{"id":4204,"date":"2022-01-13T08:40:14","date_gmt":"2022-01-13T05:40:14","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=4204"},"modified":"2022-01-13T08:40:14","modified_gmt":"2022-01-13T05:40:14","slug":"%d0%bc%d0%b0%d2%9b%d1%81%d0%b0%d0%b4%d0%b8%d0%bc%d0%b8%d0%b7-%d0%b8%d0%bd%d1%81%d0%be%d0%bd-%d2%b3%d1%83%d2%9b%d1%83%d2%9b-%d0%b2%d0%b0-%d0%bc%d0%b0%d0%bd%d1%84%d0%b0%d0%b0%d1%82%d0%bb%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/4204","title":{"rendered":"Maqsadimiz \u2013 inson huquq va manfaatlarini himoya qilish"},"content":{"rendered":"<h5>Inson manfaatlari hamisha ustuvor yurtimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni qo\u2018llab-quvvatlash borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining\u00abXalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak\u00bb degan iboralari bugungi kunda barcha korxona-tashkilotlarning shioriga aylanib borayotir.<\/h5>\n<p>Hususan bizning Toshloq tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ham tuman aholisining iste&#8217;molchilik huquqlarini himoya qilish, iste&#8217;mol madaniyatini oshirish va huquqlari buzilgan taqdirda qonun doirasida choralar ko\u2018rish ishlari tizimli ravishda olib borilyapti. Jumladan o\u2018tgan 2021 yil davomida jamiyatimizga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o\u2018rganib chiqilishi jarayonida ularni imkon qadar iste&#8217;molchilarning foydasiga hal qilish borasida qator ishlarni amalga oshirdik. Murojaatlarni hal qilishda bizga O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi hamda \u201cJismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunlari dasturilamal bo\u2018lib xizmat qilmoqda. Qolaversa haqqoniylik, betaraflik qoidalariga ham amal qilib ish yurityapmiz.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yil mobaynida jamiyatimizga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili ularning aksariyati kommunal soha idoralari xizmatlaridan norozi bo\u2018lib qilingan murojaatlarni, shuningdek savdo va xizmat ko\u2018rsatish munosabatlaridagi muammolar bo\u2018yicha qilingan murojaatlarni tashkil qilganligini ko\u2018rsatdi. Ularni o\u2018rganish jarayonida qonunlarimizga murojaat etib, adolat qaror topishi yo\u2018lida astoydil mehnat qilindi. Shunga muvofiq o\u2018tgan yilda iste&#8217;molchilardan tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish orqali ularning foydasiga 11 248 621 so\u2018m mablag\u2018 qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi. Iste&#8217;molchilarga mablag\u2018larni qaytarish, ularning poymol bo\u2018lgan huquqlarini tiklash barobarida, xarid qilingan maishiy texnika buyumlaridan foydalanishda yuzaga kelgan nuqsonlar sabab ularni servis xizmati tashkilotlari orqali ta&#8217;mirlatishga yoki bo\u2018lmasa boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishi bo\u2018yicha ham talaygina ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Fuqarolarimizning iste&#8217;mol madaniyatini oshirib borish maqsadida muntazam ravishda jamiyatimizning joylardagi tayanch guruhlarida turli uchrashuv va suhbatlar uyushtirib kelyapmiz. Uchrashuv ishtirokchilariga O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlari, shuningdek sohaga oid boshqa qonun va qonunosti me&#8217;yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan targ\u2018ibot va tushuntirish ishlari o\u2018tkazilyapti. Qolaversa tuman jamiyatining huquqiy maslahatxonasi orqali iste&#8217;molchilarga bepul huquqiy maslahatlar berib kelinmoqda. Jumladan o\u2018tgan yilda jamiyat rahbari qabuliga kelgan 55 nafar, huquqiy himoya bo\u2018yicha mutaxassis qabuliga kelgan 28 nafar fuqarolarning sohaga oid muammolarini hal qilishda amaliy yordamlar ko\u2018rsatilib, bepul huquqiy maslahatlar hamda amaldagi qonunchilik bo\u2018yicha tushuntirishlar berildi.<\/p>\n<p>Olib borayotgan bu kabi ishlarimizni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish ishlarini ham uzluksiz davom ettirmoqdamiz. Hususan hududiy birlashmaning istemolchi-info.uz rasmiy sayti va telegramdagi istemolchiinfouz kanali hamda Facebook, Instagramdagi istemolchi-info sahifalarida, Federatsiya muassisligidagi \u201cIste`mol madaniyati\u201d respublika gazetasida hamda Toshloq tuman hokimligining \u201cToshloq tongi\u201d ro\u2018znomasida doimiy chiqishlar qilib kelmoqdamiz. Bundan tashqari Farg\u2018ona viloyat teleradiokompaniyasi hamda uning radioguruhi bilan hamkorlikda turli ko\u2018rsatuv va eshittirishlar tayyorlash orqali fuqarolarga qonunlarimiz mohiyati tushuntirib borilayotir.<\/p>\n<p>Joriy yilda ham bu kabi ishlarni davom ettirgan xolda eng avvalo fuqarolarimizning iste&#8217;molchi sifatidagi xaq-huquqlarini yanada yaxshi anglashlariga ko\u2018maklashish, muammolarga duch kelgan taqdirda ularni bartaraf etishda qonunlarga tayangan holda ish ko\u2018rishni maqsad qilganmiz.<\/p>\n<p><strong>Husnidaxon Yakubova<\/strong><br \/>\nToshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson manfaatlari hamisha ustuvor yurtimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni qo\u2018llab-quvvatlash borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Davlatimiz rahbarining\u00abXalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak\u00bb degan iboralari bugungi kunda barcha korxona-tashkilotlarning shioriga aylanib borayotir. Hususan bizning Toshloq tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ham tuman aholisining iste&#8217;molchilik huquqlarini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4205,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-4204","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":232,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4204"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4204"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4204\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4206,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4204\/revisions\/4206"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4205"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4204"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4204"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4204"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}