{"id":3074,"date":"2021-04-06T09:28:59","date_gmt":"2021-04-06T06:28:59","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=3074"},"modified":"2021-04-06T09:28:59","modified_gmt":"2021-04-06T06:28:59","slug":"%d1%82%d1%83%d1%88%d1%83%d0%bd%d1%82%d0%b8%d1%80%d0%b8%d1%88%d0%bb%d0%b0%d1%80-%d0%ba%d0%be%d1%80-%d2%9b%d0%b8%d0%bb%d0%b8%d0%b1-%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%b0%d1%87%d0%b8%d0%bf%d1%82%d0%b0-%d0%bf%d1%83","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/3074","title":{"rendered":"Tushuntirishlar kor qilib aviachipta puli qaytarildi"},"content":{"rendered":"<p>Rishton tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Pandigon MFY hududida yashovchi fuqaro V.Xomidovning Rossiya Federatsiyasiga uchish uchun sotib olingan va uzrli sabablar bilan qoldirilgan chiptaning pulini qaytarib olish masalasida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018rab qilgan murojaati o\u2018rganildi. <\/p>\n<p>Murojaatdan ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, iste&#8217;molchi Rishton tumani markazida joylashgan \u201cRishton parvoz trans\u201d MChJ qarashli aviachiptalarni sotish shahobchasidan Toshkent &#8212; Moskva (Domodedovo aeroporti) yo\u2018nalishi bo\u2018yicha charter reys bilan uchuvchi aviatashuvchi chiptasini 1150 AQSh dollariga sotib olgan. Uchish amalga oshiriladigan vaqtga yaqin qolgan vaqtda fuqaro V.Xomidovda Rossiya Federatsiyasiga kirish uchun taqiq borligi to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumot olingan.  Natijada u mazkur reys bilan ucha olmagan. Shundan so\u2018ng, u amalga oshira olmay qolgan aviareys chiptasi pulini qaytarilishi borasidagi masalani mazkur shahobcha sotuvchisi bilan hal qila olmagan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Havo kodeksi 104-moddasiga ko\u2018ra, yo\u2018lovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda, aytaylik havo kemasi parvoz qilgunicha havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun to\u2018langan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qo\u2018llash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Amaldagi tartib-qoidalarga ko\u2018ra, yo\u2018lovchining parvozdan voz kechish bilan bog\u2018liq talablari majburiy yoki ixtiyoriy asoslarda bo\u2018lishi mumkin. Majburiy voz kechilishiga olib keluvchi holatlar aviakompaniya bilan bog\u2018liq holatlar va bog\u2018liq bo\u2018lmagan holatlarga bo\u2018linadi. <\/p>\n<p>Aviareys amalga oshirilishini bekor qilinishi, ushlanib (kech) qolishi, aviatashuvchi tomonidan tashish yo\u2018nalishini o\u2018zgartirilishi, aviatashuvni jadvalda ko\u2018rsatilgan vaqtini o\u2018zgarishi kabi holatlar aviakompaniya bilan bog\u2018liq holatlar sirasiga kiritilsa, yo\u2018lovchining kasal bo\u2018lib qolishi yoki o\u2018zining, uning oila a&#8217;zolaridan birining vafoti, yo\u2018lovchi uchun to\u2018ldirilgan chiptadagi xatoliklar, viza berilishini rad qilinishi kabi holatlar esa aviakompaniyaga bog\u2018liq bo\u2018lmagan, lekin yo\u2018lovchining aviatashuvdan majburiy voz kechishiga olib keluvchi holatlar sifatida baholanadi.<\/p>\n<p>Aviatashuvdan ixtiyoriy asoslarda voz kechish holatlari sifatida esa, quyidagi holatlarni keltirib o\u2018tish mumkin: ro\u2018yxatdan o\u2018tishga kech qolish, uchish uchun zarur bo\u2018lgan hujjatlarni (pasport, birgalikda ketayotgan bolaning tug\u2018ilganlik to\u2018g\u2018risidagi guvohnomasi, viza va boshqalar) yo\u2018qligi yoki noto\u2018g\u2018ri to\u2018ldirilganligi, uchish aeroporti hududida pasport, bojxona, immigratsiya va boshqa shu kabi nazorat organlari tomonidan yo\u2018lovchining aviareysdan olinishi (qoldirilishi) to\u2018g\u2018risidagi qaror, muayyan joyga boriladigan vaqtdagi (xizmat safari kunidagi) o\u2018zgarishlar, rejalarning o\u2018zgarishi (hohishning yo\u2018qolishi, poyezd ketishga qaror qilinishi va boshqalar), yo\u2018lovchining ko\u2018rsatilgan manzilga borishiga to\u2018sqinlik qiluvchi shaxsiy sabablar (uzoqroq qarindoshining kasalligi yoki o\u2018limi, turmush o\u2018rtog\u2018i bilan janjallashib qolganligi, imtihonalarda qatnashish va hakozolar).<\/p>\n<p>Buning nima ahamiyati bor deyishingiz mumkin? Havo kodeksining yuqoridagi moddasiga sinchiklab nazar solinsa, \u201c&#8230; to\u2018langan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qo\u2018llash qoidalarida belgilangan tartibda olish &#8230;\u201d, degan jumlalarga ko\u2018zingiz tushadi. Demak, yo\u2018lovchi to\u2018langan summaning hammasini ham olishi mumkin, uning bir qismini olib qolishlari ham mumkin. Bu esa tashuvchining tariflarini qo\u2018llash qoidalari bilan belgilab qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Yo\u2018lovchida aviatashuvdan majburiy voz kechilishi bilan bog\u2018liq holatlarda to\u2018langan summaning hammasini qaytarib olish imkoniyatining mavjudligi esa iste&#8217;molchi uchun ahamiyatlidir.<\/p>\n<p>O\u2018rganuvda aviachipta sotuvchi shahobcha mas&#8217;ullari bilan uchrashilib, amaldagi qonun va qonun osti me&#8217;yoriy hujjatlari bo\u2018yicha tushuntirishlar olib borildi. Natijada iste&#8217;molchi V.Xomidovga aviachipta puli qaytarilishiga erishildi. O\u2018rganuv ishlaridan qoniqish hosil qilgan iste&#8217;molchi tuman jamiyati xodimlariga o\u2018z minnatdorchiligini bildirdi.<\/p>\n<p><strong>Xusniddin Latipov<\/strong><br \/>\nRishton tuman IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rishton tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Pandigon MFY hududida yashovchi fuqaro V.Xomidovning Rossiya Federatsiyasiga uchish uchun sotib olingan va uzrli sabablar bilan qoldirilgan chiptaning pulini qaytarib olish masalasida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018rab qilgan murojaati o\u2018rganildi. Murojaatdan ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, iste&#8217;molchi Rishton tumani markazida joylashgan \u201cRishton parvoz trans\u201d MChJ qarashli aviachiptalarni sotish shahobchasidan Toshkent &#8212; [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3075,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-3074","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":325,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3074"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3074"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3074\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3076,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3074\/revisions\/3076"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3075"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3074"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3074"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3074"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}