{"id":2817,"date":"2021-02-17T06:12:46","date_gmt":"2021-02-17T03:12:46","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2817"},"modified":"2021-02-17T06:12:46","modified_gmt":"2021-02-17T03:12:46","slug":"%d1%82%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%80-%d0%b8%d1%88-%d1%85%d0%b8%d0%b7%d0%bc%d0%b0%d1%82%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d1%84%d0%be%d0%b9%d0%b4%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%88-%d0%b9%d1%9e%d1%80%d0%b8%d2%9b%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2817","title":{"rendered":"Tovar (ish, xizmat)dan foydalanish yo\u2018riqnomasi talablariga amal qilishni ham unutmaslik kerak"},"content":{"rendered":"<p>Quvasoy shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Quva tumani Xo\u2018ja Xasan qishlog\u2018ida yashovchi I.Tojiboevning murojaati o\u2018rganildi.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchi murojaatida bayon qilishicha, u \u201cQUVASOYSHIFER HRIZOTIL\u201d MChJda ishlab chiqarilgan 200 dona shifer mahsulotlarini sotib olgan. Shiferlar tomga qoqilgach, ulardan 96 tasi darz ketgan. Iste&#8217;molchining ushbu masalada korxona mas&#8217;ullariga qilgan murojaati qanoatlantirilib, darz ketgan shiferlar almashtirib berilgan. Biroq oradan ma&#8217;lum vaqt o\u2018tgandan keyin tomga qoqilgan shiferlardan yana bir nechasi darz ketadi. Holat bo\u2018yicha ishlab chiqaruvchi vakili ishtirokida dalolatnoma ham tuziladi. Almashtirish ishlari biroz cho\u2018zilayotganligidan xavotirga tushgan fuqaro shahar jamiyatiga ushbu masalada amaliy yordam so\u2018rab murojaat qiladi.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchi murojaatini o\u2018rganish davomida mazkur masalada korxonadan olingan rasmiy javobda shiferlarni tomga o\u2018rnatish ishlari o\u2018rnatish normalari talabi asosida bajarilmaganligi (korroziyaga qarshi po\u2018latdan yasalgan maxsus shifer mixidan foydalanmaslik, shifer listlarini maxsus uskuna (drel&#8217;) yordamida teshilmaganligi, teshiklar mix o\u2018lchamidan 2-3 mmga ortiq bo\u2018lishiga e&#8217;tibor qaratilmaganligi, sakkiz to\u2018lqinli shifer mahsuloti yotqizilishida mixlar 2 va 6-to\u2018lqinlarga talab darajasida qotirilmaganligi, mix qoqishda qo\u2018shimcha izolyasiya sifatida rezina yoki plastik shaybadan foydalanilmagani) natijasida yuqoridagi nuqsonlar kelib chiqqanligi haqida tushuntirishlar berildi. Shunday bo\u2018lsada, korxona tomonidan fuqaroga amaliy yordam ko\u2018rsatilib, 70 dona shifer almashtirib berilganligi ham ma&#8217;lum qilindi.       <\/p>\n<p>Xulosa o\u2018rnida shuni aytish mumkinki, o\u2018rganish ishlari natijasida ushbu holatda fuqaroga nuqsonli tovarni almashtirib berilishi bilan unga joriy narxlarda olinganda 2 940 000 so\u2018m miqdorida moddiy zarar yetishining oldi olindi. Biroq fursatdan foydalanib, iste&#8217;molchilarimizga shuni ham eslatib o\u2018tishimiz joizki, tovarlar sotib olayotganda, ish, xizmatlarga buyurtma berganda mazkur tovar (ish, xizmat)dan foydalanish yo\u2018riqnomasi talablariga ham amal qilish lozim bo\u2018ladi. Aks holda, yuzaga keladigan holatda iste&#8217;molchi aybdor bo\u2018lib qolib, ham moddiy, ham ma&#8217;naviy zarar ko\u2018rib qolishiga sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>Qunduzxon Zakirova<\/strong><br \/>\nQuvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quvasoy shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Quva tumani Xo\u2018ja Xasan qishlog\u2018ida yashovchi I.Tojiboevning murojaati o\u2018rganildi. Iste&#8217;molchi murojaatida bayon qilishicha, u \u201cQUVASOYSHIFER HRIZOTIL\u201d MChJda ishlab chiqarilgan 200 dona shifer mahsulotlarini sotib olgan. Shiferlar tomga qoqilgach, ulardan 96 tasi darz ketgan. Iste&#8217;molchining ushbu masalada korxona mas&#8217;ullariga qilgan murojaati qanoatlantirilib, darz ketgan shiferlar almashtirib berilgan. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2818,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2817","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":402,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2817"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2817"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2817\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2819,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2817\/revisions\/2819"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2818"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2817"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2817"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2817"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}