{"id":3321,"date":"2021-05-21T09:01:55","date_gmt":"2021-05-21T06:01:55","guid":{"rendered":"http:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=3321"},"modified":"2021-05-21T09:08:54","modified_gmt":"2021-05-21T06:08:54","slug":"%d0%be%d1%80%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d0%b3%d0%b8-%d1%84%d0%b0%d1%80%d2%9b-%d1%82%d1%9e%d0%bb%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b1-%d0%bd%d1%83%d2%9b%d1%81%d0%be%d0%bd%d0%bb%d0%b8-%d1%82%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%80-%d0%bc","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/3321","title":{"rendered":"Oradagi farq to\u2018landi, nuqsonli tovar maqbul sifatdagisiga almashtirildi"},"content":{"rendered":"<p>Rishton tumanida yashovchi fuqaro M.Norinboev tuman markazida joylashgan \u201cNofelet\u201d savdo do\u2018konidan 230000 (ikki yuz o\u2018ttiz ming) so\u2018m naqd pulga \u201cMaksfon\u201d qo\u2018l telefoni xarid qilib olgan. Oradan bir necha kun o\u2018tib telefonning batareykasi nosozligi ma&#8217;lum bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shundan so\u2018ng fuqaro ushbu holat bo\u2018yicha savdo do\u2018koni sotuvchisiga nuqsoni mavjud bo\u2018lgan apparatni almashtirish bo\u2018yicha murojaat qiladi. Lekin sotuvchi ushbu telefon aaparati uchun bir haftalik kafolat muddati belgilanganligini, bu muddat esa o\u2018tib bo\u2018lganligini ro\u2018kach qilib, nuqsonli tovarni almashtirishdan bosh tortadi.<\/p>\n<p>M.Norinboevning onasi voqeadan xabar topib, o\u2018zi a&#8217;zosi hisoblanuvchi Iste&#8217;molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilishni maslahat beradi. Iste&#8217;molchi Federatsiyaning tuman bo\u2018limiga mazkur masalada yozma ravishda murojaat qiladi.<\/p>\n<p>Bu yerda shuni alohida ko\u2018rsatib o\u2018tish lozimki, amaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 11-moddasiga ko\u2018ra ishlab chiqaruvchi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga kafolat muddati belgilashi lozim, qonunning 13-moddasiga ko\u2018ra esa, o\u2018ziga nuqsonli tovar sotilgan iste&#8217;molchi tovarning kafolat muddati davomida, agar bunday muddat belgilanmagan bo\u2018lsa 6 oy davomida tovar nuqsonlari bo\u2018yicha o\u2018z e&#8217;tirozlarini bildirib, qonuniy huquqlarini ro\u2018yobga chiqara oladi. Qonunning 2-moddasiga asoslanilsa, Qonun hujjatlari ushbu Qonunda belgilangan iste&#8217;molchilarning huquqlarini cheklab qo\u2018yishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas. Yuqoridagi holatda esa sotuvchi tomonidan ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan kafolat muddatini kamaytirish yoki kafolat muddati belgilanmagan bo\u2018lsa iste&#8217;molchining o\u2018z e&#8217;tirozlarini qonuniy bildira olish imkonini beruvchi muddatlar (6 oy)ni kamaytirish holati sodir etilmoqda.<\/p>\n<p>Murojaatni tuman jamiyati mutaxassislari ishtirokida o\u2018rganish jarayonida do\u2018kon mas&#8217;ullariga qonunning yuqoridagi talablari tushuntirildi. Natijada   iste&#8217;molchining hohishiga ko\u2018ra, nuqsonli tovar boshqa markadagi tovarga, ya&#8217;ni boshqa markadagi telefon apparatiga almashtirilishiga hamda qonunning 17-moddasi talablaridan kelib chiqib, oradagi farqni iste&#8217;molchi tomonidan to\u2018lanib, maqbul sifatdagi tovarga almashtirib olinishiga erishildi.   <\/p>\n<p><strong>Xusniddin Latipov<\/strong><br \/>\nRishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rishton tumanida yashovchi fuqaro M.Norinboev tuman markazida joylashgan \u201cNofelet\u201d savdo do\u2018konidan 230000 (ikki yuz o\u2018ttiz ming) so\u2018m naqd pulga \u201cMaksfon\u201d qo\u2018l telefoni xarid qilib olgan. Oradan bir necha kun o\u2018tib telefonning batareykasi nosozligi ma&#8217;lum bo\u2018ladi. Shundan so\u2018ng fuqaro ushbu holat bo\u2018yicha savdo do\u2018koni sotuvchisiga nuqsoni mavjud bo\u2018lgan apparatni almashtirish bo\u2018yicha murojaat qiladi. Lekin sotuvchi ushbu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3322,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-3321","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":214,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3321"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3321"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3321\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3325,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3321\/revisions\/3325"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3322"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3321"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3321"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3321"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}