va majburiyatlarini nazardan chetda qoldirish holatlari ko\u2018p uchramoqda. Bu holat ko\u2018proq elektr, gaz, suv ta&#8217;minoti masalalarida, aholidan maishiy chiqindilarni olib ketish, iste&#8217;mol kreditidan foydalanish jarayonlarida ko\u2018proq ko\u2018zga tashlanmoqda.<\/em><\/p>\n<p><strong>G\u2018ayrat Mamatqulov<\/strong><br \/>\nO\u2018IHHQJF Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi Axborot xizmati rahbari<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi faoliyatiga 2003 yil 8 yanvarda ta&#8217;sischilar konferensiyasida asos solingan. Hududiy birlashma bugungi kunda viloyatdagi 19 ta hududiy ijro etuvchi apparatlar, jumladan 4 ta shahar va 15 ta tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirib kelmoqda. O\u2018tgan yilda tizimda iste&#8217;molchilar murojaatlari bilan ishlashda qanday [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2636,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2635","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":569,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2635"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2635"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2635\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2638,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2635\/revisions\/2638"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2636"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2635"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2635"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2635"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}