{"id":4301,"date":"2022-01-31T16:03:47","date_gmt":"2022-01-31T13:03:47","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=4301"},"modified":"2022-01-31T16:03:47","modified_gmt":"2022-01-31T13:03:47","slug":"%d2%9b%d1%9e%d1%88%d0%bc%d0%b0-%d1%81%d0%b5%d1%81%d1%81%d0%b8%d1%8f-%d0%b1%d1%9e%d0%bb%d0%b8%d0%b1-%d1%9e%d1%82%d0%b4%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/4301","title":{"rendered":"Qo`shma sessiya bo`lib o`tdi"},"content":{"rendered":"<h5>Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo\u2018shma sessiyasida jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi viloyatdagi holat tanqidiy muhokama qilindi<\/h5>\n<p>Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo\u2018shma sessiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Viloyatda qonunchilik holati va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022 yilda ko\u2018riladigan chora-tadbirlar videokonferensaloqa shaklida o\u2018tkazilgan sessiyaning asosiy kun tartibini tashkil etdi.<\/p>\n<p>Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 2021 yil mobaynida viloyatda sodir etilgan jinoyatlar hamda jinoyatchilikni oldini olish borasida rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy-tanqidiy nutq so\u2018zladi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida yaratilayotgan qo\u2018shimcha imkoniyatlar, keng sharoitlarga qaramasdan, 2021 yil davomida viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlar 2020 yilga nisbatan oshganini qayd etgan viloyat rahbari, o\u2018g\u2018irlik, firibgarlik, transport vositasini olib qochish hamda og\u2018ir tan jarohatlari yetkazish kabi jinoyatlar ko\u2018plab sodir etilganiga sessiya ishtirokchilari e&#8217;tiborini qaratdi.<\/p>\n<p>Viloyatda sodir etilgan jinoyatlarning deyarli yarmi Farg\u2018ona va Qo\u2018qon shaharlariga to\u2018g\u2018ri kelayotgani ushbu shaharlar IIB rahbarlari hamda mahalla tizimi mutasaddilari tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlar tashkil etilmaganligi oqibatida kelib chiqqani qayd etildi. Shuningdek, Marg\u2018ilon va Quvasoy shaharlarida ham har yuz ming nafar fuqaroga sodir etilgan jinoyat soni viloyat ko\u2018rsatkichidan yuqori bo\u2018lgani ma&#8217;lum qilindi.<\/p>\n<p>Joylarda \u201cObod va xavfsiz mahalla\u201d tamoyili asosida ishlar to\u2018g\u2018ri tashkil etilmaganligi natijasida viloyatdagi jami 1055 ta mahallaning 991 tasida yoki 94 foizida jinoyat sodir etilishiga yo\u2018l qo\u2018yilgani keskin tanqid qilindi.<\/p>\n<p>Voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o\u2018rtasida ham jinoyat sodir etish holatlari o\u2018sib borayotgani, 2021 yil davomida jinoyatda ishtirok etgan maktab o\u2018quvchilarining soni 700 nafardan ortgani viloyat rahbari tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi.<\/p>\n<p>Viloyat hokimining, ikkitadan ortiq jinoyat sodir etilgan maktablar direktorlarini, shuningdek jinoyat soni ko\u2018p qayd etilgan mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlarini jinoyatchilikni oldini olish borasida yetarli ish tashkil qilmaganligi uchun vazifasidan olish mexanizmini yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha taklifi deputatlar tomonidan ma&#8217;qullandi.<\/p>\n<p>Xayrullo Bozorov, bundan buyon jinoyatchilikni oldini olish bo\u2018yicha yangicha yondashuvda ish tashkil qilinishini, viloyatdagi jinoyatga moyilligi bor hamda nochor oilalarning har biriga viloyat, shahar va tuman darajasidagi rahbarlardan biri doimiy biriktirib qo\u2018yilishi, ular bu oilalarining moddiy ahvolini va ma&#8217;naviy muhitini yaxshilashga shaxsan javobgar bo\u2018lishini, ushbu oilalarda jinoyat sodir etiladigan bo\u2018lsa, biriktirilgan mas&#8217;ulga ham vazifasidan ozod qilishgacha bo\u2018lgan intizomiy chora qo\u2018llanilishini ma&#8217;lum qildi.<\/p>\n<p>Viloyat hokimining birinchi o\u2018rinbosari Avaz O\u2018rinboev va viloyat hokimining o\u2018rinbosari Jamshid Muxtorov muqaddam sudlanganlar bilan birma bir ishlash, ularning doimiy bandligini hamda daromad manbasiga ega bo\u2018lishini ta&#8217;minlash bo\u2018yicha mas&#8217;ul etib belgilandilar.<\/p>\n<p>Kriminogen vaziyat bo\u2018yicha \u201cqizil\u201d toifaga kiritilgan 361 ta mahallada deputatlar ko\u2018chama ko\u2018cha aholi bilan uchrashib, jinoyatchilikning oldini olish bo\u2018yicha muhokama o\u2018tkazishlari belgilab berildi.<\/p>\n<p>Har oy jinoyatchilikning oldini olish bo\u2018yicha qilinayotgan ishlar bo\u2018yicha viloyat muhokama yig\u2018ilishi o\u2018tkazilishi, eng yaxshi natijalarga erishgan mahalla raislari, profilaktika inspektorlari hamda IIB vakillari rag\u2018batlantirilishi, salbiy ko\u2018rsatkichlar qayd etganlarga jazo choralalari qo\u2018llanilishiga kelishib olindi.<\/p>\n<p>Sessiyada viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov hamda viloyat IIB boshlig\u2018i Doniyor Toshxo\u2018jaevning kun tartibidagi masala yuzasidan hisobotlari tinglandi.<\/p>\n<p>Muhokamalarda deputatlar viloyatda jinoyatchilikni kamaytirish hamda oldini olish bo\u2018yicha o\u2018z takliflarini bildirdilar.<\/p>\n<p>Sessiyada ko\u2018rib chiqilgan masala yuzasidan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining tegishli qo\u2018shma qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p><strong>Viloyat hokimligi Axborot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><em>Suratlarni Muqimjon Qodirov olgan<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo\u2018shma sessiyasida jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi viloyatdagi holat tanqidiy muhokama qilindi Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo\u2018shma sessiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Viloyatda qonunchilik holati va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022 yilda ko\u2018riladigan chora-tadbirlar videokonferensaloqa shaklida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4302,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-4301","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":192,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4301"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4301"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4301\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4304,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4301\/revisions\/4304"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4302"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4301"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4301"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4301"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}