{"id":3622,"date":"2021-07-15T08:54:05","date_gmt":"2021-07-15T05:54:05","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=3622"},"modified":"2021-07-15T09:20:46","modified_gmt":"2021-07-15T06:20:46","slug":"%d0%b0%d2%b3%d0%be%d0%bb%d0%b8%d0%bd%d0%b8-%d1%82%d0%be%d0%b7%d0%b0-%d0%b8%d1%87%d0%b8%d0%bc%d0%bb%d0%b8%d0%ba-%d1%81%d1%83%d0%b2%d0%b8-%d0%b1%d0%b8%d0%bb%d0%b0%d0%bd-%d1%82%d0%b0%d1%8a%d0%bc%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/3622","title":{"rendered":"Aholini toza ichimlik suvi bilan ta&#8217;minlash borasida nima muammolar bor?"},"content":{"rendered":"<h5>Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga ichimlik suvi ta&#8217;minoti masalalarida jami 48 ta murojaatlar kelib tushgan bo\u2018lib, shularning 8 tasi Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni vositasida qabul qilingan bo\u2018lsa, 40 tasi esa to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri Federatsiyaning viloyatdagi hududiy ijro etuvchi organlariga yozma va og\u2018zaki ravishda qayd qilingan. O\u2018tgan yilning mos davrida bu boradagi murojaatlar soni 24 tani tashkil qilgandi. Bundan kelib chiqadiki, ichimlik suvi ta&#8217;minoti masalalarida iste&#8217;molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar soni teng baravarga ortgan. Misollarga to\u2018xtalamiz.<\/h5>\n<h5>Qarzi bor deyilgan edi, haqdor bo\u2018lib chiqdi<\/h5>\n<h6>To\u2018risini tan olish kerak, ko\u2018pchiligimizga elektr, gaz yoki suv ta&#8217;minoti idorasidan 20000 so\u2018m qarzing bor, deyishsa judayam xavotirga tushmaymiz. \u201cHa, bo\u2018ptida, to\u2018lab qo\u2018yamanda\u201d, deb xotirjamlikka berilamiz. Lekin Farg\u2018ona shahrida yashovchi L. Dyatlenko undaylardan emas ekan. Unga suv ta&#8217;minoti idorasi vakili 20 ming so\u2018m qarz bo\u2018lib qolibsiz, tezda to\u2018lab qo\u2018ying, deganda u anchagina asabiylashadi. Buni esa o\u2018ziga yarasha sababi bor ekan &#8230;<\/h6>\n<h6>Xullas, iste&#8217;molchi ushbu masalada Federatsiyaning ishonch telefoniga murojaat qilib, masalaga aniqlik kiritishni so\u2018ragan. Farg\u2018ona shahar jamiyati xodimlari tomonidan o\u2018rganishda ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, iste&#8217;mol qilingan ichimlik suvi uchun to\u2018lovlarni hisoblagich ko\u2018rsatkichlari asosida olib borayotgan iste&#8217;molchida qarz tugul, 31 ming so\u2018m haqdorlik borligi ma&#8217;lum bo\u2018lgan.<\/h6>\n<h5>Yer ostidan kachalkada suv tortib iste&#8217;mol qiladigan fuqaroga yarim million so\u2018m qarzdorlik hisoblangan<\/h5>\n<h6>Qo\u2018shtepaning Baland Masjid mahallasida istiqomat qiluvchi T.Oxunovning Federatsiya ishonch telefoniga qilgan murojaati o\u2018rganilganda, qiziq holatga duch kelingan. Iste&#8217;molchi xonadoniga ichimlik suvi tarmog\u2018i tortilmaganligi va ichimlik suvini yetkazib berish borasida tuman suv ta&#8217;minoti korxonasi bilan shartnoma ham imzolanmaganligini, lekin shunga qaramasdan undan korxona 432000 so\u2018m miqdoridagi qarzdorlikni so\u2018ndirib qo\u2018yishni talab qilayotganligidan noroziligini bildirgandi.<\/h6>\n<h6>Murojaatni Qo\u2018shtepa tuman jamiyati mas&#8217;ullari tomonidan o\u2018rganilishi jarayonida fuqaro istiqomat qiluvchi ko\u2018chada ichimlik suvi tarmog\u2018i mavjud bo\u2018lsada, iste&#8217;molchi xonadoni ushbu tarmoqqa ulanmaganligi va o\u2018z-o\u2018zidan korxona va iste&#8217;molchi o\u2018rtasida shartnoma ham mavjud emasligi isbotini topgan. Xonadonga yer ostidan suv tortib olish uchun qo\u2018lbola kachalka o\u2018rnatilgan bo\u2018lib, ularning asosiy ehtiyojlari mazkur uskuna vositasida tortib olinadigan suv bilan qoplanib kelingan. Mazkur holat \u201cFarg\u2018onasuvta&#8217;minoti\u201d MChJning tuman bo\u2018limi mas&#8217;ullari bilan hamkorlikda o\u2018rganib chiqilgach, iste&#8217;molchiga nisbatan hisoblangan qarzdorlikni korxona billing bazasidan chiqarish bo\u2018yicha qaror qabul qilingan.<\/h6>\n<h5>Ko\u2018cha kolonkasidan suv tashib ichish tarifi bo\u2018yicha noto\u2018g\u2018ri hisob-kitob yuritilgan<\/h5>\n<h6>O\u2018zbekiston tumanining Yakka tut mahallasida istiqomat qiluvchi M. Alimovning qilgan murojaatida ichimlik suvini ko\u2018cha kolonkasidan tashib keltirishlari, lekin bu boradagi to\u2018lovlarni hisoblashda belgilangan tarifdan chetga chiqish holati kuzatilayotganligi ma&#8217;lum qilingandi.<br \/>\nHolatni O\u2018zbekiston tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganilishi jarayonida xonadonda 5 kishi istiqomat qilishi, ichimlik suvi ta&#8217;minoti korxonasi tomonidan xonadon ko\u2018cha kolonkasidan suv tashib keltirib iste&#8217;mol qiluvchi emas, balki xonadoniga ichimlik suvi tortilgan, lekin suv hisoblagich o\u2018rnatilmagan tarifidagi to\u2018lov bo\u2018yicha hisob-kitob olib borilayotganligi ma&#8217;lum bo\u2018lgan. O\u2018rganish natijalari bilan xonadonning so\u2018ngi ikki oy davomidagi iste&#8217;mol ko\u2018rsatkichlari ko\u2018cha kolonkasidan suv tashib keltirish tarifi bo\u2018yicha hisoblanishiga va bu davr uchun xonadon 116000 so\u2018m emas, balki jon boshiga 4567,5 so\u2018mdan, jami 45680 so\u2018m miqdorida to\u2018lovlarni amalga oshirilishi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/h6>\n<h5>Adashib yechib olingan mablag\u2018 kelgusi iste&#8217;mol uchun to\u2018lovlarga yo\u2018naltirildi<\/h5>\n<h6>Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi A.Zokirovning onasi \u201cFarg\u2018onasuvta&#8217;minoti\u201d MChJ tuman bo\u2018limiga iste&#8217;mol qilingan ichimlik suvi uchun to\u2018lovlarni amalga oshirish uchun borganida, xonadon hisobida ichimlik suvi iste&#8217;moli borasida jarima ham mavjudligini aytishib, onaxonning bank plastik kartasidan 378000 so\u2018m mablag\u2018 yechib olingan. To\u2018lovlarni muntazam amalga oshirib kelayotgan A.Zokirov esa bundan xabar topgach, Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.<\/h6>\n<h6>Murojaatni o\u2018rganish jarayonida mablag\u2018 haqiqatan ham yechib olinganligi, lekin xonadon hisobida ichimlik suvi ta&#8217;minoti masalalari bo\u2018yicha hech qanday jarimalar mavjud emasligi ma&#8217;lum bo\u2018ldi. Olib borilgan o\u2018rganish ishlari natijasi bilan iste&#8217;molchi tomnidan to\u2018langan pul mablag\u2018ini kelgusi iste&#8217;mol uchun oldindan to\u2018lov sifatida rasmiylashtirilishiga erishildi.<\/h6>\n<p>Fuqaroning murojaatidan so\u2018ng avariya holati bartaraf etildi<\/p>\n<h6>Dang\u2018ara tumani Teliming mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida yashovchi A.Abdullaev xonadoni yonidan o\u2018tgan ichimlik suvi tarmog\u2018i trubasi yorilishi natijasida toza ichimlik suvi isrof bo\u2018layotganligi holati yuzasidan Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.<br \/>\nIste&#8217;molchining murojaati tegishli tartibda rasmiylashtirilgach, Dang\u2018ara tuman jamiyati va \u201cFarg\u2018onasuvta&#8217;minoti\u201d MChJ tuman bo\u2018limi mas&#8217;ullari hamkorligida murojatda ko\u2018rsatilgan joyda o\u2018rganishlar o\u2018tkazilib, yuzaga kelgan avariya holati bartaraf etilishiga erishilgan.<\/h6>\n<h5>Fuqaroning oldindan to\u2018lovdaligi isbotini topdi<\/h5>\n<h6>Farg\u2018ona shahrida yashovchi Y.Mirzaxonov o\u2018z murojaatida suv ta&#8217;minoti uchun amalga oshirgan to\u2018lovlari bo\u2018yicha oldindan to\u2018lovda bo\u2018lganligini, lekin bugungi kunga kelib korxona uning ichimlik suvi uchun oldindan to\u2018lov sifatidagi 314 m3 haqdorligini e&#8217;tiborga olmayotganligi ma&#8217;lum qilingandi.<br \/>\nFarg\u2018ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan mazkur murojaatni o\u2018rganish natijalari iste&#8217;molchining xonadonidagi suv hisoblagich ko\u2018rsatgichini 00530 m3 igacha haqdorligini, ya&#8217;ni 40937 so\u2018m oldindan to\u2018lovda ekanligini ko\u2018rsatgan va bu haqda fuqaroga tegishli tartibda ma&#8217;lum qilingan.<\/h6>\n<h6>Xuddi shuningdek, Marg\u2018ilon shahrida yashovchi M.Azizovaning Federatsiya ishonch telefoniga qilgan murojaati o\u2018rganilishi jarayonida xonadonni ichimlik suvi bilan ta&#8217;minlash yaxshilanishiga erishilgan.<\/h6>\n<h6><\/h6>\n<h6>Hududiy birlashma Axborot xizmati<\/h6>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga ichimlik suvi ta&#8217;minoti masalalarida jami 48 ta murojaatlar kelib tushgan bo\u2018lib, shularning 8 tasi Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni vositasida qabul qilingan bo\u2018lsa, 40 tasi esa to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri Federatsiyaning viloyatdagi hududiy ijro etuvchi organlariga yozma va og\u2018zaki ravishda qayd qilingan. O\u2018tgan yilning [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3623,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-3622","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":1502,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3622"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3622"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3622\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3624,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3622\/revisions\/3624"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3623"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3622"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3622"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3622"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}