{"id":4559,"date":"2022-02-22T11:41:10","date_gmt":"2022-02-22T08:41:10","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=4559"},"modified":"2022-02-22T11:41:10","modified_gmt":"2022-02-22T08:41:10","slug":"%d0%b0%d2%b3%d0%be%d0%bb%d0%b8%d0%bd%d0%b8-%d1%80%d1%9e%d0%b9%d1%85%d0%b0%d1%82%d0%b3%d0%b0-%d0%be%d0%bb%d0%b8%d1%88-%d0%b1%d0%b8%d0%b7-%d1%83%d1%87%d1%83%d0%bd-%d0%bd%d0%b8%d0%bc%d0%b0%d1%81%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/4559","title":{"rendered":"Aholini ro\u2018yxatga olish biz uchun nimasi bilan muhim?"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi \u00abO\u2018zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro\u2018yxatga olishga tayyorgarlik ko\u2018rish va uni o\u2018tkazish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bbgi 710-sonli qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023 yilda aholini ro\u2018yxatga olish tadbiri o\u2018tkaziladi.<\/h5>\n<p>Respublikamizda oxirgi marta aholini ro\u2018yxatga olish ishlari amalga oshirilganligiga 30 yil bo\u2018ldi. Buning natijasida aholining haqiqiy hayot tarzini o\u2018rganish va ularga amaliy yordam ko\u2018rsatishda qator qiyinchiliklar vujudga keldi.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015 yilning 10 iyunida \u00ab2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro\u2018yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar\u00bb rezolyusiyasini qabul qildi. Unga ko\u2018ra, BMTga a&#8217;zo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro\u2018yxatga olishni o\u2018tkazishi belgilab qo\u2018yildi. Bugungi kunga kelib, MDH davlatlarida, shuningdek O\u2018zbekistonda ham bu jarayonga tayyorgarlik ishlari boshlandi.<\/p>\n<p>Aholini ro\u2018yxatga olish jarayoni uch bosqichni qamrab oladi.<br \/>\n<strong>Birinchisi<\/strong> &#8212; tayyorgarlik bosqichi. Bu uch yilga yaqin vaqt davom etadi.<\/p>\n<p>Bunda, aholini ro\u2018yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishi bo\u2018yicha aholi o\u2018rtasida targ\u2018ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda aholini ro\u2018yxatga olish bilan bog\u2018liq hujjatlar, jumladan, ro\u2018yxatga olish varaqalari, ro\u2018yxatga olishni tashkil etish va o\u2018tkazish, uning natijalarini olish va e&#8217;lon qilish metodologiyasini ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchisi<\/strong> &#8212; asosiy bosqich 10 kundan 60 kungacha davrni o\u2018z ichiga oladi. Bunda bevosita aholini ro\u2018yxatga olish amalga oshiriladi, ya&#8217;ni aholi to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar yig\u2018iladi, nazorat tekshiruvi o\u2018tkaziladi va ro\u2018yxatga olish materiallari topshiriladi.<\/p>\n<p><strong>Uchinchi<\/strong> &#8212; bosqichda aholini ro\u2018yxatga olishga doir birlamchi materiallarni ma&#8217;lumotlarni qayta ishlash bo\u2018yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi, olingan materiallar avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanib, birlamchi ma&#8217;lumotlarni avtomatlashtirilgan dasturlarga kiritish uchun kodlanadi, nazorat va tahrir qilinadi, aholini ro\u2018yxatga olish bo\u2018yicha dastlabki natijalar olinib, olingan natijalar e&#8217;lon qilinadi va tarqatiladi. Mazkur bosqich 2 yildan 3 yilgacha bo\u2018lgan davrda amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda aholini ro\u2018yxatga olish 2023 yil 1-25 noyabr kunlarida, shuningdek, respublikamizda aholini sinov tariqasida ro\u2018yxatga olish tadbiri 2021 yilning 1-25 noyabr kunlarida Andijon viloyatining Xo\u2018jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida amalga oshirilishi belgilab berilgan.<\/p>\n<p>Ro\u2018yxatga olishni tashkil etilishida asosan MDH davlatlaridan Belorussiya, Rossiya tajribalaridan foydalanildi. Aholini ro\u2018yxatga olish bir oy davom etsa, birlamchi natijalar 2024 yilda e\u2019lon qilinadi.<br \/>\nRo\u2018yxatga olish jarayonida har bir ro\u2018yxatga oluvchiga aholi punktining xaritasidan kelib chiqqan holda 350-450 kishidan, borishi qiyin bo\u2018lgan va olis hududlarda aholining soni o\u2018rtacha 250 nafardan taqsimot qilib beriladi. Ro\u2018yxatga oluvchi 12 kun muddat ichida belgilangan aholini tasdiqlangan shakllar asosida uyma-uy yurgan holda ro\u2018yxatga olib chiqadi. Olingan ma&#8217;lumotlarning sir saqlanishi kafolatlanadi. To\u2018ldirilayotgan shakllarda har bir shaxs to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlardan tashqari, turar joyning xususiyatlari, ya&#8217;ni yashash joyida mavjud qulayliklar, shu jumladan sanitariya-gigienik sharoitlar, uy xo\u2018jaligi a&#8217;zolari tomonidan uzoq vaqt mobaynida foydalaniladigan vositalar bilan ta&#8217;minlanganligi to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar ham olinadi.<\/p>\n<p>Aholini ro\u2018yxatga olishda birinchidan, aholi soni to\u2018g\u2018risidagi aniq ma&#8217;lumotga ega bo\u2018lamiz, ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy ko\u2018rsatkichlar, demografik holat, aholining jinsi, yoshi, millati bo\u2018yicha ma&#8217;lumotlarni olamiz. Ushbu ko\u2018rsatkichlar iqtisodiy rivojlanish dasturlari belgilanishida yordam beradi.<\/p>\n<p>Hozirgi paytda dunyoning deyarli barcha davlatlarida aholini ro\u2018yxatga olish ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonni muvaffaqiyatli va to\u2018laqonli bajarish bilan birgalikda respublikamizning har bir aholi punktlari bo\u2018yicha yagona axborot bazasi yaratiladi.<\/p>\n<p><strong>Alisher Abdurazakov,<\/strong><br \/>\nFarg\u2018ona viloyati statistika boshqarmasi bo\u2018lim boshlig\u2018i<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi \u00abO\u2018zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro\u2018yxatga olishga tayyorgarlik ko\u2018rish va uni o\u2018tkazish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bbgi 710-sonli qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023 yilda aholini ro\u2018yxatga olish tadbiri o\u2018tkaziladi. Respublikamizda oxirgi marta aholini ro\u2018yxatga olish ishlari amalga oshirilganligiga 30 yil bo\u2018ldi. Buning natijasida aholining haqiqiy hayot tarzini o\u2018rganish va ularga amaliy [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4560,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-4559","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":392,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4559"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4559"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4559\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4561,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4559\/revisions\/4561"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4560"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4559"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4559"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4559"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}