{"id":3671,"date":"2021-07-31T05:24:44","date_gmt":"2021-07-31T02:24:44","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=3671"},"modified":"2021-07-31T05:24:44","modified_gmt":"2021-07-31T02:24:44","slug":"%d1%8f%d0%bd%d0%b0-%d0%b1%d0%b8%d1%80-%d0%b4%d0%be%d0%bb%d0%b7%d0%b0%d1%80%d0%b1-%d0%bc%d0%b0%d1%81%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d0%b4%d0%b0-%d0%b6%d0%b0%d0%bc%d0%be%d0%b0%d1%82%d1%87%d0%b8%d0%bb%d0%b8%d0%ba","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/3671","title":{"rendered":"Yana bir dolzarb masalada Jamoatchilik eshituvi o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi tashabbusi bilan O\u2018zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 apreldagi \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018RQ-474-sonli Qonuni asosida jamoatchilik eshituvi tashkillandi.<\/h5>\n<p>Barchamizga ma&#8217;lumki, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgustdagi 646-sonli qarori bilan \u201cAholi va ijtimoiy soha ob&#8217;ektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi to\u2018g\u2018risidagi Nizom\u201d tasdiqlangan bo\u2018lib, mazkur Nizom bilan O\u2018zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimidagi tashkiliy-texnik talablar belgilangan, yetkazib beruvchilar, gaz ta&#8217;minoti tashkilotlari, aholi va ijtimoiy soha ob&#8217;ektlari o\u2018rtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish borasidagi o\u2018zaro munosabatlarni tartibga solingan.<\/p>\n<p>Lekin bugungi kunda aholini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta&#8217;minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda, aholida yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun hisob-kitob qilish bo\u2018yicha haqli e&#8217;tirozlar va tushunmovchiliklar ham mavjud. Ushbu holatlar aholini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ta&#8217;minlash jarayonini turlicha, o\u2018rni kelganda noto\u2018g\u2018ri talqin qilinishiga sabab bo\u2018lmoqda.<br \/>\nYuqoridagilardan kelib chiqib, \u201cHududgaz Farg\u2018ona\u201d gaz ta&#8217;minoti filiali mas&#8217;ullari ishtirokida o\u2018tkazilgan Jamoatchilik eshituvi doirasida yuqoridagi holatlarga aniqlik kiritib olindi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"wp-image-3674 alignleft\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04321-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"257\" height=\"171\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04321-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04321.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 257px) 100vw, 257px\" \/>Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari <strong>G\u2018ayrat Mamatqulov<\/strong> Jamoatchilik eshituvini ochar ekan, \u201cHududgaz Farg\u2018ona\u201d gaz ta&#8217;minoti filiali mas&#8217;ullaridan eshituv doirasida quyidagi holatlarga aniqlik kiritib berilishini so\u2018radi:<\/p>\n<p><em>&#8212; Nizomning 45-bandiga asosan, iste&#8217;molchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun to\u2018lovni tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirishi lozim. Bugungi kunda viloyatdagi barcha suyultirilgan uglevodorod gazi oluvchi iste&#8217;molchilar shartnomalar bilan ta&#8217;minlanganmi? Yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarishi holati qay ahvolda?<\/em><br \/>\n<em>&#8212; Nizomning 46-bandiga ko\u2018ra, iste&#8217;molchi suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi holati bo\u2018yicha to\u2018lovni amalga oshirishi shart, 47-bandiga ko\u2018ra esa, olingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun to\u2018lov iste&#8217;molchilarning tanloviga ko\u2018ra istalgan to\u2018lovlarni qabul qilish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi. Iste&#8217;molchi to\u2018lovni istalgan to\u2018lovlarni qabul qilish shoxobchalari orqali amalga oshira olishi (iste&#8217;molchining erkin tanlov huquqi) uchun qanday sharoitlar yaratilgan?<\/em><br \/>\n<em>&#8212; 48-bandiga asosan, gaz ta&#8217;minoti tashkilotiga iste&#8217;molchilardan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun to\u2018lovni naqd pul shaklida qabul qilish taqiqlanadi (onlayn nazorat-kassa mashinalari qo\u2018llanilgan holatlar bundan mustasno). Nega gaz ta&#8217;minoti tashkilotiga iste&#8217;molchilardan to\u2018lovlarni qabul qilib olish taqiqlangani holda, joylarda aholi bilan naqd pulli hisob-kitoblar amalga oshirib kelinmoqda? Shuning bilan birgalikda, 20 kg suyultirilgan uglevodorod gazi bilan to\u2018ldirilgan ballon uchun iste&#8217;molchi 22400 so\u2018m to\u2018lovni amalga oshirishi belgilangani va buning uchun onlayn nazorat kassa mashinalari bo\u2018lmagani holda, to\u2018lovlar olinayotgani, iste&#8217;molchilarga naqd pulda qaytim berish o\u2018rniga turli tovarlar (sal&#8217;nik va boshqalar) bilan hisob-kitob qilish holatlari sodir etilayotganligini qanday baholash mumkin? Bu esa \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 21-moddasida ko\u2018rsatib o\u2018tilgan qonunbuzilishi holatiga olib kelmoqda. Keyingi paytlarda \u201co\u2018rnatib berish xizmati\u201d uchun deb iste&#8217;molchilardan qo\u2018shimcha haq olinishini qanday izohlash mumkin?<\/em><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-3675 alignright\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04323-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04323-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04323.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/>\u201cHududgaz Farg\u2018ona\u201d gaz ta&#8217;minoti filiali bo\u2018lim boshlig\u2018i <strong>Dilmurod Xojiaxmedov<\/strong> \u201cHududgaz Farg\u2018ona\u201d gaz ta&#8217;minoti filiali tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgustdagi 646-sonli qarori bilan tasdiqlangan \u201cAholi va ijtimoiy soha ob&#8217;ektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi to\u2018g\u2018risidagi Nizom\u201dning 9-bobi 45-48-bandlari ijrosini ta&#8217;minlash borasida olib borilayotgan ishlar to\u2018g\u2018risida\u201d ma&#8217;ruza qilar ekan quyidagilarga to\u2018xtaldi:<\/p>\n<p><em>&#8212; Bugungi kunda viloyatimizdagi 509784 ta suyultirilgan uglevodoro gazi iste&#8217;molchilarining har biri bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzilib, bir nusxasi iste&#8217;molchi qo\u2018liga yetkazilgan, bir nusxasi esa tumandagi gaz ta&#8217;minoti bo\u2018limlarida saqlanib, ta&#8217;minotlar ana shu shartnomalar asosida amalga oshirib kelinmoqda.<\/em><\/p>\n<p><em>Biz Nizomda ko\u2018rsatib o\u2018tilgan to\u2018lovlarni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyundagi 633-sonli qarori 1-ilovasidagi \u201cYoqilg\u2018i energetika resurslarining narxlari va tariflari\u201d asosida aholidan 1 kg suyultirilgan gaz uchun 1120 so\u2018mdan, 20 kg lik ballon uchun 22400 so\u2018m to\u2018lov olmoqdamiz.<\/em><\/p>\n<p><em>Tuman bo\u2018limlarimizda davlat soliq inspeksiyalaridan ro\u2018yxatdan o\u2018tkazilgan onlayn nazorat kassa mashinalari mavjud bo\u2018lib, iste&#8217;molchilarga mazkur kassa apparatlari vositasida to\u2018lov to\u2018langanligini tasdiqlovchi cheklar berib kelinmoqda. <\/em><\/p>\n<p><em>Endi iste&#8217;molchilardan \u201co\u2018rnatib berish xizmati\u201d uchun olinayotgan mablag\u2018larga to\u2018xtalsak. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 iyundagi 348-sonli qarori qabul qilingan, shunga asosan iste&#8217;molchilarni suyultirilgan gaz bilan ta&#8217;minlash bo\u2018yicha 646-sonli qarorga ayrim o\u2018zgartirishlar kiritilgan. Iste&#8217;molchining \u201co\u2018rnatib berish xizmati\u201ddan foydalanishi ixtiyoriy bo\u2018lib, faqatgina shu xizmatlardan foydalanilgan holdagina undan 3000 so\u2018m to\u2018lov qabul qilib olinadi va unga to\u2018lov to\u2018langanligini tasdiqlovchi chek beriladi. <\/em><\/p>\n<p><em>Hozirgi kunda suyultirilgan gaz iste&#8217;molchilariga bepul ID kartalar tarqatilmoqda. 1 avgustdan boshlab viloyatimizdagi suyultirilgan gaz iste&#8217;molchilari to\u2018lovlarni ana shu ID kartalar orqali amalga oshirib boradilar. Natijada iste&#8217;molchilarimizda bugungi kunda muammo sifatida qo\u2018yilayotgan ayrim savollar va tushunmovchiliklar, xususan qaytimiga sal&#8217;nik berildi kabi e&#8217;tirozlar o\u2018z-o\u2018zidan yechim topadi.<\/em><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3676\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04325-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04325-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04325.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3677\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04327-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04327-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04327.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3678\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04329-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04329-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u04329.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-3679\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u043210-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u043210-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/\u044d\u0448\u0438\u0442\u0443\u043210.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p>Gaz idorasi mas&#8217;ul xodimining ma&#8217;ruzasidan so\u2018ng, tadbir ishtirokchilarining savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.<\/p>\n<p><strong>Hududiy birlashma Axborot xizmati<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi tashabbusi bilan O\u2018zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 apreldagi \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018RQ-474-sonli Qonuni asosida jamoatchilik eshituvi tashkillandi. Barchamizga ma&#8217;lumki, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgustdagi 646-sonli qarori bilan \u201cAholi va ijtimoiy soha ob&#8217;ektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3673,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-3671","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":282,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3671"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3671"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3671\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3680,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3671\/revisions\/3680"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3673"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3671"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3671"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3671"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}