{"id":3648,"date":"2021-07-28T14:27:04","date_gmt":"2021-07-28T11:27:04","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=3648"},"modified":"2021-07-28T14:27:04","modified_gmt":"2021-07-28T11:27:04","slug":"%d0%b4%d0%b5%d2%b3%d2%9b%d0%be%d0%bd-%d0%b1%d0%be%d0%b7%d0%be%d1%80%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%b4%d0%b0-%d1%81%d0%be%d1%82%d0%b8%d0%bb%d0%b0%d1%91%d1%82%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d0%bc%d0%b0%d2%b3%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/3648","title":{"rendered":"Dehqon bozorlarida sotilayotgan mahsulotlar talabga javob beradimi?"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi \u201cMamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF-5430-sonli Farmoni, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi \u201cIste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi 414-sonli qarorlaridan kelib chiqqan holda, viloyat hududidagi Dehqon bozorlarida Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari (quyida \u201cVSE laboratoriyasi\u201d deb yuritiladi) faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilganligi, ularning moddiy-texnik ta&#8217;minlanganligi, VSE laboratoriyalari tomonidan bozor hududlarida sotilayotgan go\u2018sht va go\u2018sht mahsulotlari, baliq mahsulotlari, meva va sabzavotlar hamda poliz mahsulotlarini sotishga tegishli ruxsatnomalar berilishi holatlarini jamoatchilik nazorati tartibida o\u2018rganish ishlari olib borildi.<\/h5>\n<h6>O\u2018rganish ishlari doirasida bir qator qonunbuzilishi holatlari qayd etildi. Xususan, Farg\u2018ona shahri \u201cMarkaziy Dehqon bozori\u201d AJ VSE laboratoriyasi 2018 yilning 19 oktyabr&#8217; kuni standartlashtirish idorasi tomonidan berilgan 53-sonli attestasiya xulosasi bilan ish yuritmoqda. Attestasiya xulosasining muddati 2019 yilning 19 oktyabr&#8217; kuni o\u2018tib bo\u2018lgan.<\/h6>\n<h6>Shuningdek, ushbu VSE laboratoriyasidagi texnik uskunalardan ayrimlari navbatdagi davlat qiyoslovidan o\u2018tkazilmasdan ishlatilmoqda. Jumladan, elektron tarozi uchun berilgan qiyoslov sertifikati shu yilning 28 fevral&#8217; kuni, Laktan 1- 4 M uskunasi, SEOKS moslamasi va suyuqlik analizatori moslamalarining qiyoslov sertifikatlari esa shu yilning 10 mart kuni muddati tugaganligi kuzatildi. Ushbu holatlar Farg\u2018ona tumanidagi (elektron VK-300 nazorat tarozi davlat qiyoslov ko\u2018rigi muddati 2020 yil 19 aprel&#8217; kuni o\u2018tgan) hamda Beshariq tumanidagi (Nitrat tester \u201cSOEKS\u201d sertifikatni amal qilish muddati 03.03.2021 yilda tugagan) VSE laboratoriyalarida ham kuzatildi. Farg\u2018ona tumani (Chimyon va Mindon Dehqon bozorlariga xizmat ko\u2018rsatuvchi) VSE laboratoriyasi mas&#8217;ul xodimi tomonidan texnik asbob uskunalarning qiyoslov ko\u2018rigidan o\u2018tganligini tasdiqlovchi sertifikatlarni ko\u2018rsata olmagan. Yuqoridagi holatlar amaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 12-moddasi talablarini buzilishi hisoblanadi.<\/h6>\n<h6>Farg\u2018ona shahri va Rishton tumani VSE laboratoriyalariga kirish qismini iste&#8217;molchilarga ko\u2018rinarli joyiga tashkilot nomi, joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini ko\u2018rsatuvchi peshlavhalar qo\u2018yilmagan bo\u2018lsa, Farg\u2018ona tumani (Chimyon va Mindon Dehqon bozorlariga xizmat ko\u2018rsatuvchi laboratoriya) va Buvayda tumani VSE laboratoriyalarida ish tartibi to\u2018g\u2018risida ma&#8217;lumotlar qo\u2018yilmagan. Ushbu holatlar amaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 5-moddasida ko\u2018rsatilgan talablarning to\u2018laqonli ijrosi ta&#8217;minlanmaganligini ko\u2018rsatadi.<\/h6>\n<h6>VSE laboratoriyalarida ko\u2018rsatiladigan xizmatlarning pulli asoslarda yoki bepul amalga oshirilishi bo\u2018yicha ma&#8217;lumotlar qo\u2018yilmagan.<\/h6>\n<h6>Rishton tumanida Markaziy Dehqon bozorining qurilish ishlari yakuniga yetmaganligi sababli VSE laboratoriyasi xodimlari uchun alohida bino va xonalar tashkil qilinmaganligi, bozor hududida sotilayotgan mahsulotlarni ekspertizadan o\u2018tkazish uchun tuman SEOJSXga olib borilayotganligi kuzatilgan.<\/h6>\n<h6>Ayrim bozorlardagi VSE laboratoriyalari, xususan Buvayda tuman Dehqon bozoridagi VSE laboratoriyasi tomonidan bozor hududida sotilayotgan bir necha turdagi qishloq xo\u2018jalik mahsulotlari uchun bitta xulosa (\u201cmeva-sabzavotlar\u201d shaklida) yozib berilganligi holati kuzatildi. Ushbu holat sotuvchiga bitta xulosa bilan ekspertizadan o\u2018tmagan bir necha mahsulotlarni qo\u2018shib sotish imkoniyatini yaratib beradi.<\/h6>\n<h6>Shuning bilan birgalikda, Dehqon bozorlarida o\u2018tkazilgan o\u2018rganishlar doirasida sotuvchilar tomonidan ishlatilayotgan bozor ma&#8217;muriyatiga tegishli hamda shaxsiy tarozilarning aksariyati navbatdagi davlat qiyoslov ko\u2018rigidan o\u2018tkazilmaganligi yoxud ayrim shaxsiy tarozilarning umuman davlat qiyoslov ko\u2018rigidan o\u2018tkazilmasdan foydalanilayotganligi holatlariga ham duch kelindi.<\/h6>\n<h6>O\u2018tkazilgan o\u2018rganish yakunlari bo\u2018yicha jamlama ma&#8217;lumotnoma tegishli chora-tadbirlarni ko\u2018rilishi uchun mazkur soha bo\u2018yicha mas&#8217;ul idoralarga yuborildi.<\/h6>\n<h6>Otabek Millaboev<br \/>\nHududiy birlashma monitoring sektori boshlig\u2018i<\/h6>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi \u201cMamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF-5430-sonli Farmoni, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi \u201cIste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi 414-sonli qarorlaridan kelib chiqqan holda, viloyat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3649,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-3648","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":225,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3648"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3648"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3648\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3650,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3648\/revisions\/3650"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3649"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3648"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3648"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3648"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}