{"id":3976,"date":"2021-10-19T13:24:36","date_gmt":"2021-10-19T10:24:36","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=3976"},"modified":"2021-10-19T13:24:36","modified_gmt":"2021-10-19T10:24:36","slug":"%d1%85%d0%b0%d0%bb%d2%9b%d0%b8%d0%bc%d0%b8%d0%b7%d0%b3%d0%b0-%d0%be%d0%b7-%d0%b1%d1%9e%d0%bb%d1%81%d0%b0%d0%b4%d0%b0-%d1%91%d1%80%d0%b4%d0%b0%d0%bc%d0%b8%d0%bc%d0%b8%d0%b7-%d1%82%d0%b5%d0%b3%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/3976","title":{"rendered":"Xalqimizga oz bo\u2018lsada yordamimiz tegayotganligidan xursandmiz"},"content":{"rendered":"<h5>Uchko\u2018prik tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas&#8217;ullari tomonidan hududdagi tashkilot, korxona va muassasalarda sohaga oid qonun hujjatlarini keng targ\u2018ib qilish, aholining iste&#8217;mol madaniyatini oshirishga qaratilgan ma&#8217;rifiy tadbirlarni o\u2018tkazish, tadbirlar doirasida aholi vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarib borish barobarida qo\u2018shimcha o\u2018rganishni talab qiladigan murojaatlar ham qayd qilib borilmoqda. Mazkur murojaatlar esa qonunlarda belgilangan tartib va muddatlarda o\u2018rganib chiqilib, fuqarolarga amaliy yordamlar ko\u2018rsatib kelinmoqda.<\/h5>\n<p>Shunday murojaatlardan biri tuman fuqarosi Asrorbek Yo\u2018lchiev (familiya ismi o\u2018zgartirib berilmoqda) tomonidan berilgan va tegishli tartibda o\u2018rganib chiqilgan. Iste&#8217;molchi murojaatida 3 oy oldin tumanimizdagi savdo do\u2018konlaridan biridan televizori uchun 300 000 so\u2018mga tyuner sotib olganligini, sotib olingan yap-yangi tyuner uchinchi kuniyoq ishlamay qolganligini ma&#8217;lum qilgandi. Iste&#8217;molchi bizga murojaat qilishdan oldin ushbu masalada savdo do\u2018koniga murojaat ham qilgan, savdo do\u2018koni xodimi esa tyuner uchun servis xizmati ko\u2018rsatilmasligini, shuningdek u nuqsonli tovarni boshqasiga almashtirib bera olmasligini ham aytgan.<\/p>\n<p>&#8212; <em>Men savdo do\u2018koni xodimining ushbu muomalasidan norozi bo\u2018lib qaerga murojaat qilishni bilmay turganimda \u201cO\u2018zbekiston\u201d telekanali orqali namoyish etilgan \u201cMunosabat\u201d ko\u2018rsatuvi, \u201cTohir-Bag\u2018dod\u201d televideniesi orqali berilgan videoroliklarni ko\u2018rib qoldim va menga yordam beradigan tashkilot shu ekan deya, sizlarga yordam so\u2018rab keldim,<\/em> &#8212; <strong>degan edi fuqaro biz bilan suhbatda.<\/strong><br \/>\nUning murojaati yuzasidan tuman jamiyatimiz mutaxassislari J. Qo\u2018ziev va O. Sobirovlar savdo do\u2018koni rahbari bilan uchrashdilar va unga O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonuni tegishli moddalari bo\u2018yicha tushuntirishlar berishlari natijasida iste&#8217;molchini sarson qilib kealyotgan muammoga o\u2018sha joyning o\u2018zida yechim topilib, nosoz tyuner boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berilgan.<\/p>\n<p>Yana shunday iste&#8217;molchilardan biri o\u2018tkazilgan tadbirdan so\u2018ng tuman jamiyatimizga qo\u2018ng\u2018iroq qildi.<\/p>\n<p>&#8212; <em>Meni murojaatim \u201cToza hudud\u201ddan,<\/em> &#8212; <strong>dedi o\u2018zini I. Marasulova deb tanishtirgan ayol.<\/strong> &#8212; <em>Biz yil boshida tumandagi \u201cToza hudud\u201d DUK bilan shartnoma imzolaganmiz. Shartnoma shartlariga ko\u2018ra korxona maxsus transporti haftada bir marotaba mahallamizga kelib qattiq maishiy chiqindilarni olib ketishi, biz esa belgilangan summani o\u2018z vaqtida to\u2018lab borishimiz ko\u2018rsatib o\u2018tilgan. To\u2018lovlarni o\u2018z vaqtida to\u2018lashimizga qaramay korxonaning maxsus transporti belgilangan vaqtda kelmasdan, 1-1,5 oyda bir kelib, kamiga bir qopdan ko\u2018p chiqindi olmaymiz, deyishyapti. Shu masalaga oydinlik kiritib bersalaring.<\/em><\/p>\n<p>Iste&#8217;molchi murojaati asosida tuman \u201cToza hudud\u201d DUK mas&#8217;ullari bilan bog\u2018lanib, ular bilan amaldagi iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilik talablari, shuningdek shartnoma munosabatlari bo\u2018yicha muzokaralar olib borildi. Natijada murojaatda ko\u2018tarilgan masalani ijobiy hal qilinishiga erishildi.<\/p>\n<p>Faoliyatimizdan yana bunday misollarni ko\u2018plab keltirishimiz mumkin, albatta. Biz uchun eng asosiysi, tizimda olib borayotgan faoliyatimizdan xalqimizga oz bo\u2018lsada foydamiz tegayotganligidir.<\/p>\n<p><strong>Nargizaxon Sheralieva<\/strong><br \/>\nUchko\u2018prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uchko\u2018prik tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas&#8217;ullari tomonidan hududdagi tashkilot, korxona va muassasalarda sohaga oid qonun hujjatlarini keng targ\u2018ib qilish, aholining iste&#8217;mol madaniyatini oshirishga qaratilgan ma&#8217;rifiy tadbirlarni o\u2018tkazish, tadbirlar doirasida aholi vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarib borish barobarida qo\u2018shimcha o\u2018rganishni talab qiladigan murojaatlar ham qayd qilib borilmoqda. Mazkur murojaatlar esa qonunlarda belgilangan tartib va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3977,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-3976","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":150,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3976"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3976"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3976\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3978,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3976\/revisions\/3978"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3977"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3976"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3976"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3976"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}