{"id":4243,"date":"2022-01-19T13:33:07","date_gmt":"2022-01-19T10:33:07","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=4243"},"modified":"2022-01-19T13:33:07","modified_gmt":"2022-01-19T10:33:07","slug":"istemol-madaniyati-%d0%b3%d0%b0%d0%b7%d0%b5%d1%82%d0%b0%d1%81%d0%b8-%d0%b1%d0%b5%d1%88-%d1%91%d1%88%d0%b3%d0%b0-%d1%82%d1%9e%d0%bb%d0%b4%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/4243","title":{"rendered":"\u201cISTE\u2019MOL MADANIYATI\u201d gazetasi besh yoshga to\u2018ldi"},"content":{"rendered":"<h5>Bundan besh yil avval, 2017 yilning 18 yanvarida O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi muassisligidagi \u201cISTE\u2019MOL MADANIYATI\u201d ijtimoiy-huquqiy, ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy gazetasining nishona soni chop etilib, o\u2018quvchilar e&#8217;tiboriga taqdim etilgan edi.<\/h5>\n<p>Gazeta ilk sonidanoq o\u2018quvchilar, ijodkorlar, matbuot vakillarining e&#8217;tibor va e&#8217;tirofiga sazovor bo\u2018ldi. Buni o\u2018sha davrda yurtimizda esa boshlangan matbuot va so\u2018z erkinligi epkini, muassis tomonidan berilgan o\u2018rinli tavsiyalar, tajribali jurnalist va huquqshunoslar, dizaynerlarning nashrimizga jalb etilgani bilan izohlash mumkin.<\/p>\n<p>Tahririyatning professional jurnalistlardan iborat ixcham jamoasi mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, huquqiy islohotlar jarayonini, ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy o\u2018zgarishlarni tahlil etish, iste&#8217;molchilarni o\u2018ylantirib kelayotgan muammolarni jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish, OQILONA TEJAMKORLIKKA ASOSLANGAN YuKSAK ISTE&#8217;MOL MADANIYaTINI targ\u2018ib etishga katta ishtiyoq bilan kirishdi. Jamoatchilik nazoratining ta&#8217;sirchan usullarini tatbiq etishga asosiy e&#8217;tiborni qaratdi.<\/p>\n<p>Federatsiya faoliyatida oshkoralik va shaffoflikni ta&#8217;minlash maqsadida jamoatchilikka federatsiya faoliyatiga doir ma&#8217;lumotlarni batafsil yetkazish, joylarda iste&#8217;molchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni muntazam, tizimli yoritishga e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Tahririyat o\u2018z Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiq:<\/p>\n<p>&#8212; dolzarb ijtimoiy-siyosiy, huquqiy muammolarga doir tahliliy maqolalar chop etib kelmoqda;<\/p>\n<p>&#8212; iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishning mustahkam huquqiy bazasini tashkil etish va iste&#8217;mol bozorini tartibga solish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatini muntazam targ\u2018ib etmoqda;<\/p>\n<p>&#8212; iste&#8217;molchilarning huquq va erkinliklarini ta&#8217;minlash muammolariga keng jamoatchilikning e&#8217;tiborini qaratishga ustuvor ahamiyat berib kelmoqda;<\/p>\n<p>&#8212; fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, aholining, birinchi navbatda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga doir targ\u2018ibot maqolalarga katta o\u2018rin berilmoqda;<\/p>\n<p>&#8212; Federatsiya faoliyatida oshkoralik va shaffoflikni ta&#8217;minlash maqsadida jamoatchilikka federatsiya faoliyatiga doir ma&#8217;lumotlarni batafsil yetkazishga e&#8217;tibor qaratilmoqda. Federatsiyaning joylarda iste&#8217;molchilar qonuniy huquq va manfaatlarini ta&#8217;minlash, profilaktika va targ\u2018ibot ishlarini tashkil qilishga oid faoliyati muntazam yoritib kelinayapti.<\/p>\n<p>&#8212; NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega bo\u2018lgan qonunchilik talablaridan kelib chiqib, Federatsiyaning davlat va nodavlat tuzilmalar bilan hamkorligi keng yoritilmoqda;<\/p>\n<p>&#8212; Huquqiy mavzudagi maqolalar muntazam berib borilmoqda, yangi qonun hujjatlarini aholining barcha qatlamlariga tushunarli tarzda yetkazishga e&#8217;tibor qaratilmoqda.<br \/>\nJamoaning asosiy qismini huquqiy yo\u2018nalishda ijod qiluvchi jurnalistlar tashkil etgani bois, gazetada iste&#8217;molchilarning huquqiy himoyalanish darajasini oshirishning ta&#8217;sirchan mexanizmlarini yaratish, iste&#8217;mol tovarlarining zarur sifati va xavfsizligini ta&#8217;minlash muammolariga bag\u2018ishlangan tanqidiy tahlil, amaliy takliflarga tayanilgan maqolarga keng o\u2018rin berilayapti.<\/p>\n<p>Gazeta nomi, faoliyat maqsadidan kelib chiqib har bir sonda iste&#8217;mol madaniyatiga doir tavsiyalar, maslahatlar berib borilmoqda. Targ\u2018ibotning ta&#8217;sirchan usullaridan foydalanilmoqda.<br \/>\nGazeta sahifalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ\u2018ib etuvchi maqolarga ham munosib o\u2018rin ajratib kelinayapti. Xususan, jamiyatda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga hissa qo\u2018shish maqsadida gazetaning har bir sonida o\u2018zbek va jahon adabiyotidan sara hikoyalar e&#8217;lon qilib kelinayapti.<\/p>\n<p>O\u2018ylaymizki, tahririyat jamoasi bundan keyin ham umumiy madaniyatning ajralmas qismi bo\u2018lgan iste&#8217;mol madaniyatini faol targ\u2018ib etishda davom etadi. Yurt ravnaqi, xalq farovonligiga to\u2018siq bo\u2018lishi mumkin bo\u2018lgan har qanday ijtimoiy muammoga o\u2018zining murosasiz munosabatini ochiq bildiradi.<\/p>\n<p>Ushbu sana munosabati bilan O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi jamoasini, Federatsiya faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlab, soha rivojiga o\u2018z hissasini qo\u2018shib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!<\/p>\n<p><strong>Jahongir SARIMSOQOV,<\/strong><br \/>\nO\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bundan besh yil avval, 2017 yilning 18 yanvarida O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi muassisligidagi \u201cISTE\u2019MOL MADANIYATI\u201d ijtimoiy-huquqiy, ma&#8217;naviy-ma&#8217;rifiy gazetasining nishona soni chop etilib, o\u2018quvchilar e&#8217;tiboriga taqdim etilgan edi. Gazeta ilk sonidanoq o\u2018quvchilar, ijodkorlar, matbuot vakillarining e&#8217;tibor va e&#8217;tirofiga sazovor bo\u2018ldi. Buni o\u2018sha davrda yurtimizda esa boshlangan matbuot va so\u2018z erkinligi epkini, muassis tomonidan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4244,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-4243","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":436,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4243"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4243"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4243\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4245,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4243\/revisions\/4245"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4244"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4243"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4243"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4243"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}