{"id":2884,"date":"2021-02-26T06:44:43","date_gmt":"2021-02-26T03:44:43","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2884"},"modified":"2021-02-26T06:44:43","modified_gmt":"2021-02-26T03:44:43","slug":"%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d2%b3%d1%83%d2%9b%d1%83%d2%9b%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%bd%d0%b8-%d2%b3%d0%b8%d0%bc%d0%be%d1%8f","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2884","title":{"rendered":"Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonun bugungi kun talablariga javob bera olayaptimi?"},"content":{"rendered":"<p>Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilik deganda, albatta, bir qator qonunlar va qonunosti me&#8217;yoriy hujjatlari tushuniladi. Lekin bizning bugungi tadqiqotimiz 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi (221-I-sonli) qonun bilan bog\u2018liqdir (quyida matnlarda \u201cQonun\u201d deb yuritiladi).<\/p>\n<p>O\u2018tkaziladigan tadqiqot sohada uzoq yillardan buyon faoliyat ko\u2018rsatib kelayotgan mutaxassislar bilan suhbat hamda shaxsiy kuzatuvlar asosidagi fikr va mulohazalarga asoslanadi. Sababi o\u2018zim ham 2006 yildan buyon mazkur sohaga daxldor idoralarda faoliyat ko\u2018rsatib kelmoqdaman.<br \/>\nO\u2018tgan yillar ichida yuqorida nomi zikr etilgan 30 ta moddadan iborat Qonunga o\u2018n marotabadan ortiq o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritilgan, O\u2018zbekiston Respublikasining 2016 yil 25 aprelidagi O\u2018RQ-405-sonli qonuni bilan 27 prim 1-moddasi qo\u2018shilgan bo\u2018lsada, Qonun o\u2018zining birlamchi tahrirdagi asosiy mazmun va mohiyatini saqlab qolgan.<\/p>\n<p>O\u2018tkaziladigan tadqiqot doirasida o\u2018zimning bu boradagi bir necha shaxsiy fikr va mulohazalarimni bildirib o\u2018tsam.<br \/>\nQonunning 1-moddasida iste&#8217;molchiga berilgan ta&#8217;rifda, foyda chiqarib olish bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan holda shaxsiy iste&#8217;mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo\u2018lgan fuqaro (jismoniy shaxs) deyiladi. <\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda bir savol tug\u2018iladi. Bankka omonatga pul qo\u2018ygan shaxs, shaxsiy tomorqasida hosil yetishtirib daromad ko\u2018rishni ko\u2018zlagan holda ketmon, belkurak va boshqa asbob-anjomlarni sotib olgan shaxs, savdo do\u2018koni faoliyatini yanada kengaytirish, ijtimoiy tarmoqlarda turli sahifalarni ochib, faoliyatini reklamasini ta&#8217;minlash maqsadida foydalanish uchun so\u2018ngi markadagi smartfon sotib olgan shaxs foyda chiqarib olishni ko\u2018zlamaydimi? Axir yuqoridagi misollarda pul, ketmon, smartfon foyda chiqarib olish quroli vazifasini o\u2018taydiku. <\/p>\n<p>Shu nuqtai nazardan, menga Rossiyaning tegishli qonunida keltirilgan ta&#8217;rif haqiqatga mosroqdek tuyuladi. Uning matni mazmuni esa quyidagicha: iste&#8217;molchi &#8212; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan holda, faqat shaxsiy, oilaviy, uy-ro\u2018zg\u2018orda va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun tovar (ish, xizmat)larni sotib oluvchi, buyurtma beruvchi yoki shu niyatda bo\u2018lgan yoxud undan foydalanayotgan fuqarodir.<br \/>\nYana bir narsa, agar Qonunimizning amaldagi tahriridagi iste&#8217;molchi ta&#8217;rifiga sinchiklab nazar solinsa, u yerda sotib oluvchi, buyurtma beruvchi yoki shu niyatda bo\u2018lganlarning o\u2018zigina aksini topganligini, tovarni sotib olib amalda \u201cfoydalanayotganlar\u201d e&#8217;tibordan chetda qolib ketganligini ham ko\u2018rish mumkin.<\/p>\n<p>Qonunning birlamchi tahriridagi 4-moddasida iste&#8217;molchilarning 6 ta asosiy huquqlari, ya&#8217;ni ma&#8217;lumot olish, erkin tanlash, xavfsizlikka bo\u2018lgan huquq, yetkazilgan moddiy ziyon va ma&#8217;naviy zararning qoplanishi, sudga va boshqa davlat organlariga murojaat etish, jamoat birlashmalarini tuzish huquqlari qatoridan iste&#8217;molchining bilim va ta&#8217;lim olish huquqiga negadir hali-hanuz o\u2018rin berilmayapti. To\u2018g\u2018ri, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi \u201cIste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi 414-sonli qarori bilan iste&#8217;molchining bilim va ta&#8217;lim olish huquqi ta&#8217;minlab berilishi ko\u2018zda tutilgan, lekin bu norma nega asosiy qonunda o\u2018z aksini topmasligi kerak?<\/p>\n<p>Qonunning 5-moddasida ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ga o\u2018zi haqidagi ma&#8217;lumotlarni taqdim etishi shartligi bo\u2018yicha bir qator majburiyatlar yuklatilgan bo\u2018lsada, mazkur majburiyatlarni bajarmaslik keltirib chiqaradigan aniq huquqiy ta&#8217;sir choralariga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, taqdim etiladigan ma&#8217;lumotning tili bo\u2018yicha talablar ham ochiq qolgan.<\/p>\n<p>6-moddada tovar (ish, xizmat)lar to\u2018g\u2018risidagi beriladigan ma&#8217;lumotlar bo\u2018yicha talablar keltirilgan bo\u2018lib, mazkur moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisida \u201cbahosi (tarifi)\u201d degan jumlalar bor. Yana Rossiya misoliga qaytsak, ana shu jumla ularning qonunchiligida \u201csena v rublyax\u201d, ya&#8217;ni rubldagi bahosi tarzida keltiriladi va bu bilan, meni nazarimda, Rossiya hududida milliy pul birligining nomi rublliga alohida urg\u2018u beriladi. Nega biz shu joyda \u201cso\u2018mdagi bahosi (tarifi)\u201d degan jumla ishlatib, milliy birligimiz \u201cso\u2018m\u201dligini ta&#8217;kidlab o\u2018tishdan cho\u2018chiymiz?<\/p>\n<p>Shu joyda o\u2018z shaxsiy fikr-mulohazalarimni bildirishdan to\u2018xtab, bir-ikkita mutaxassisning bu boradagi fikrlariga o\u2018rin bersam.<\/p>\n<p><strong>Baxodirxon Usmonov<\/strong> \u2013 Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bosh mutaxassisi, tizimda 2003 yildan buyon ishlaydi:<\/p>\n<p><em>&#8212; Birinchi navbatda, mamlakatimizda iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish bo\u2018yicha alohida qonunning mavjudligini e&#8217;tirof etib o\u2018tish kerak. Eshitishimcha, dunyoda bu borada alohida qonuniga ega bo\u2018lmagan, qonunning tegishli normalari qaysidir qonunlarni ichida aks etgan davlatlar ham bor ekan. Lekin gap hozir bu haqda emas. Tizimda uzoq yillardan buyon ishlayman. Adashmasam mamlakatimizda bank plastik kartochkalari 2005 yillardan joriy etila boshlagandi. O\u2018tgan yillar davomida ana shu bank kartochkalaridan to\u2018lov qilinganda naqd puldagi to\u2018lovga qaraganda boshqacharoq narxlar belgilash holatlariga ham guvoh bo\u2018lindi. To\u2018g\u2018ri, bunga tomoshabin bo\u2018lib qarab o\u2018tirilmadi, davlat idoralari va tizimimiz tomonidan bu salbiy holatlarga qarshi kurash olib borildi, lekin o\u2018shanda bugun shaharning bu burchagida, ertaga u burchagida bunaqa holatlar sodir bo\u2018lib turgandi. Bugun bunday holatlar yo\u2018q hisobi. Aytmoqchi bo\u2018layotganim, Siz bilan biz hozir muhokama qilib turgan Qonunga hali-hanuz bank plastik kartochkalari bo\u2018yicha normalar kiritilgani yo\u2018q. Amaldagi Qonunning 10-moddasi aynan tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to\u2018lash shakli va tartibini belgilaydi. Boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, shu moddaga har xil to\u2018lov vositalari bilan pul to\u2018langanda, bir xil tovarga har xil narx belgilashni taqiqlovchi normalarni kiritish kerak.<\/p>\n<p>O\u2018zim iste&#8217;molchilar jamoat birlashmasida ishlashim sababli, menga Qonunning 4 va 30-moddalari qadrdondek, chunki bu moddalarda iste&#8217;molchilar o\u2018z huquq va manfaatlarini himoyasini ta&#8217;minlash maqsadida iste&#8217;molchilar jamoat birlashmalariga birlashishlari mumkinligi belgilab qo\u2018yilgan. Lekin Qonun qabul qilinib, oradan salkam 25 yil vaqt o\u2018tgan bo\u2018lsada, unda ana shu iste&#8217;molchilar jamoat birlashmalarining huquqlarini belgilab beruvchi normalar o\u2018z aksini topmay kelmoqda. Menimcha, bugungi kun talablari, yurtimizda jamoatchilik nazoratini yanada rivojlantirish borasidagi vazifalar mazkur qo\u2018shimchalarni ham tezkorlikda kiritilishiini talab qilmoqda.<\/em><\/p>\n<p><strong>Faxriddin Boynazarov<\/strong> \u2013 O\u2018IHHQJ Federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi huquqiy himoya sektori boshlig\u2018i:<br \/>\n<em>&#8212; Tizimda fuqaro (iste&#8217;molchi)larning murojaatlari bilan ishlashim bois, amaliyotda hamkasblarim faoliyatiga biroz qiyinchilik tug\u2018dirayotgan ayrim holatlarni aytib o\u2018tsam. <\/p>\n<p>Qonunning 14 (nuqsonli tovarni almashtirish), 15 (bepul ta&#8217;mirlash), 19 (ish bajarish, xizmat ko\u2018rsatishda shartnoma shartlari buzilishi)-moddalarida sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)lar tomonidan belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki vaqtida bajarmaslik bilan bog\u2018liq holatlar o\u2018zini aksini topgan. Bunda iste&#8217;molchi talabni qo\u2018ygan kundan e&#8217;tiboran o\u2018tkazib yuborilgan har bir kun uchun neustoyka (penya) hisoblab borilishi belgilab qo\u2018yilgan. Lekin iste&#8217;molchilarimiz mazkur imkoniyatdan foydalana olishlari uchun neustoyka (penya)ni hisoblab boriladigan sanani (nuqtani) belgilab olish kerak bo\u2018ladi. Buning uchun esa iste&#8217;molchi sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)ga yozma ravishda murojaat qilishi talab etiladi. Yurtimiz aholisida esa yozma (bu yerda ariza, shikoyat bilan emas, balki qonuniy huquqlarini talab qiluvchi e&#8217;tiroz xati bilan) murojaat qilish odati shakllanmagan. Iste&#8217;molchining sotuvchi huzuriga kelib, og\u2018zaki ravishda e&#8217;tirozini bildirib ketganligini esa sotuvchi biror joyga qayd qilib qo\u2018ymaydi. Demak, og\u2018zaki murojaat kunini neustoyka (penya) hisoblash nuqtasi sifatida belgilab olish mantiqqa to\u2018g\u2018ri kelmaydi. <\/p>\n<p>Qonunning 18-moddasiga binoan, iste&#8217;molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e&#8217;tiboran o\u2018n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo\u2018lmasa, pulini qaytarib olishga haqli. Lekin qonunning amaldagi tahririda iste&#8217;molchiga pul qaytariladi, degan norma bo\u2018lsada, pulni qachon qaytariladi, darholmi yoki sotuvchi hohlagan paytdami, yoki sotuvchi qachon tovarni sotgandami, degan holatga aniqlik kiritilmagan. Qonunning esa tili ravon, aniq, tushunarli va pichog\u2018i keskir bo\u2018lishi maqsadga muvofiq. Shu sababli, ushbu holatni amaldagi Fuqarolik kodeksi talablaridan kelib chiqib, sotuvchi pulni darhol qaytarib berish choralarini ko\u2018rishi lozimligi, agar majburiyatni darhol bajarish vazifasi shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, bunday majburiyatni iste&#8217;molchi talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shartligi bo\u2018yicha norma bilan boyitilsa, bu boradagi tushunmovchiliklarni oldi olingan bo\u2018lar edi.<\/em><\/p>\n<p>Bugun yurtimizda jamiyat hayotining barcha sohalarida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Kecha biz uchun amalga oshib, yechim topishi qiyinday ko\u2018ringan ko\u2018plab muammolar sohaning asosiy qonuniga tegishli o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritilishi bilan o\u2018z yechimini topib ketmoqda. Qonun normasi yaxshi yoki talab darajasida ishlamasa yoxud yillar o\u2018tishi bilan ma&#8217;naviy eskirgan bo\u2018lsa, uni zamon ruhi bilan boyitish, bugungi kun talabiga moslash esa qiyin ish emas.<\/p>\n<p>Men shu o\u2018rinda, mutaxassislarga bildirilgan qimmatli fikrlari uchun o\u2018z minnatdorchiligimni izxor qilgan holda, bu borada olib borilayotgan mustaqil tadqiqotlarim hali davom etishini eslatib o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p>G\u2018ayrat Mamatqulov<br \/>\nMustaqil tadqiqotchi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilik deganda, albatta, bir qator qonunlar va qonunosti me&#8217;yoriy hujjatlari tushuniladi. Lekin bizning bugungi tadqiqotimiz 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi (221-I-sonli) qonun bilan bog\u2018liqdir (quyida matnlarda \u201cQonun\u201d deb yuritiladi). O\u2018tkaziladigan tadqiqot sohada uzoq yillardan buyon faoliyat ko\u2018rsatib kelayotgan mutaxassislar bilan suhbat hamda shaxsiy kuzatuvlar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2885,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2884","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":6525,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2884"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2884"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2884\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2886,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2884\/revisions\/2886"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2885"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2884"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2884"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2884"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}