{"id":3519,"date":"2021-06-29T17:44:31","date_gmt":"2021-06-29T14:44:31","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=3519"},"modified":"2021-06-29T17:44:31","modified_gmt":"2021-06-29T14:44:31","slug":"%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8-%d0%bd%d0%b8%d0%bc%d0%b0-%d0%b4%d0%b5%d0%b9%d0%b4%d0%b8-%d1%8e-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%83%d0%b2%d1%87%d0%b8%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b4%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/3519","title":{"rendered":"Iste&#8217;molchi nima deydi-yu, sotuvchilarda nima gap? || So\u2018rovnoma natijalari"},"content":{"rendered":"<p>USAGM Workshops in Uzbekistan loyihasi doirasida \u201cSavdo va xizmat sohasida naqd pul muomalasi: cheklanishlar va yo\u2018qotishlar\u201d mavzusida material tayyorlash maqsadida aholi hamda savdo va xizmat ko\u2018rsatish ob&#8217;ektlari mas&#8217;ullari o\u2018rtasida alohida so\u2018rovnomalar o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Aholi vakillari uchun tayyorlangan so\u2018rovnoma 1 ta savol va javoblarning 3 ta variantini o\u2018z ichiga olgan bo\u2018lib, 28 iyul&#8217; holatiga hududiy birlashmaning tuman va shahar jamiyatlari ko\u2018magida 330 ta, hamkorlarning ijtimoiy tarmoqdagi kanallari (nuqtai_nazar_official, rishtontumanimurojaat telegram kanallari)dan esa mos ravishda 1736 ta va 320 ta, jami bo\u2018lib 2386 ta respondentlarning javoblari qabul qilib olindi.<\/p>\n<p>Aholi vakillariga berilgan berilgan savol va uning javoblari quyidagi ko\u2018rinishni oldi (diagramma 1):<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/\u0434\u0438\u0430\u0433\u0440\u0430\u043c\u043c\u0430-1-300x253.png\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"253\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3520\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/\u0434\u0438\u0430\u0433\u0440\u0430\u043c\u043c\u0430-1-300x253.png 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/\u0434\u0438\u0430\u0433\u0440\u0430\u043c\u043c\u0430-1.png 626w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p>Savdo va xizmat ko\u2018rsatish ob&#8217;ektlarida (do\u2018konlar, oshxonalar, dorixonalar, maishiy xizmat ob&#8217;ektlari, jamoat transportida va b.) oldi-sotdi amalga oshirilgach (xizmatlar ko\u2018rsatilgach), 50 so\u2018mdan 1000 so\u2018mgacha bo\u2018lgan qaytim Sizga pul (tanga) ko\u2018rinishida beriladimi?<\/p>\n<p>A) ha, hech qanday muammosiz, mening ogohlantirishimsiz pul (tanga) ko\u2018rinishida beriladi \u2013 10%;<\/p>\n<p>B) ha, biroz muammolar bilan bo\u2018lsada, pul (tanga) ko\u2018rinishida beriladi, lekin ko\u2018pincha turli saqich, gugurt, konfet, tabletka va boshqalar ko\u2018rinishida olishga to\u2018g\u2018ri keladi \u2013 47%;<\/p>\n<p>S) yo\u2018q qaytimni pul (tanga) ko\u2018rinishida berilmaydi, hohlasang-hohlamasang turli saqich, gugurt, konfet, tabletka va boshqalarni qaytim sifatida olasan yo bo\u2018lmasa qaytimdan voz kechasan \u2013 43 %.<\/p>\n<p>Ko\u2018rib turganingizdek, resondentlarning 10 %igina naqd pulda oldi-sotdi amalga oshirilgandan yoki xizmatlardan foydalanilgandan so\u2018ng, qaytimni hech qanday muammolarsiz olayotganliklarini qayd qilmoqdalar. Qolgan respondentlar esa qaytimni turli tovarlar (saqich, konfet, gugurt, qurut) vositasidagina olish mumkinligini yoki voz kechib ketishga ham to\u2018g\u2018ri kelayotganligini ma&#8217;lum qilmoqda. <\/p>\n<p>Ushbu masalada O\u2018Zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi Monitoring sektori boshlig\u2018i Otabek Millaboevga murojaat qilganimizda, u bizga quyidagilarni ma&#8217;lum qildi:<\/p>\n<p><em>&#8212; O\u2018zbekiston Respublikasining amaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonuni 8-moddasiga ko\u2018ra, tomonlar o\u2018rtasida shartnoma narsasi, miqdor, narx va boshqa muhim shartlar to\u2018g\u2018risida kelishuvga erishilsa, iste&#8217;molchi bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) o\u2018rtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Aytaylik, iste&#8217;molchi savdo do\u2018konidan bir kilogramm shakar va bir kilogramm guruch olib, sotuvchining qo\u2018liga 21000 so\u2018m pul tutqazdi. Shakarning kilosi 8500 so\u2018m, guruch esa 12000 so\u2018m edi, deylik. Demak, bu yerda iste&#8217;molchi va sotuvchi o\u2018rtasida tuzilgan og\u2018zaki shartnomaga ko\u2018ra, iste&#8217;molchi do\u2018kondan shakar va guruch tanlab, ushbu tovarlar uchun 20500 so\u2018m to\u2018lashni o\u2018z zimmasiga oldi, sotuvchi esa ushbu tovarlarni unga haqiqatan ham 20500 so\u2018mga sotishga roziligini bildirib, iste&#8217;molchining qo\u2018lidan pulni oldi va o\u2018rtadagi farq 500 so\u2018mni qaytim sifatida qaytarish mas&#8217;uliyatini ham o\u2018z bo\u2018yniga oldi. Shartnoma shu shartlar bilan tuzildi. Agar sotuvchi shartnoma tuzilgunga qadar yo\u2018q biz pulda qaytim berolmaymiz, 500 so\u2018mingizga biror narsa olasizda, deganida balki iste&#8217;molchi ushbu do\u2018kondan tovarlarni olmasdan chiqib ketishi ham mumkin edi.<\/p>\n<p>Endi qaytim o\u2018rniga birorta tovar berilishiga to\u2018xtalsak. Qonunning 21-moddasiga ko\u2018ra, sotuvchi (ijrochi) iste&#8217;molchini haq evaziga qo\u2018shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo\u2018shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko\u2018rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas. Qaytim o\u2018rniga turli tovarlar (savdo do\u2018konlarida saqich, konfet, gugurt, qurut, dorixonalarda tabletka) berilishi esa aynan iste&#8217;molchini qo\u2018shimcha tovarlar sotib olishga qistash sifatida baholanadi. Ana endi iste&#8217;molchi qaytimni bu ko\u2018rinishda olishni rad etsayu, do\u2018konda qaytimga berilishi uchun mayda umuman bo\u2018lmasa, iste&#8217;molchi qaytimdan voz kechishga majbur bo\u2018lsa, mazkur holat xuddi shu moddaga ko\u2018ra ko\u2018rsatilmagan xizmat (sotilmagan mahsulot) uchun haq olish sifatida qaraladi.<\/em><\/p>\n<p>Shu yerda mutaxassis bilan suhbatimizdan to\u2018xtab, e&#8217;tiborimizni savdo va xizmat ko\u2018rsatish ob&#8217;ektlari xodimlari ishtirokida o\u2018tkazilgan so\u2018rovnoma natijalariga qaratsak. Mazkur so\u2018rovnomada haqiqatan ham shu sohada faoliyat olib borayotgan shaxslarning ishtirokini ta&#8217;minlash maqsadida hududiy birlashma tizimidagi tuman va shahar jamiyatlarining amaliy ko\u2018magiga tayanildi. Ularning ko\u2018magida viloyatimizdagi 2 ta shahar va 10 tumanda ushbu sohada faoliyat olib borayotgan 120 nafar xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar mas&#8217;ul vakillarining javoblari olindi. Natijalar quyidagi ko\u2018rinishni oldi (diagramma 2):<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/\u0434\u0438\u0430\u0433\u0440\u0430\u043c\u043c\u0430-2-300x179.png\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"179\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3521\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/\u0434\u0438\u0430\u0433\u0440\u0430\u043c\u043c\u0430-2-300x179.png 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/\u0434\u0438\u0430\u0433\u0440\u0430\u043c\u043c\u0430-2.png 648w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p><em>Nega oldi-sotdi amalga oshirilgach (xizmatlar ko\u2018rsatilgach) iste&#8217;molchiga qaytimni pul (tanga) ko\u2018rinishida bera olmayapsiz?<\/p>\n<p>A) mayda pul yetishmaydi, lekin xizmat ko\u2018rsatuvchi bankimga bu masalada talab bilan murojaat qilganim yo\u2018q \u2013 46%;<br \/>\nB) mayda pul yetishmaydi, xizmat ko\u2018rsatuvchi bankimga bu masalada talab bilan murojaat qilganman, lekin u ta&#8217;minlab bera olmayapti \u2013 14%;<br \/>\nS) bizda bu borada muammo yo\u2018q, qaytimni pul (tanga) bilan beryapmiz, hohlasangiz xaridorlarimizdan so\u2018rashingiz mumkin \u2013 40%.<\/em><\/p>\n<p>So\u2018rovnoma natijalaridan ko\u2018rinib turibdiki, mayda pullar yetishmayotganligi holatini unda ishtirok etganlarning 60 %i e&#8217;tirof etgan. Jami ishtirokchilarning 46 %i ushbu muammo bilan kundalik faoliyatida duch kelib turgan bo\u2018lsada, bu masalada o\u2018ziga xizmat ko\u2018rsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilmaganligini ma&#8217;lum qilgan. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va tijorat banki mas&#8217;ul xodimlari bilan suhbatlashganimizda, banklarda mayda  pullar yetarli hajmlarda mavjudligini, lekin aholi bilan naqd pulli hisob-kitoblarni olib boruvchi xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar vakillari bu borada o\u2018zlariga xizmat ko\u2018rsatuvchi tijorat banklariga murojaat qilmayotganliklarini ta&#8217;kidlab o\u2018tgandilar. Shu yerda nega ular bankka murojaat qilmasdan turib, mazkur masalani muammo sifatida belgilayaptilar, degan savol tug\u2018ilishi tabiiy. Balki buning zamirida qandaydir manfaat bordir. Aytmoqchimanki, balki ular bankka murojaat qilib, o\u2018z hisob-kitob kassalariga mayda pullarni ta&#8217;minlab qo\u2018ysalar, saqich, konfet, gugurt, qurut kabi tovarlarning savdosi kasod bo\u2018lar? Yana kim biladi, deysiz.<\/p>\n<p>14 % so\u2018rovnoma ishtirokchilarining bankka murojaat qilsakda, ular bizni mayda pullar bilan ta&#8217;minlamayaptilar, degan fikrlari ham biroz bahsli holat, deb hisoblayman. Mazkur materialni tayyorlash jarayonida bitta akamizning qo\u2018liga 1000  so\u2018m pul berib, shuni bankdan bitta 500 so\u2018mlik, 1 ta 200 so\u2018mlik, 2 ta 100 so\u2018mlik va 2 ta 50 so\u2018mlik tangaga almashtirib chiqing, dedim. To\u2018g\u2018risi, akamizning bankdan qaytib chiqib, bo\u2018lmadi deyishiga yoki 50 so\u2018mlik yo\u2018q ekan, o\u2018rniga bitta 100 so\u2018mlik tanga berishdi, deyishiga o\u2018zimni ruhan tayyorlab ham turgandim. Yo\u2018q, akamiz bir pasda qo\u2018lida buyurtmadagi miqdordagi tangalarni ko\u2018tarib chiqdi.<\/p>\n<p>So\u2018rovnoma ishtirokchilarining 40 %i bu borada muammo yo\u2018qligini qayd qilganliklari quvonarli holat bo\u2018lsada, nega unda aholi vakillarida ushbu masalada shikoyatlar ko\u2018p degan savol ham vujudga keladi. Yuqorida ko\u2018rganingizdek, so\u2018ronomada qatnashgan aholi vakillarining 90 %i qaytimga yo turli tovarlar olayotganliklarini yoki hattoki qaytimdan voz kechishga ham to\u2018g\u2018ri kelayotganligini ta&#8217;kidlab turibdiku.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, bir narsani alohida ta&#8217;kidlab o\u2018tish joiz. Butun dunyoda, xususan rivojlangan mamlakatlarda \u201cIste&#8217;molchi (mijoz) \u2013 doim haq\u201d degan qarash shakllangan bo\u2018lib, sotuvchi va xizmat ko\u2018rsatuvchilar iste&#8217;molchining hohish-istaklari, ular ko\u2018proq nimalarni ma&#8217;qul ko\u2018rishlariga qarab ish tutadilar. Tovarlarni rasta ostidan yashirib sotish, sun&#8217;iy tanqisliklarni vujudga keltirish, bir tovarni sotib olish uchun kimlarnidir o\u2018rtaga qo\u2018yish kabi salbiy illatlar va hohlasang shu, hohlamasang katta ko\u2018cha, degan qarashlar zamonasi esa allaqachonlar o\u2018tib ketgan. <\/p>\n<p>Mazkur masaladagi o\u2018rganishlar davom ettirilmoqda.   <\/p>\n<p><strong>G\u2018ayrat Mamatkulov<\/strong><br \/>\nMustaqil tadqiqotchi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>USAGM Workshops in Uzbekistan loyihasi doirasida \u201cSavdo va xizmat sohasida naqd pul muomalasi: cheklanishlar va yo\u2018qotishlar\u201d mavzusida material tayyorlash maqsadida aholi hamda savdo va xizmat ko\u2018rsatish ob&#8217;ektlari mas&#8217;ullari o\u2018rtasida alohida so\u2018rovnomalar o\u2018tkazildi. Aholi vakillari uchun tayyorlangan so\u2018rovnoma 1 ta savol va javoblarning 3 ta variantini o\u2018z ichiga olgan bo\u2018lib, 28 iyul&#8217; holatiga hududiy birlashmaning tuman [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3522,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-3519","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":736,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3519"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3519"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3519\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3523,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3519\/revisions\/3523"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3522"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3519"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3519"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3519"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}