{"id":4716,"date":"2022-03-16T14:06:52","date_gmt":"2022-03-16T11:06:52","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=4716"},"modified":"2022-03-23T07:15:33","modified_gmt":"2022-03-23T04:15:33","slug":"%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d1%82%d1%9e%d0%bb%d0%b0%d2%9b%d0%be%d0%bd%d0%bb%d0%b8-%d0%bc%d0%b0%d1%8a%d0%bb%d1%83%d0%bc%d0%be%d1%82-%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/4716","title":{"rendered":"Iste&#8217;molchining to\u2018laqonli ma&#8217;lumot olish huquqi ta&#8217;minlab berilmasligi kelgusida turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqaraveradi"},"content":{"rendered":"<h5>Bag\u2018dod tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Samarqand qishlog\u2018ida yashovchi Q. G\u2018oziyevdan murojaat kelib tushgandi. Murojaatda iste&#8217;molchi bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash sharti bilan sotib olingan suv purkagichda nuqson chiqqanligi, sotuvchi esa nuqsonli tovarni boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib bermayotganligi ma&#8217;lum qilinadi.<\/h5>\n<p>O\u2018rganishda ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, Q.G\u2018oziyev tuman hududida faoliyat olib borayotgan \u201cISHONCH\u201d savdo markazidan RTRMAX RTM 709 yuqori bosimli suv purkagichni 1704584 (bir million yetti yuzi to\u2018rt ming besh yuzi sakson to\u2018rt) so\u2018mga, tovar narxini bir yil davomida bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash sharti bilan xarid qilgan. Tovardan foydalanish jarayonida unda nuqsonlar kuzatilgach, savdo markaziga uni boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirish masalasida murojaat qilgan, lekin savdo markazi mas&#8217;ullari nuqsonli tovar almashtirilmasligi, balki servis markazida ta&#8217;mirlanishi yuzasidan tushuntirish berish bilan masalani hal qilishga uringanlar.<\/p>\n<p>Haqiqatan ham sotuvchilar yuqoridagi kabi holatlar yuzaga kelganda: &#171;Tovarni men ishlab chiqarmaganmanku, ana servis markaziga boring?&#187;, &#8212; deyish bilan masalani hal qildik, deb hisoblashadi. Natijada kichkinagina muammo kattalashib boraveradi.<\/p>\n<p>Agar sotuvchi qonun bo\u2018yicha o\u2018zining huquqlarini yaxshi bilsa, majburiyatlari borligini ham unutmasligi kerak. Aynan, &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 5-moddasida sotuvchi iste&#8217;molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko\u2018rsatishning qoidalari to\u2018g\u2018risida to\u2018liq ma&#8217;lumot berishi shartligi, 6-moddasida esa tovar(lar) haqida o\u2018z vaqtida zarur, to\u2018g\u2018ri va tushunarli ma&#8217;lumot berishi shartligi belgilab qo\u2018yilgan. Tovar haqidagi ma&#8217;lumot ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular iste&#8217;molchidan da&#8217;vo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, ta&#8217;mirlashlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko\u2018rsatadigan korxonalarning manzillari to\u2018g\u2018risida berilishi shart bo\u2018lgan ma&#8217;lumotlarni ham o\u2018z ichiga oladi. Biroq kundalik turmush jarayonidagi oldi-sotdida sotuvchi mahsulotini tezroq sotishga intilganidek, xaridor ham o\u2018zi tomonidan xarid qilingan yangi tovarni tezroq uyiga eltib, undan ko\u2018zda tutilgan maqsadlarda foydalanishga shoshiladi. Natijada bunday holatlarda bajarilishi lozim bo\u2018lgan ishlar ketma-ketligi yo chalkashib ketadi yoki umuman bajarilmasdan qoladi. Lekin sotuvchi, har qanday sharoitda ham, o\u2018ziga yuklatilgan majburiyatlarni to\u2018laqonli bajarishga intilishi kerak. Bu esa kelgusida kelib chiqishi mumkin bo\u2018lgan ko\u2018p muammo va tushunmovchiliklarni oldini oladi.<\/p>\n<p>Endi yuqoridagi murojaatni o\u2018rganish ishlariga qaytsak. Qonunning 13-moddasi birinchi qismida &#171;agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o\u2018tilmagan bo\u2018lsa&#187;, degan jumla bor. Sotuvchining amaldagi qonun 5 va 6-moddalarining yuqorida sanab o\u2018tilgan talablari bajarilmagan yoki to\u2018laqonli bajarilmagan holatlar esa, biror muammo yoki nizoli holat kelib chiqqan holatlarda, ushbu holatga qonuniy yechim topilishida uni aynan &#171;agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o\u2018tilmagan bo\u2018lsa&#187;, degan norma bilan ko\u2018rib chiqilishiga sabab bo\u2018ladi. Natijada iste&#8217;molchida, ayrim protseduralarni chetlab o\u2018tib, to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri 13-moddaning birinchi qismida sanab o\u2018tilgan 5 ta huquqni ro\u2018yobga chiqara olish imkoniyati vujudga keladi. Bulardan biri esa sotuvchiga tovarni almashtirish talabini qo\u2018yilishidir.<\/p>\n<p>Endi ushbu holat yuza kelganda, sotuvchiga nuqsonli tovarni sotuvchidan qabul qilib olib, uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qo\u2018shimcha ravishda tekshirish zarur bo\u2018lganida esa, iste&#8217;molchi talab qo\u2018ygan paytdan e&#8217;tiboran yigirma kun ichida almashtirib berish majburiyati yuklatiladi. Agar ushbu majburiyat o\u2018z muddatlarida bajarilmasa, sotuvchi o\u2018tkazib yuborilgan har bir kun uchun tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to\u2018lashiga olib keladi.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchi Q.G\u2018oziyevning murojaatini o\u2018rganish jarayonida qonun talablari yuzasidan berilgan shu kabi tushuntirishlar natijasida, nuqsonli tovar iste&#8217;molchidan qaytarib olinib, o\u2018rniga xuddi shu rusumdagi, maqbul sifatdagi boshqa yuqori bosimli suv purkagich yetkazib berilishiga erishildi.<\/p>\n<p><strong>Dilorom Mirzayeva<\/strong><br \/>\nBag\u2018dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bag\u2018dod tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Samarqand qishlog\u2018ida yashovchi Q. G\u2018oziyevdan murojaat kelib tushgandi. Murojaatda iste&#8217;molchi bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash sharti bilan sotib olingan suv purkagichda nuqson chiqqanligi, sotuvchi esa nuqsonli tovarni boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib bermayotganligi ma&#8217;lum qilinadi. O\u2018rganishda ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, Q.G\u2018oziyev tuman hududida faoliyat olib borayotgan \u201cISHONCH\u201d savdo markazidan RTRMAX RTM 709 yuqori bosimli [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4717,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-4716","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":152,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4716"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4716"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4716\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4775,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4716\/revisions\/4775"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4717"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4716"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4716"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4716"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}