{"id":2917,"date":"2021-03-08T21:40:24","date_gmt":"2021-03-08T18:40:24","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2917"},"modified":"2021-03-09T06:43:44","modified_gmt":"2021-03-09T03:43:44","slug":"%d0%bc%d1%83%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%be%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d0%ba%d0%b5%d0%bb%d0%b8%d0%b1-%d1%87%d0%b8%d2%9b%d0%b8%d1%88-%d1%81%d0%b0%d0%b1%d0%b0%d0%b1%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2917","title":{"rendered":"Muammolarning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish borasidagi xulosa va takliflar"},"content":{"rendered":"<p>&#8212; mustaqil tadqiqotdan ko\u2018zlangan maqsad nima?<br \/>\n&#8212; muammolarning eng asosiy sabablaridan biri to\u2018laqonli ma&#8217;lumot berilmayotganligida(mi)?<br \/>\n&#8212; huquqiy bilim yetishmasligiga qonun sababchimi yoki iste&#8217;molchilarimizning ma&#8217;rifatli bo\u2018lishidan manfaatdor emasmizmi?<br \/>\n&#8212; iste&#8217;molchi tushunchasini fuqaro (jismoniy shaxs) doirasi bilan cheklab qo\u2018yilishi qanchalik to\u2018g\u2018ri?<br \/>\n&#8212; muammoni eng quyida hal qilish yo\u2018li turganda idorama-idora yurishimiz to\u2018g\u2018rimi?<br \/>\n&#8212; iste&#8217;molchilar jamoat birlashmalariga huquq va vakolatlar berishdan nega cho\u2018chiymiz?<\/p>\n<p>Shu va shular haqida quyida o\u2018qing!<\/p>\n<p>Bozor iqtisodiyotini soat mexanizmiga qiyoslagim keladi. Ana shu mexanizmning qaysidir detali o\u2018z funksiyasini to\u2018g\u2018ri bajarmasa yoki unga begona bo\u2018lgan detal zo\u2018rlab tiqishtirib qo\u2018yilsa, u o\u2018z-o\u2018zidan noto\u2018g\u2018ri ishlay boshlaydi yoki umuman to\u2018xtab qolishi ham mumkin. Demak, mexanizmning har bir detali o\u2018z o\u2018rnida bo\u2018lmog\u2018i va o\u2018z funksiyalarini to\u2018g\u2018ri uddalamog\u2018i lozim.<\/p>\n<p>Yana bir o\u2018xshatish. Ushbu mexanizmni nima yoki qanday kuch harakatga keltiradi? Bu zaruriy detalning nomi iste&#8217;molchidir. Tovarlar ishlab chiqarilar ekan, xizmatlar ko\u2018rsatilar ekan, uni kimdir iste&#8217;mol qilishi kerak. Iste&#8217;mol bo\u2018lmas ekan, ushbu faoliyatning ham keragi bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Demak, bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch sifatida iste&#8217;molchi markaziy o\u2018rinda turadi.  <\/p>\n<p>Rivojlangan Janubiy Koreyada \u201cconsumer centered management\u201d, ya&#8217;ni \u201cmijozlarga, ularning talablariga yo\u2018naltirilgan boshqaruv\u201d degan fan darajasida ko\u2018riladigan sohaning mavjudligi ham bejizga emas. Buni qisqacha mazmuni shundan iborat ekanki, agar gaz plitasi lozim darajada ishlamasa, ular buning sababini, aybni iste&#8217;molchidan, gaz bosimidan, ob-havodan qidirishdan ko\u2018ra, ana shu gaz plitasini amaldagi sharoitda ishlay oladigan darajaga keltirish ustida bosh qotirar ekanlar.<\/p>\n<p>Men \u201cBugungi kunda iste&#8217;molchilarni qiynab turgan muammolarning kelib chiqishini asosiy sabablari, ularni keltirib chiqarayotgan omillarni o\u2018rganish va yoritish\u201d loyihasi bo\u2018yicha mustaqil tadqiqot olib bordim. Bu ishni amalga oshirish doirasida Farg\u2018ona viloyatidagi sohaga daxldor idoralar mutaxassislari bilan fikrlar almashildi, aholi o\u2018rtasida so\u2018rovnoma o\u2018tkazildi, iste&#8217;molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni va ularda ko\u2018tarilayotgan muammolarni tahlil qilindi, shaxsiy kuzatuvlar va sohada mehnat faoliyati olib borish davomida to\u2018plangan tajribaga asoslanildi.<\/p>\n<p>Olib borilgan ishlarning yakuni bo\u2018yicha fikr va mulohazalarni esa Siz bilan o\u2018rtoqlashmoqchiman. Quyida matnda \u201cQonun\u201d deyilganda O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonuni, \u201cMa&#8217;muriy javobgarlik kodeksi\u201d deyilganda O\u2018zbekiston Respublikasining Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksi nazarda tutiladi. <\/p>\n<p><strong>Muammolarni keltirib chiqarayotgan sabab va omillar<\/strong><\/p>\n<p>Iste&#8217;molchining eng asosiy huquqlaridan biri ma&#8217;lumot olish huquqidir. Lekin ko\u2018cha-kuyda, idora va tashkilotlarda uning bu huquqi qay darajada ta&#8217;minlab berilmoqda? Aholi o\u2018rtasida o\u2018tkazilgan so\u2018rovnomamizda ham unda qatnashgan respondentlarning 26,3 foizi muammolarning kelib chiqish sabablaridan biri sifatida aynan \u201cIste&#8217;molchiga oldi-sotdi (ish va xizmatlardan foydalanish) jarayonida shu tovar (ish, xizmat)ga oid bo\u2018lgan, yetarli darajadagi ma&#8217;lumot berilmasligi\u201dni belgilagan.<\/p>\n<p>Ayrim savdo do\u2018konlariga kirsangiz tovarlarning, oshxonalarga kirsangiz tayyor taomlarning narxlari yozib qo\u2018yilmagan. Bozorniku qo\u2018yavering. Sartaroshga soch-soqolingizni oldirmoqchi bo\u2018lsangiz xizmat narxlarini oldindan so\u2018rab olishga majbursiz. Avtobus bekatiga kelsangiz bu yerdan qanday yo\u2018nalishlardagi avtobuslar o\u2018tishini o\u2018tgan ketganlardan so\u2018ramaslikning iloji yo\u2018q. Avtobusga chiqsangiz tushadigan bekatingizni qayta\u2013qayta eslatib borasiz, chunki haydovchi ko\u2018pincha qaysi bekatga to\u2018xtaganligini e&#8217;lon qilib bormaydi. Vaqti-vaqti bilan tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tishi lozim bo\u2018lgan o\u2018qituvchi yoki bog\u2018cha tarbiyachisini qo\u2018lida tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tish bilan bog\u2018liq harajatlar kimning hisobidanligi to\u2018g\u2018risida aniq ma&#8217;lumot yo\u2018q. Aksariyat tovarlar sotilgandan so\u2018ng qaytarib olinmaydi, lekin sotuvchilar oldi-sotdi amalga oshiilayotganda Sizga bu haqda ma&#8217;lumot bermaydi. <\/p>\n<p>Xullas, kuni bo\u2018yi \u201cQancha?\u201d, \u201cNecha pul?\u201d, \u201cQaerga?\u201d kabi savollarni beraverasiz-beraverasiz. Sotuvchi (xizmat ko\u2018rsatuvchi) xodim ham kerakli ma&#8217;lumotni ko\u2018zga ko\u2018rinarli joyga osib qo\u2018yishdan ko\u2018ra, kun bo\u2018yi javrab o\u2018ziniyam, asablariniyam tugatish yo\u2018lidan ketaveradi.<\/p>\n<p>Qisqa qilib aytganda, bugun iste&#8217;molchining ma&#8217;lumot olish huquqi yetarli darajada, to\u2018laqonli ta&#8217;minlab berilayapti, deya olmaymiz.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchining ma&#8217;lumot olish huquqini ta&#8217;minlab berilmaganligi uchun hech qanday huquqiy ta&#8217;sir choralari yo\u2018qmi, deyishingiz mumkin?<\/p>\n<p>Bor. Amaldagi Qonunning 27-moddasi ikkinchi qismida, \u201cIshlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar &#8230; iste&#8217;molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to\u2018g\u2018risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto\u2018g\u2018ri ma&#8217;lumotlar taqdim etganlik &#8230; uchun ma&#8217;muriy javobgarlikka tortiladi\u201d, deb belgilab qo\u2018yilib, Ma&#8217;muriy javobgarlik kodeksining 178-moddasiga havola beriladi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;muriy javobgarlik kodeksining mazkur moddasi yettinchi qismida \u201c&#8230; iste&#8217;molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to\u2018g\u2018risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto\u2018g\u2018ri ma&#8217;lumotlar taqdim etganlik &#8230; huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa \u2014 yetti baravaridan o\u2018n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo\u2018ladi\u201d deb belgilab qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>Bugun qonunchilikning shu normasi keng miqyosda va ommaviy ravishda qo\u2018llanilayaptimi? Yo\u2018q.<\/p>\n<p>To\u2018g\u2018ri, ko\u2018pchilik muammolarning kelib chiqish sabablarini bu boradagi huquqiy bilimsizlik bilan ham bog\u2018laydi. Xususan, aholi o\u2018rtasida o\u2018tkazilgan so\u2018rovnomamizda respondentlarning 25,5 foizi \u201cAholida iste&#8217;molchilik sohasiga oid bilimlarning yetishmasligi, bu borada yetarli darajada ta&#8217;lim berilmasligi\u201dni eng asosiy sabablardan biri qilib ko\u2018rsatganligi ham bejizga emas. Lekin bu yerda ana shu bilim va ta&#8217;lim olish huquqi Qonunda aks etganmi, degan savol ham tug\u2018iladi.<\/p>\n<p>Afsuski, 1996 yilda qabul qilingan va bugun amalda bo\u2018lgan Qonunda iste&#8217;molchining bilim va ta&#8217;lim olish huquqi o\u2018z aksini topmagan. To\u2018g\u2018ri, keyinchalik Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi 414-sonli qarorining 7-bandi bilan qonundagi ushbu yetishmovchilikni o\u2018rnini to\u2018ldirishga urinilgan deyish mumkin. <\/p>\n<p>Lekin qonunning to\u2018laqonli bo\u2018lishi uchun ushbu normani nega qonunda alohida yoki prim modda sifatida aks ettirish mumkin emas?<\/p>\n<p>Nega bu yerda bilim va ta&#8217;lim degan tushunchalarni alohida qo\u2018llayotganligimga to\u2018xtalsam. Rossiya qonunchiligida ushbu norma \u201cpravo na prosvesheniya\u201d, ya&#8217;ni \u201cma&#8217;rifatli bo\u2018lish huquqi\u201d tarzida keltirilib, unga alohida modda ajratilgan va shu moddada iste&#8217;molchining ta&#8217;lim olishi davlat ta&#8217;lim standartlari va ta&#8217;lim dasturlariga tegishli talablarni kiritish yo\u2018li bilan, iste&#8217;molchining bilim olish huquqi esa tizimli ravishda ma&#8217;lumotlar berish yo\u2018li bilan ta&#8217;minlab berilishi ko\u2018rsatib o\u2018tilgan.<\/p>\n<p>Rivojlangan davlat Janubiy Koreya qonunchiligida esa iste&#8217;molchining bilim va ta&#8217;lim olish huquqlari alohida beriladi. Ya&#8217;ni \u201ctovar (ish, xizmatlar)ni tanlash bilan bog\u2018liq zaruriy bilim va ma&#8217;lumotga ega bo\u2018lish huquqi\u201d, \u201ciste&#8217;molchi sifatida samarali hayot kechirishi uchun zarur bo\u2018lgan ta&#8217;limni olish huquqi\u201d sifatida keltirilib, tovardan samarali va oqilona foydalana olish bilimini ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan berilishi lozimligi, ta&#8217;lim esa tegishli ravishda davlat ta&#8217;lim standartlari, ta&#8217;lim dasturlari va tegishli tashkilotlar tomonidan berilishi ko\u2018rsatib o\u2018tiladi. Menimcha bu yerda Koreya modeli ma&#8217;qulroq.<\/p>\n<p>Muammolarni kelib chiqish sabablarini o\u2018rganish bo\u2018yicha olib borgan tadqiqotlarimda, amaldagi Qonun bugungi kun talablariga to\u2018laqonli javob bera olayaptimi, degan savolga ham e&#8217;tibor qaratdim. Mutaxassislar bilan fikrlar almashdim. Aholi o\u2018rtasida o\u2018tkazilgan so\u2018rovnomada ham ularga ushbu savol bilan murojaat qilindi. Respondentlarning 48,1 foizi Qonun bugun kun talablariga to\u2018liq javob bera olmayapti, degan javob variantini belgilashlari uchun ham asoslar yetarli deb o\u2018ylayman. Nega? Keling misollarga to\u2018xtalaylik.<\/p>\n<p>Qonunning birinchi moddasidayoq iste&#8217;molchi termini (unga berilgan ta&#8217;rif)ni o\u2018zi ayrim savollarni keltirib chiqaradi. Terminga berilgan ta&#8217;rifning asosida \u201cfoyda chiqarib olish bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan holda\u201d degan tushuncha yotadi. Yana yuqoridagi ta&#8217;rifda \u201cfuqaro (jismoniy shaxs)\u201d, deb doira yanada toraytiriladi. Ta&#8217;rifda \u201csotib oluvchi, shu niyatda bo\u2018luvchilar\u201d bor, lekin amalda \u201cfoydalanayotganlar\u201d yo\u2018q.<\/p>\n<p>Rossiya qonunchiligida esa bunga \u201ctadbirkorlik faoliyati bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan holda\u201d deb tushunarliroq va aniqroq yo\u2018nalish berilgan. Lekin ularda ham \u201cgrajdanin\u201d (fuqaro) deb iste&#8217;molchilar toifasiga kiruvchilar doirasi biroz toraytirilgan. Lekin tovar (ish, xizmat)dan amalda \u201cfoydalanuvchilar\u201d ham iste&#8217;molchi ekanligi ko\u2018rsatib o\u2018tilgan. Koreya qonunchiligida esa doirani toraytiruvchi bunday tushunchani o\u2018zi yo\u2018q. Tovar (ish, xizmat)lardan foydalanuvchilarga iste&#8217;molchi deb ta&#8217;rif berilib, iste&#8217;molchilarning doirasi kengroq olinadi. <\/p>\n<p>Bu bilan nima demoqchiman? Amaldagi qonunchilik talabidan kelib chiqilsa, o\u2018z ariza va shikoyatlari bilan turli idoralarga kelgan aksariyat odamlarni \u201cSiz bu holatda iste&#8217;molchi emassiz\u201d, degan vaj bilan qaytarib yuborish mumkin. Yana bu mening shaxsiy fikrim.<\/p>\n<p>Qonunning ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi)ning majburiyatlari bilan bog\u2018liq 5, 6, 7, 8, 11-moddalaridagi majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog\u2018liq holatlar uchun jarima nazarda tutiladi (27-modda). 14 (nuqsonli tovarni almashtirish), 15 (bepul ta&#8217;mirlash), 19 (ish bajarish, xizmat ko\u2018rsatishda shartnoma shartlari buzilishi)-moddalaridagi majburiyatlarni bajarmaslik esa neustoyka (penya) undirishga sabab bo\u2018ladi. <\/p>\n<p>Amaldagi qonunchilikdan bizga ma&#8217;lumki, mazkur neustoyka (penya) summasi tovar bahosining 50 foiziga yetib borganda to\u2018xtaydi. Rossiya qonunchiligida ana shu neustoyka (penya) summasi tovar (ish, xizmat) bahosiga qadar qilib belgilangan.  <\/p>\n<p>Rossiya qoiunchiligiga \u201cudovletvoreniya trebovaniy potrebitelya v dobrovol&#8217;nom poryadke\u201d, ya&#8217;ni \u201ciste&#8217;molchi talabini ixtiyoriy ravishda bajarilishi (qondirilishi)\u201d shartligi to\u2018g\u2018risidagi norma kiritilgan bo\u2018lib, jarimani qo\u2018llashda barcha holatlarda ana shu normani bajarilmaganligi nuqtai nazaridan kelib chiqiladi. Bu esa ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi)ni iste&#8217;molchi talabini bajarmagandan ko\u2018ra, ixtiyoriy ravishda bajarish (qondirish)dan ko\u2018proq manfaatdor qiladi. <\/p>\n<p>Shuning bilan birgalikda, Rossiya aholisida ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi)ga o\u2018z qonuniy talablarini yozma ravishda berish (*pretenziya \u2013 e&#8217;tiroz xati shaklida) odati shakllangan bo\u2018lib, bu qonuniy talab bildirilgan kun (soat, agar soatlarda belgilangan bo\u2018lsa)ni belgilab olishda asos vazifasini o\u2018taydi. Iste&#8217;molchi e&#8217;tiroz xati bergandan so\u2018ng ham talabi bajarilmasa, ushbu e&#8217;tiroz xatini ilova qilib iste&#8217;molchilik huquqlarini himoya qilish vakolatiga ega bo\u2018lgan idoralarga ariza, shikoyat beradi. Buning natijasida arizani ko\u2018rib chiquvchi tashkilotga ham neustoyka (penya)ni hisoblab chiqiladigan kun (soat, agar soatlarda belgilangan bo\u2018lsa)ni belgilab olish nuqtasi aniq va ravshan bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bizda esa aholi o\u2018z e&#8217;tirozini asosan og\u2018zaki ravishda bildiradi. Bir kun boradi, ikki kun boradi, bir oy qatnaydi, lekin e&#8217;tiroz xatini berishni o\u2018ylamaydi. Shu holatda yurib-yurib, biror idoraga ariza yoki shikoyat yoziladi. Albatta, bu o\u2018rinda aholimizni ayblashdan yiroqmiz, avvalambor ularga e&#8217;tiroz xatini qanday yozish o\u2018rgatilishi va uning afzalliklari tushuntirilishi kerak.<\/p>\n<p>Qonun bo\u2018lar ekan, uning ijrosi ta&#8217;minlanmog\u2018i kerak. Buning uchun esa qonun normalarida jamoatchilik nazorati bilan bog\u2018liq normalarga keng o\u2018rin berilishi kerak. Amaldagi qonunimizda mazkur sohada amalda jamoatchilik nazoratini olib borayotgan iste&#8217;molchilarning jamoat birlashmalarining huquqlari va ularning qonun ijrosidagi o\u2018rinlarini belgilab beruvchi normalar yetishmayapti.<\/p>\n<p>Amaldagi Qonunning 4-moddasida iste&#8217;molchilar jamoat birlashmalarini tuzishlari mumkinligi, 30-moddasida esa iste&#8217;molchilarning birlashmalari o\u2018z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir, degan normalarni kiritilishi bilan cheklanilgan.<\/p>\n<p>Muammolarni kelib chiqishiga sabab bo\u2018layotgan omillardan yana biri bu inson omilidir. Birgina misol, bugungi kunga qadar kommunal sohada kelib chiqqan ko\u2018plab muammolarga inson omili sabab bo\u2018lgandi. Lekin bugungi kunda avtomatlashtirilgan tizimlarni keng joriy etilishi bu muammolarning ayrimlarini birin-ketin yo\u2018qqa chiqarmoqda.<\/p>\n<p>Shuning birgalikda, avtomatlashtirilgan tizimlarni keng joriy etilishi bilan, bu sohada ham kelgusida turli muammolar kelib chiqishidan hech kim himoyalanmagan. Shunday holatda bunga \u201cKomp&#8217;yuter dasturi aybdor\u201d, deb o\u2018tirilmasligi kerak. Buning uchun hozirdan amaldagi qonunga Rossiya qonunchiligidagi kabi \u201cvladeles agregatora\u201d, ya&#8217;ni sinxron tarjima qilganda \u201cma&#8217;lumotlar yig\u2018uvchisi\u201d tushunchasi kiritilishi lozim.<\/p>\n<p>Men tadqiqot doirasida iste&#8217;molchilik sohasiga oid muammolarning kelib chiqishiga sabab bo\u2018layotgan eng asosiy omillardan \u201cmonopoliyalar\u201d, \u201cxufyona iqtisodiyot\u201d va boshqa shu kabi juda ko\u2018pchiligimizga tushunarli bo\u2018lgan holatlarga alohida to\u2018xtalib o\u2018tirmadim. Zero, bunday salbiy illatlarning yo\u2018q bo\u2018lib ketishiga sog\u2018lom raqobat muhitini yaratilishining o\u2018zi kifoya qiladi.<\/p>\n<p><strong>Xulosa va takliflar<\/strong><\/p>\n<p>&#8212; iste&#8217;molchining ma&#8217;lumot olish huquqi ta&#8217;minlab berilishi bajarilishi shart bo\u2018lgan normaligidan, ma&#8217;lumot berilmasligi yoki yetarli darajada berilmasligi kundalik turmushda turli muammolarni keltirib chiqarayotganligidan kelib chiqib, tegishli idoralar tomonidan mazkur yo\u2018nalishdagi o\u2018z majburiyatlarini bajarmayotgan xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlarga bu borada ta&#8217;sirchan huquqiy mexanizmlar borligi to\u2018g\u2018risida tushuntirish ishlarini olib borish, lozim o\u2018rinlarda ta&#8217;sir choralarini qo\u2018llash;<\/p>\n<p>&#8212; muammolarni kelib chiqishi sabablaridan biri bo\u2018lgan huquqiy bilim yetishmasligini bir qadar bartaraf etish, bu borada ijobiy natijalarga erishish maqsadida qonunga iste&#8217;molchilarning bilim va ta&#8217;lim olish huquqlarini belgilab beruvchi normalarni kiritish;<\/p>\n<p>&#8212; kelgusida aholining, shuningdek iste&#8217;molchilarga tovarlar sotayotgan (xizmatlar ko\u2018rsatayotgan) sub&#8217;ektlarning huquqiy bilimlari oshib borishi jarayonida turli tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun, qonundagi iste&#8217;molchi ta&#8217;rifini Rossiya qonunchiligidagi ta&#8217;rif shakliga keltirish (yoki agar ularning doirasini kengaytirish lozim bo\u2018lsa, Koreya qonunchiligida keltirilgan ta&#8217;rifni berish);<\/p>\n<p>&#8212; qonunbuzilishi holatlari sodir etilganligi uchun katta-katta miqdorda jarimalar qo\u2018llash amaliyotidan voz kechgan holda, Rossiya qonunchiligidagi kabi iste&#8217;molchi talabini ixtiyoriy ravishda bajarish (qondirish) shartligi bo\u2018yicha normalar bilan boyitib, tovar bahosi miqdorida jarima qo\u2018llash amaliyotini kiritish, shuningdek talablarni bajarish kechiktirilgan kun (soat)lar uchun hisoblab boriladigan neustoyka (penya) summasini ham tovar bahosiga teng miqdorgacha qilib belgilash;<\/p>\n<p>&#8212; iste&#8217;molchilarning ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) ustidan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri biror idoraga shikoyat qilish huquqini istisno etmagan holda, ular o\u2018rtasida birinchi navbatda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi)ga o\u2018z e&#8217;tirozlarini, qonuniy talablarini og\u2018zaki bildirish emas, balki yozma, e&#8217;tiroz xati shaklda bildirilishining qulaylik va afzalliklari to\u2018g\u2018risida tushuntirishlar olib borib, buni odatiy hol tusiga aylantirish (buning da muammoni eng quyida hal qilish uchun bizning nazarimizdan chetda qolayotgan kattagina imkoniyat yashiringan);   <\/p>\n<p>&#8212; Rossiya (\u201cGosudarstvennaya i obshestvennaya zashita prav potrebiteley\u201d \u2013 \u201cIste&#8217;molchilar huquqlarini davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan himoya qilinishi\u201d) va Koreya qonunchiliklarida (\u201cConsumer organisations\u201d &#8212; \u201cIste&#8217;molchilar tashkilotlari\u201d) iste&#8217;molchilarning jamoat birlashmalari uchun alohida moddalar ajratilib, ularning huquq va vakolatlari yuzasidan aniq va tiniq tushuntirishlar berib o\u2018tilganligini inobatga olib, amaldagi Qonunga tegishli qo\u2018shimchalarni kiritish;<\/p>\n<p>&#8212; shiddat bilan rivojlanib borayotgan avtomatlashtirilgan tizimlar u bo\u2018yicha qonunga tegishli normalar kiritilishini ham talab qilishini e&#8217;tibordan chetda qoldirmaslik. Xususan, \u201cma&#8217;lumotlar yig\u2018uvchisi\u201d termini (boshqacha atalishi ham mumkin) qonunning 1-moddasidagi asosiy tushunchalarga kiritilishi hamda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, xizmat ko\u2018rsatuvchi)larning tegishli majburiyatlari ko\u2018rsatilgan barcha moddalarda va o\u2018rinlarda ko\u2018rsatib o\u2018tilishi kerakligiga e&#8217;tibor qaratish.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda savol tug\u2018iladi. Muammolarning sabablari nega Eshmat, Toshmat duch kelgan muammo misolida emas, balki qonunchilikdan qidirilmoqda? Chunki avvalambor, qonun mustahkam va pishiq bo\u2018lishi, bugungi kun talablariga to\u2018liq javob bera olishi kerak. Shunda ko\u2018plab muammolar ham o\u2018z-o\u2018zidan yechimini topib ketadi.  <\/p>\n<p>Men tadqiqot doirasida olib borilgan ishlarga o\u2018zlarining amaliy yordamlarini ko\u2018rsatgan tashkilotlarga, shuningdek o\u2018zlarining beg\u2018araz maslahatlarini bergan mutaxassislariga o\u2018zimning samimiy minnatdorchiligimni izxor qilaman. <\/p>\n<p>Takrorlash bo\u2018lsa ham bir narsaga urg\u2018u berib o\u2018tishni hohlardim. Biz \u2013 ishchi, xizmatchi, o\u2018quvchi, o\u2018qituvchi, deputat, prokuror, harbiy xizmatchi, qo\u2018yingki kim bo\u2018lishimizdan qat&#8217;iy nazar, barchamiz iste&#8217;molchimiz. Zero, barchamiz iste&#8217;molchi ekanmiz, demak bu boradagi ishlarning naqadar to\u2018g\u2018ri tashkillanishi va samarador bo\u2018lishidan barchamiz manfaatdormiz.<\/p>\n<p>*<strong>pretenziya (e&#8217;tiroz xati)<\/strong> \u2013 <em>bu iste&#8217;molchining yozma murojaati bo\u2018lib, u erkin ravishda yoziladi va iste&#8217;molchining yuzaga kelgan holat bo\u2018yicha o\u2018z e&#8217;tirozlarini hamda mazkur holatni bartaraf etilishi bo\u2018yicha qonuniy talablarini o\u2018z ichiga oladi.<\/em><\/p>\n<p><strong>G\u2018ayrat Mamatqulov<\/strong><br \/>\nMustaqil tadqiqotch<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8212; mustaqil tadqiqotdan ko\u2018zlangan maqsad nima? &#8212; muammolarning eng asosiy sabablaridan biri to\u2018laqonli ma&#8217;lumot berilmayotganligida(mi)? &#8212; huquqiy bilim yetishmasligiga qonun sababchimi yoki iste&#8217;molchilarimizning ma&#8217;rifatli bo\u2018lishidan manfaatdor emasmizmi? &#8212; iste&#8217;molchi tushunchasini fuqaro (jismoniy shaxs) doirasi bilan cheklab qo\u2018yilishi qanchalik to\u2018g\u2018ri? &#8212; muammoni eng quyida hal qilish yo\u2018li turganda idorama-idora yurishimiz to\u2018g\u2018rimi? &#8212; iste&#8217;molchilar jamoat birlashmalariga huquq [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2918,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2917","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":5512,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2917"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2917"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2917\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2922,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2917\/revisions\/2922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2918"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2917"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2917"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2917"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}