{"id":2999,"date":"2021-03-25T09:20:20","date_gmt":"2021-03-25T06:20:20","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=2999"},"modified":"2021-03-25T09:20:20","modified_gmt":"2021-03-25T06:20:20","slug":"%d1%82%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%80%d0%b4%d0%b0-%d0%bd%d1%83%d2%9b%d1%81%d0%be%d0%bd-%d1%87%d0%b8%d2%9b%d0%b0%d0%b2%d0%b5%d1%80%d0%b3%d0%b0%d1%87-%d1%83%d0%bd%d0%b8-%d0%b0%d0%bb%d0%bc%d0%b0%d1%88%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/2999","title":{"rendered":"Tovarda nuqson chiqavergach uni almashtirish bo\u2018yicha talab kiritilgan"},"content":{"rendered":"<p>Qo\u2018shtepa tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan iste&#8217;molchi S.Qurbonovning O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Veb-saytiga qilgan elektron shakldagi murojaati o\u2018rganildi.<\/p>\n<p>Murojaatda bayon qilinishicha, iste&#8217;molchi \u201cGrand\u201d kredit do\u2018konidan Artel markasidagi idish yuvadigan mashina (\u201cDomashnyaya posudomoyka\u201d) sotib olganligi, lekin mashinaning suv isitish funksiyasini bajarib beruvchi mexanizmi tez-tez ishdan chiqib qolayotganligi, kompaniyaning servis xizmati mutaxassislari ushbu nuqsonni bartaraf etib berganlaridan so\u2018ng, ma&#8217;lum vaqt o\u2018tgach, yana shu nuqson kelib chiqayotganligini bildirib, mahsulotni maqbul sifatdagisiga almashtirilishida yoki puli qaytarilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018ragan.<\/p>\n<p>Murojaatni o\u2018rganish jarayonida ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, \u201cDomashnyaya posudomoyka\u201d idish yuvish mashinasi, iste&#8217;mol krediti shartlarida, 5 520 000 (besh million besh yuz yigirma ming) so\u2018mga, pulini bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash sharti bilan sotib olingan. Mashinada haqiqatan ham iste&#8217;molchi tomonidan bildirilgan nuqson mavjud. Kafolat muddati doirasida bepul servis xizmati ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n<p>Amaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 14-moddasiga ko\u2018ra, iste&#8217;molchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qo\u2018shimcha ravishda tekshirish zarur bo\u2018lganida esa, iste&#8217;molchi talab qo\u2018ygan paytdan e&#8217;tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.<\/p>\n<p>Holatga aniqlik kiritish va bu borada iste&#8217;molchi huquq va manfaatlarini himoya qilinishini ta&#8217;minlash maqsadida kompaniya vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida iste&#8217;molchining qonuniy talablarini ro\u2018yobga chiqarilishiga, ya&#8217;ni nuqsonli tovarni ayni shunday markali maqbul sifatdagi tovarga almashtirilishiga erishildi.<\/p>\n<p>&#8212;\t<em>Men idish yuvadigan mashinani sotib olganimdan keyin, u bir necha marotaba buzildi. Servis xizmatiga aytganimda kelib tuzatib ketishdi, lekin yana ma&#8217;lum vaqt o\u2018tib shu nuqson chiqaverdi. Oxiri mahsulotni almashtirish yoki pulini qaytarish masalasida yordam so\u2018rab veb-saytga murojaat qilishga majbur bo\u2018ldim. Shunday so\u2018ng Qo\u2018shtepa tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari menga amaliy yordam ko\u2018rsatishdi. Jamiyat xodimlaridan xursandman, minnatdorchilik bildiraman,<\/em> &#8212; <strong>deydi iste&#8217;molchi murojaatini o\u2018rganish natijalari bo\u2018yicha tuman jamiyati raisi nomiga bergan minnatdorchilik xatida.<\/strong><\/p>\n<p>Bobobek Saidov<br \/>\nQo\u2018shtepa tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo\u2018shtepa tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan iste&#8217;molchi S.Qurbonovning O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Veb-saytiga qilgan elektron shakldagi murojaati o\u2018rganildi. Murojaatda bayon qilinishicha, iste&#8217;molchi \u201cGrand\u201d kredit do\u2018konidan Artel markasidagi idish yuvadigan mashina (\u201cDomashnyaya posudomoyka\u201d) sotib olganligi, lekin mashinaning suv isitish funksiyasini bajarib beruvchi mexanizmi tez-tez ishdan chiqib qolayotganligi, kompaniyaning servis xizmati mutaxassislari ushbu nuqsonni bartaraf [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3000,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-2999","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":292,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2999"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2999"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2999\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3001,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2999\/revisions\/3001"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3000"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2999"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2999"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2999"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}