{"id":3559,"date":"2021-07-05T16:40:46","date_gmt":"2021-07-05T13:40:46","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=3559"},"modified":"2021-07-05T16:40:46","modified_gmt":"2021-07-05T13:40:46","slug":"%d0%b1%d0%be%d0%b7%d0%be%d1%80%d0%b4%d0%b0%d0%b3%d0%b8-%d1%9e%d1%80%d0%b3%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%88%d0%bb%d0%b0%d1%80-%d0%bd%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%b6%d0%b0%d1%81%d0%b8-%d0%bd%d0%b8%d0%bc%d0%b0%d0%bb","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/3559","title":{"rendered":"Bozordagi o\u2018rganishlar natijasi nimalarni ko\u2018rsatdi?"},"content":{"rendered":"<p>Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini ximoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan shahar Prokuraturasi Talabnomasi ijrosini ta&#8217;minlash maqsadida \u201cDehqon bozori\u201d OAJda o\u2018rganish ishlari olib borildi. O\u2018rganishlar natijasida bozorda amaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun (keyingi o\u2018rinlarda \u201cQonun\u201d deb yuritiladi) talablarining to\u2018laqonli ijrosi ta&#8217;minlanmaganligi holatlari kuzatildi.<\/p>\n<p>Xususan, Qonunning 5-moddasiga ko\u2018ra, ijrochi o\u2018z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste&#8217;molchilarga ma&#8217;lum qilishi shart va bunday ma&#8217;lumot lavhada aks ettirilishi lozim bo\u2018lsada, bozorning kirish qismida bunday peshlavha o\u2018rnatilmagan.<br \/>\nShuningdek, barcha Dehqon bozorlarida bo\u2018lishi va iste&#8217;molchilarga ko\u2018rinarli joylarda o\u2018rnatilishi lozim bo\u2018lgan nazorat tarozilari bu yerda negadir iste&#8217;molchilarga ko\u2018rinarli joylarga qo\u2018yilmagan. Mas&#8217;ullar bozorga tegishli bo\u2018lgan va sotuvchilar foydalanayotgan tarozilar davlat qiyoslovidan o\u2018tkazilganligini ta&#8217;kidlagan bo\u2018lsalarda, lekin sertifikatlar ehtiyotsizlik orqasidan yo\u2018qotib qo\u2018yilgan, degan vaj bilan o\u2018rganishga taqdim qilinmadi.<\/p>\n<p>Bozor hududidagi yong\u2018in xavfsizligi burchaklari yong\u2018in holatlari sodir bo\u2018lganda zarur bo\u2018ladigan vositalar bilan to\u2018liq ta&#8217;minlanmagan, suv hamda qum to\u2018ldiriladigan maxsus idishlar qo\u2018yilmagan. Xavfsizlik burchaklari atrofi tozaligi qoniqarsiz holatda. Turli avariya va baxtsiz hodisalar sodir bo\u2018lganda tezkorlikda xabar berilishini ta&#8217;minlash uchun Tez tibbiy yordam, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar idoralarining qisqa raqamlari to\u2018g\u2018risida ma&#8217;lumotlar qo\u2018yilmagan. Yuqoridagi holatlar bozor ma&#8217;muriyati tomonidan amaldagi Qonunning 12-moddasi talablari ijrosini ta&#8217;minlab bermayotganligini ko\u2018rsatadi.  <\/p>\n<p>Go\u2018sht rastasi sotuvchilari sotilayotgan mahsulotlarga narxnomalar yozib qo\u2018ymaganlar. Bu holat iste&#8217;molchilarga noqulaylik tug\u2018dirishi barobarida, Qonunning 6-moddasi talablariga amal qilinmayotganligini ham ko\u2018rsatadi. <\/p>\n<p>Bu kabi holatlarni bu yerda savdo faoliyatini olib borayotgan boshqa sotuvchilarda ham kuzatildi. Xususan, xorijdan keltirilgan import banan, ananas, kivi, apel&#8217;sin, mandarin kabi sitrus mevalarning tegishli sertifikatlari so\u2018ralganda, sotuvchilar  sertifikatlarni taqdim qila olmadilar. Axir iste&#8217;molchi xarid qilayotgan mahsulotining sifati to\u2018g\u2018risida to\u2018laqonli ma&#8217;lumot olish huquqiga ega emasmi? <\/p>\n<p>Karantin talablari yurtimizda hali butunlay bekor qilinmagan, balki biroz yumshatilgan bo\u2018lsada, amaldagi Qonunning 12-moddasi bilan belgilab qo\u2018yilgan talablar o\u2018zgargani yo\u2018q. Iste&#8217;molchi o\u2018zi sotib olgan tovar sanitariya-gigiena, shu jumladan, radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo\u2018lishiga va uning hayoti, sog\u2018lig\u2018i, atrof-muhit uchun xavfsiz bo\u2018lishini talab qilish huquqiga ega. Lekin go\u2018sht mahsulotlarini sotayotgan sotuvchilarning aksariyatini davriy tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tganligini tasdiqlovchi \u201cShaxsiy tibbiy daftarcha\u201dlarini ko\u2018rsata olmaganliklarini qanday baholash mumkin? Tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan bu holat qat&#8217;iy nazoratga olinganida sotuvchilar bu kabi salbiy holatlarga yo\u2018l qo\u2018ymagan bo\u2018lardilar. <\/p>\n<p>Sut va tuxum mahsulotlari rastasida ham yuqoridagi kabi salbiy holatlarga duch kelindi. Shuning bilan birgalikda, aholi iste&#8217;molida muhim o\u2018rin tutuvchi sut, qatiq, sariyog\u2018, suzma kabi mahsulotlarni usti ochiq holda saqlanib, xaridorlarga sotilayotgani inson ta&#8217;bini xira qilmasdan qolmaydi.<br \/>\nBozorning oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o\u2018tkazuvchi laboratoriyasidagi mavjud uskunalardan ayrimlarini, jumladan sut mahsulotlari sifatini o\u2018lchovchi \u201cTester SOEKS\u201d hamda \u201cLaktan\u201d uskunalarining davlat qiyoslov ko\u2018rigidan o\u2018tkazilganligi to\u2018g\u2018risidagi sertifikatning muddati o\u2018tgan. <\/p>\n<p>Umid qilamizki, o\u2018rganish natijalari yuzasidan aniqlangan va ko\u2018rsatib o\u2018tilgan kamchiliklar bozor ma&#8217;muriyati va mas&#8217;ullar tomonidan tez kunlarda bartaraf qilinadi. <\/p>\n<p><strong>Saidxon Xapizov<\/strong><br \/>\nMarg\u2018ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini ximoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan shahar Prokuraturasi Talabnomasi ijrosini ta&#8217;minlash maqsadida \u201cDehqon bozori\u201d OAJda o\u2018rganish ishlari olib borildi. O\u2018rganishlar natijasida bozorda amaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun (keyingi o\u2018rinlarda \u201cQonun\u201d deb yuritiladi) talablarining to\u2018laqonli ijrosi ta&#8217;minlanmaganligi holatlari kuzatildi. Xususan, Qonunning 5-moddasiga ko\u2018ra, ijrochi o\u2018z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3560,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-3559","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":397,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3559"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3559"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3559\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3561,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3559\/revisions\/3561"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3560"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3559"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3559"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3559"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}