{"id":2891,"date":"2021-02-26T14:35:36","date_gmt":"2021-02-26T11:35:36","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2891"},"modified":"2021-02-26T14:35:36","modified_gmt":"2021-02-26T11:35:36","slug":"%d0%b1%d0%b8%d1%82%d1%82%d0%b0-%d1%81%d0%b8%d1%84%d0%b0%d1%82%d1%81%d0%b8%d0%b7-%d0%bb%d0%b0%d0%bc%d0%bf%d0%be%d1%87%d0%ba%d0%b0%d0%bd%d0%b8-%d0%b0%d0%bb%d0%bc%d0%b0%d1%88%d1%82%d0%b8%d1%80%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2891","title":{"rendered":"Bitta sifatsiz lampochkani almashtirib berish bilan bog\u2018liq mashmashalar ortidagi o\u2018ylar"},"content":{"rendered":"<p>Qo\u2018qon shahrida yashovchi iste&#8217;molchi I. A. \u201cQo\u2018qon savdo kompleksi\u201d MChJ hududida joylashgan 88-savdo do\u2018konidan ikki yillik kafolat muddati bilan sotib olgan \u201cLED\u201d energiya tejamkor lampochkasi ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafillik muddati tugashiga 2 oy qolganda kuyib qolgach, masalani o\u2018z kuchi bilan hal qilishga urinib ko\u2018rgan.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchi mahsulot qadog\u2018ida yozilgan raqamga bir necha bor qo\u2018ng\u2018iroq qilgan, lekin go\u2018shakning u tomonidan \u201cBoshqa joyga tushib qoldingiz\u201d, degan javob olavergan. Bundan jahli chiqqan iste&#8217;molchi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoniga murojaat qilib, ushbu masalada o\u2018z shikoyatini qoldirgan.<\/p>\n<p>To\u2018g\u2018ri, Qo\u2018qon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari aralashuvi bilan sotuvchi lampochkani boshqa sifatlisiga almashtirib berdi. Lekin shu o\u2018rinda bir savol tug\u2018iladi. Nega endi ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolat berilgan tovar, kafolat muddati ichida iste&#8217;molchiga bog\u2018liq bo\u2018lmagan holatlar tufayli, ishdan chiqsa yoki unda biror nuqson aniqlansa, amaldagi qonun talablaridan kelib chiqib, almashtirib berish o\u2018rniga, fuqaroni ovorayu sarson bo\u2018lishiga sabab bo\u2018lishi kerak? Sotuvchilar bunday holatlarda, xuddiki tovarni o\u2018zlari ishlab chiqarib sotayotgandek, ishlab chiqaruvchi tomoniga o\u2018tib olib, iste&#8217;molchini o\u2018zini ayblashga urinishlari qanchalik to\u2018g\u2018ri?<\/p>\n<p>Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar o\u2018rtasida keskin raqobat kuzatiladi. Bu raqobat kurashida bitta ishlab chiqaruvchi ikkinchi bir ishlab chiqaruvchi ustidan g\u2018olib kelish, bozorda o\u2018z tovarlarini ko\u2018proq sotilishiga erishish maqsadida iste&#8217;molchilarga turli rag\u2018batlantirishlarni, qulaylik va yengilliklarni taklif qiladi. Shulardan biri, tovarga belgilanadigan kafolat muddatidir.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, kafolat muddatini raqobatchinikidan ko\u2018ra uzoqroq qilib belgilab qo\u2018yish bilangina ish bitmasligini, ertaga ana shu belgilangan muddat ichida tovarda nuqson kuzatilsa, iste&#8217;molchini ovorayu sarson qilib, ko\u2018nglini o\u2018zi ishlab chiqarayotgan tovarga nisbatan butunlay sovitib qo\u2018ymaslik choralarini ko\u2018rishni ham unutmaslik kerakligini har birimiz to\u2018g\u2018ri anglaymiz. <\/p>\n<p>Hurmatli ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar! Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni sotishda aholi (iste&#8217;molchilar)ga shu tovardan to\u2018g\u2018ri va samarali foydalanish yo\u2018l-yo\u2018riqlarini tushuntirishdan erinmang! Zero, amaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 5 va 6-moddalarida sizlarning zimmangizga shunday majburiyatlar yuklatilgan.<\/p>\n<p>Shuning bilan birgalikda, amaldagi qonunning 14 va 15-moddalarida nuqsonli tovarni almashtirish va bepul ta&#8217;mirlash bo\u2018yicha tartib-qoidalar hamda qat&#8217;iy muddatlar belgilanganligini, ana shu muddatlarni o\u2018tkazib yuborish esa sizga nisbatan neustoyka (penya)lar hisoblab borilishiga sabab bo\u2018lishini ham unutmang.<\/p>\n<p><strong>Asrorjon Mamatqulov<\/strong><\/p>\n<p>Qo\u2018qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo\u2018qon shahrida yashovchi iste&#8217;molchi I. A. \u201cQo\u2018qon savdo kompleksi\u201d MChJ hududida joylashgan 88-savdo do\u2018konidan ikki yillik kafolat muddati bilan sotib olgan \u201cLED\u201d energiya tejamkor lampochkasi ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafillik muddati tugashiga 2 oy qolganda kuyib qolgach, masalani o\u2018z kuchi bilan hal qilishga urinib ko\u2018rgan. Iste&#8217;molchi mahsulot qadog\u2018ida yozilgan raqamga bir necha bor qo\u2018ng\u2018iroq qilgan, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2892,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2891","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":363,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2891"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2891"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2891\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2893,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2891\/revisions\/2893"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2892"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2891"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2891"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2891"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}