{"id":3055,"date":"2021-04-03T12:11:51","date_gmt":"2021-04-03T09:11:51","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=3055"},"modified":"2021-04-03T12:11:51","modified_gmt":"2021-04-03T09:11:51","slug":"%d1%82%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%80%d0%b4%d0%b0-%d0%bd%d1%83%d2%9b%d1%81%d0%be%d0%bd-%d0%b9%d1%9e%d2%9b-%d0%bb%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d0%bd-%d0%bc%d0%b5%d0%bd-%d1%83%d0%bd%d0%b8-%d0%b0%d0%bb%d0%bc%d0%b0%d1%88","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/3055","title":{"rendered":"Tovarda nuqson yo\u2018q, lekin men uni almashtirib olmoqchiman\ufe0f"},"content":{"rendered":"<p><em>Almashtirib olish muddatlari qanaqa?<br \/>\nAlmashtirilmaydigan tovar bo\u2018lsa nima qilaman?<br \/>\nMen sotib olgan tovar kiyim-kechak bo\u2018lsachi?<br \/>\nNimalarga e&#8217;tibor qaratish kerak?<br \/>\nSotuvchi menga chek berishi shartmi?<\/em><\/p>\n<p><strong>Almashtirib olish muddatlari<\/strong><\/p>\n<p>\u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 13-moddasiga ko\u2018ra, iste&#8217;molchiga nuqsonli tovar sotilsa yoki nuqsonlar undan foydalanish jarayonida aniqlansa, iste&#8217;molchi ushbu tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirib olish huquqiga ega. Lekin iste&#8217;molchining tovarni almashtirish istagi nuqsonlar bilan bog\u2018liq bo\u2018lmasachi? <\/p>\n<p>Aytaylik, uning rangi yoki razmeri mos kelmadi. Bu holat mazkur qonunning 18-moddasi bilan tartibga solinadi.<\/p>\n<p>Unga ko\u2018ra, iste&#8217;molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini uni sotib olgan joydagi sotuvchidan 10 kun muddat ichida xuddi shunday tovarga almashtirib olishga haqli. <\/p>\n<p><strong>Almashtirilmaydigan tovarlar<\/strong><\/p>\n<p>Maqbul sifatdagi almashtirilishi uchun ushbu tovar O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari\u201dning 1-ilovasida ko\u2018rsatilgan \u201cZarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o\u2018xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro\u2018yxati\u201dga kiritilmagan bo\u2018lishi talab etiladi. Agar tovar ushbu ro\u2018yxatda bo\u2018lsa, faqatgina mahsulotda nuqson bo\u2018lgan holatdagina uni almashtirib olish yoki pulini qaytarib olish mumkin. <\/p>\n<p>Yana bir holat, tovar yuqoridagi ro\u2018yxatga kiritilgan bo\u2018lsa-yu, agar oldi-sotdi jarayonida iste&#8217;molchi va sotuvchi o\u2018rtasida tovarni almashtirib berilishi to\u2018g\u2018risida kelishuv (og\u2018zaki yoki boshqa shakldagi shartnoma) bo\u2018lgan taqdirda ham uni almashtirib olish yoki pulini qaytarib olish mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>Kiyim-kechaklar misolida ko\u2018rib chiqaylik<\/strong><\/p>\n<p>Avvalo shuni aytib o\u2018tishimiz kerakki, kiyim-kechaklarning aksariyati \u201cZarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o\u2018xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro\u2018yxati\u201dning 5-bandi (\u201cTikuvchilik va trikotaj buyumlari\u201d) talablariga mos kelib qoladi. Shu sababdan ham kiyim-kechak sotib olayotganda iste&#8217;molchidan bu borada biroz ziyraklik ham talab qilinadi. <\/p>\n<p>Nooziq-ovqat tovarlari turkumiga kiruvchi kiyim-kechaklarning maqbul sifatda bo\u2018lganlarini almashtirish jarayonida yuzaga kelgan \u2694\ufe0f nizolarda birinchi e&#8217;tibor kiyim-kechakning inson tanasi bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri kontakda bo\u2018ladimi yoki yo\u2018qmi, degan holatga qaratiladi. Aytaylik, ich kiyimlar tanaga yopishib, u bilan to\u2018liq kontakda turadi. Ko\u2018ylak tana bilan qisman kontakda bo\u2018ladi (orada ich kiyim bor). Lekin pidjak inson tanasi bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri kontakda turuvchi kiyim turi emas. Sababi uning ostida ko\u2018ylak yoki kamida futbolka bo\u2018lishi odatiy hol. <\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda savol tug\u2018ilishi mumkin. Axir sotuvchi huzurida ham ich kiyimlar kiyib ko\u2018rib olinishi mumkinku, bunda ham kiyim tana bilan kontakda bo\u2018ladiku?<\/p>\n<p>To\u2018g\u2018ri, bu gapda ham jon bor, lekin ushbu holatda ich kiyim inson tanasi bilan qisqa muddatli kontakda bo\u2018ladi. Xaridorga esa sotuvchi huzurida kiyimni hech bo\u2018lmaganda bir marta kiyib, o\u2018ziga mos kelishi yoki kelmasligini tekshirib olishini cheklashning esa iloji ham yo\u2018q. <\/p>\n<p>Endi ich kiyim uyga olib ketilib, ertasiga qaytarib kelingan holatni olib ko\u2018raylik. Bunda xaridor uni bir martagina kiyib ko\u2018rdimi yoki kiyib 1 soat o\u2018tirdimi yoxud uni boshqalar ham kiyib ko\u2018rmadimi, degan savollarga ishonch bilan javob berib bo\u2018lmaydi. Shuning uchun bunday turdagi kiyimlarni qaytarilmaydigan tovarlar turkumiga kiritilgan.<\/p>\n<p><strong>Quyidagilarga jiddiy e&#8217;tibor qarating <\/strong><\/p>\n<p>Maqbul sifatdagi tovarni almashtirib olishning eng asosiy talablari: almashtirish uchun qaytarilayotgan tovar iste&#8217;mol qilinmagan bo\u2018lishi, uning tovar ko\u2018rinishi, iste&#8217;mol xossalari, plombasi, yorliqlari saqlangan bo\u2018lishi, shuningdek ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti mavjud bo\u2018lishi kerakligidir.<\/p>\n<p>Demak, ertaga yoki 10 kun ichida almashtirishga qaytarib olib boriladigan tovar bilan juda ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lish, yuqoridagi misollarimizdan kelib chiqib gapiradigan bo\u2018lsak, almashtirilishi mumkin bo\u2018lgan toifaga kiradigan kiyimlarning tovar ko\u2018rinishiga ziyon yetkazib qo\u2018ymaslik (ifloslangan qo\u2018llar bilan ushlash, dog\u2018lar tegib qolishi va hakozo), agar plombasi bo\u2018lsa uni buzib qo\u2018ymaslik, yorliqlarini uzib tashlamaslik, u korobkada bo\u2018lsa unga ziyon yetkazmaslik choralarini ko\u2018rish talab etiladi.<\/p>\n<p><strong>Chek yoki uning o\u2018rnini bosuvchi hujjatni olishni unutmang<\/strong><\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda Qonunning 13-moddasi beshinchi qismida iste&#8217;molchining nuqsonli tovar bilan bog\u2018liq nizolarini ko\u2018rib chiqilishida iste&#8217;molchi talablari kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovarlar bo\u2018yicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning o\u2018rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan holatdagina ko\u2018rib chiqilishi bo\u2018yicha norma belgilangan. Lekin maqbul sifatdagi tovarni almashtirish bilan bog\u2018liq holatlarni tartibga soluvchi 18-moddasida esa bunday norma ko\u2018rsatib o\u2018tilmagan. Biroq \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari\u201dning 22-bandida \u201cushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti mavjud bo\u2018lishi\u201d degan shart qo\u2018yilmoqda. Isbot esa albatta, qandaydir hujjat bilan bog\u2018liq tushunchadir.<\/p>\n<p>Amaldagi qonunning 10-moddasiga ko\u2018ra, oldi-sotdi amalga oshirilgach, iste&#8217;molchiga kassa yoki tovar cheki taqdim qilinishi shart. <\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari\u201dning 22-bandiga ko\u2018ra, chakana savdoni nazorat-kassa mashinasini qo\u2018llamasdan amalga oshirayotgan sotuvchi \u2014 yakka tartibdagi tadbirkor xaridorga sotib olingan tovar bilan birgalikda sotuvchining familiyasi va imzosi, yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo\u2018lmagan dehqon xo\u2018jaligining) davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazilganligi to\u2018g\u2018risidagi guvohnomaning tartib raqami, tovar sotilgan sana va uning qiymati ko\u2018rsatilgan holda kvitansiya yoki shunga o\u2018xshash hujjatni berishi shart.<\/p>\n<p>Shuning uchun oldi-sotdi amalga oshirilishi jarayonida, sotuvchidan kassa yoki tovar cheki berilishini talab qilishimiz, hech bo\u2018lmaganda Qoidalarning 22-bandida ko\u2018rsatib o\u2018tilganidek, kvitansiya yoki shunga o\u2018xshash hujjat yozdirib olishimiz lozim.<\/p>\n<p>Agar sotuvchi qonuniy talabingizga ko\u2018ra, kassa yoki tovar chekini yoxud uning o\u2018rnini bosuvchi hujjatni Sizga taqdim qilishdan bosh tortsa, yaxshisi bunday sotuvchilardan tovarlar (ayniqsa uzoqroq muddat foydalaniladigan tovarlarni) sotib olmagan ma&#8217;qul. Shuning bilan birgalikda, mazkur holat yuzasidan joyida soliq idoralariga xabar berilishi maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p><strong>G\u2018ayrat Mamatqulov<\/strong><br \/>\nO\u2018IHHQJ Federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi sektor boshlig\u2018i<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Almashtirib olish muddatlari qanaqa? Almashtirilmaydigan tovar bo\u2018lsa nima qilaman? Men sotib olgan tovar kiyim-kechak bo\u2018lsachi? Nimalarga e&#8217;tibor qaratish kerak? Sotuvchi menga chek berishi shartmi? Almashtirib olish muddatlari \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 13-moddasiga ko\u2018ra, iste&#8217;molchiga nuqsonli tovar sotilsa yoki nuqsonlar undan foydalanish jarayonida aniqlansa, iste&#8217;molchi ushbu tovarni maqbul sifatdagisiga almashtirib olish huquqiga ega. Lekin [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3056,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-3055","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":577,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3055"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3055"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3055\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3057,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3055\/revisions\/3057"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3056"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3055"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3055"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3055"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}