{"id":4467,"date":"2022-02-11T14:18:01","date_gmt":"2022-02-11T11:18:01","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=4467"},"modified":"2022-02-11T14:18:01","modified_gmt":"2022-02-11T11:18:01","slug":"%d0%b0%d2%b3%d0%be%d0%bb%d0%b8%d0%bd%d0%b8-%d1%80%d1%9e%d0%b9%d1%85%d0%b0%d1%82%d0%b3%d0%b0-%d0%be%d0%bb%d0%b8%d1%88%d0%b3%d0%b0-%d1%82%d0%b0%d0%b9%d1%91%d1%80%d0%b3%d0%b0%d1%80%d0%bb%d0%b8%d0%ba","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/4467","title":{"rendered":"Aholini ro\u2018yxatga olishga tayyorgarlik ko\u2018rish"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo\u2018mitasi huzuridagi Kadastr agentligi aholini ro\u2018yxatga olish ishtirokchilarini 2023-yilda asosiy aholini ro\u2018yxatga olishga tayyorgarlik ko\u2018rish va uni o\u2018tkazish uchun zarur kartografik materiallar bilan ta&#8217;minlaydi. Bunga Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining, tuman va shaharlar ma&#8217;muriy-hududiy xaritalari, shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari va mahallalarning sxematik rejalari kiritilgan. Aholini ro\u2018yxatga olishni o\u2018tkazishning tashkiliy rejasi hududiy komissiyalar tomonidan tumanlar, shaharlar va viloyatlar bo\u2018yicha alohida tuziladi.<\/h5>\n<p>Ro\u2018yxatga olish uchastkalarining chegaralari har bir ro\u2018yxatga olish uchastkasiga to\u2018g\u2018ri keladigan yuklama o\u2018rtacha 8 750 &#8212; 11 250 kishini hisobga olgan holda ma&#8217;muriy-hududiy bo\u2018linish yaxlitligini saqlash sharti bilan belgilanadi. Ro\u2018yxatga olish uchastkalari har bir instruktorga to\u2018g\u2018ri keladigan yuklamani (qishloq joylarda o\u2018rtacha 1 750 kishi va shaharlarda o\u2018rtacha 2 250 kishi) va aholi punktidagi aholi zichligini hisobga olgan holda instruktorlik uchastkalariga bo\u2018linadi. Instruktorlik uchastkalari har bir ro\u2018yxatga oluvchiga to\u2018g\u2018ri keladigan yuklama o\u2018rtacha 350 &#8212; 450 kishidan kelib chiqib hisob uchastkalariga bo\u2018linadi. Hududiy komissiyalar va respublika komissiyasi qaroriga asosan borish qiyin bo\u2018lgan va olis hududlarda hisob uchastkasidagi aholining soni o\u2018rtacha 250 nafardan iborat bo\u2018lishi mezon sifatida olinadi. Ayrim hollarda uchastkalarni tuzishda ro\u2018yxatga oluvchiga to\u2018g\u2018ri keladigan o\u2018rtacha yuklama belgilangan normalardan kam yoki ko\u2018p bo\u2018lishi mumkin. Hisob uchastkasi, instruktorlik va ro\u2018yxatga olish uchastkalari sonidan kelib chiqib ro\u2018yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlar soni aniqlanadi.<\/p>\n<p>Aholini ro\u2018yxatga olishni o\u2018tkazishga jalb qilingan xodimlar quyidagi toifalar bo\u2018yicha jalb qilinadi:<\/p>\n<p>Respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Qo\u2018mita markaziy apparati hamda Qo\u2018mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari, hududiy komissiyalar a&#8217;zolari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan birlamchi ma&#8217;lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlari xodimlari, tuman va shahar statistika bo\u2018limlari xodimlari va shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan tuman va shahar ro\u2018yxatga olish bo\u2018limlari hamda ro\u2018yxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlaridan iboratdir. Bundan tashqari normativ-huquqiy hujjatlar, qo\u2018llanma va ma&#8217;lumotnoma hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ro\u2018yxatga olishni moliyaviy va moddiy-texnik ta&#8217;minlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qo\u2018shimcha ravishda shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hokimliklari aholini ro\u2018yxatga olish uchun jalb etiladigan shaxslarni belgilangan talablar asosida tanlab oladi va ro\u2018yxatini shakllantiradi.<\/p>\n<p>Ro\u2018yxatga olishga tayyorgarlik ko\u2018rish jarayonida Qo\u2018mitaning hududiy statistika organlari tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi hududi shartli ravishda uy-joy ro\u2018yxatini tuzish uchastkalariga bo\u2018linadi, bunda uchastka chegaralari o\u2018rtacha 750 ta uy-joyni qamrab oladi. Uy-joylar ro\u2018yxatini tuzuvchilar sonini shakllantirishda ko\u2018zda tutilmagan holatlarni (betoblik, baxtsiz hodisalar, yuklatilgan vazifalarni to\u2018liq bajarmaslik va boshqalar) hisobga olgan holda asosiy tarkibga qo\u2018shimcha ravishda ish haqi to\u2018lanmagan holda 5 foiz miqdorida zaxira kadrlar shakllantiriladi.<\/p>\n<p>Har bir uy-joy ro\u2018yxatini tuzish uchastkalariga uy-joy ro\u2018yxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Uy-joy ro\u2018yxatini tuzuvchilar faoliyatini tuman ro\u2018yxatga olish bo\u2018limi boshlig\u2018i nazorat qiladi. Uy-joy ro\u2018yxatini tuzuvchilarni statistika organlari, uy-joy-kommunal xizmat ko\u2018rsatish tashkilotlari, kadastr idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olish tuman va shahar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda shartnoma asosida amalga oshiriladi. Uy-joylar ro\u2018yxatini tuzuvchilar 2022 yil 1 avgustdan 1 sentabrgacha bo\u2018lgan davrda maxsus o\u2018qitiladi hamda bino va uy-joylar ro\u2018yxatini tuzish uchun jalb etiladi.<\/p>\n<p>Uy-joy ro\u2018yxatini tuzuvchilar o\u2018z uchastkasini xatlovdan o\u2018tkazish davomida respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo\u2018lib turgan) yoki yashashi mumkin bo\u2018lgan barcha binolar ro\u2018yxatini aniqlaydi, kartografik materiallarni tekshiradi, ularga tegishli belgi qo\u2018yadi va zarur hollarda o\u2018zgartirishlar kiritish uchun kadastr idoralariga taqdim etadi.<\/p>\n<p><strong>Alisher Abdurazzaqov<\/strong><br \/>\nStatistika boshqarmasi bo\u2018lim boshlig\u2018i<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo\u2018mitasi huzuridagi Kadastr agentligi aholini ro\u2018yxatga olish ishtirokchilarini 2023-yilda asosiy aholini ro\u2018yxatga olishga tayyorgarlik ko\u2018rish va uni o\u2018tkazish uchun zarur kartografik materiallar bilan ta&#8217;minlaydi. Bunga Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining, tuman va shaharlar ma&#8217;muriy-hududiy xaritalari, shaharlar, shaharchalar, qishloq aholi punktlari va mahallalarning sxematik rejalari kiritilgan. Aholini ro\u2018yxatga olishni o\u2018tkazishning tashkiliy [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4468,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-4467","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":311,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4467"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4467"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4467\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4469,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4467\/revisions\/4469"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4468"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4467"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4467"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4467"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}