{"id":5369,"date":"2022-05-19T07:11:17","date_gmt":"2022-05-19T04:11:17","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=5369"},"modified":"2022-05-19T12:18:39","modified_gmt":"2022-05-19T09:18:39","slug":"%d0%b6%d0%b0%d2%b3%d0%be%d0%bd-%d0%bc%d0%b0%d0%b9%d0%b4%d0%be%d0%bd%d0%b8%d0%b4%d0%b0-%d1%8f%d0%bd%d0%b3%d0%b8-%d1%9e%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%be%d0%bd%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/5369","title":{"rendered":"Jahon maydonida Yangi O\u2018zbekistonning yangicha qiyofasi"},"content":{"rendered":"<h5>Aholini ro\u2018yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o\u2018zi uchun zarur bo\u2018lib, u vaqti-vaqti bilan o\u2018z-o\u2018zini ko\u2018zguda ko\u2018rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro\u2018yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o\u2018zi haqidagi ma&#8217;lumotlarni taqdim eta turib, o\u2018zlari mansub bo\u2018lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.<\/h5>\n<p>Misol uchun, ishsizlarning so\u2018rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o\u2018rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o\u2018rinlari yaratish imkonini bersa, bolalar soni to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar maktab, maktabgacha ta&#8217;lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda qo\u2018l keladi.<\/p>\n<p>Yosh haqidagi ma&#8217;lumotlar pensiyaga chiqadiganlar soni, ularning pensiya to\u2018lovlari uchun zarur bo\u2018ladigan mablag\u2018larni jamg\u2018arib borish imkonini beradi. Har yili maktabgacha ta&#8217;lim, umumta&#8217;lim maktablari yoki oliy ta&#8217;limga qabul qilinadigan yoshlar to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar ham xuddi shunday shakllanadi.<\/p>\n<p>Yashash joyi to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo\u2018llar qurilishi, kommunikasiyalar bilan ta&#8217;minlashni rejalashtirish uchun zarur.<\/p>\n<p>Ushbu tadbirlarning ahamiyatli jihati shundaki, ular orqali nafaqat o\u2018zimiz, balki kelajak avlod uchun muhim ma&#8217;lumotlarni to\u2018plashga erishamiz. Aholini ro\u2018yxatga olish natijalari mamlakatimizning keyingi demografik va ijtimoiy siyosatini beligilash bilan birga, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari hamda dasturlarini tuzishda keng qo\u2018llaniladi. Keyingi o\u2018n yillikka mo\u2018ljallangan oilalarni qo\u2018llab-qo\u2018vvatlashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni shakllantirish, shifoxonalar, bolalar bog\u2018chalari, maktablar va uy-joy qurilishini rejalashtirishda foydalaniladi.<\/p>\n<p>Ro\u2018yxatga olish natijasida shakllantiriladigan mamlakatdagi ish beruvchilar haqidagi ma&#8217;lumotlar xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va rag\u2018batlantirishga yo\u2018l ochadi. Biznes vakillari ro\u2018yxatga olish ma&#8217;lumotlari orqali mehnat hamda iste&#8217;mol bozorining holatini baholash, talab va takliflar ehtiyojini aniqlash imkoniga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bir so\u2018z bilan aytganda, aholi to\u2018g\u2018risida to\u2018planadigan ma&#8217;lumotlar barcha sohalarni rivojlantirib, mamlakatni yanada taraqqiy ettirishga, jahon maydonida Yangi O\u2018zbekistonning yangicha qiyofasini aks ettiruvchi omil bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p><strong>A.Abdurazakov<\/strong><br \/>\nFarg\u2018ona viloyati statistika boshqarmasi bo\u2018lim boshlig\u2018i<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aholini ro\u2018yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o\u2018zi uchun zarur bo\u2018lib, u vaqti-vaqti bilan o\u2018z-o\u2018zini ko\u2018zguda ko\u2018rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro\u2018yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o\u2018zi haqidagi ma&#8217;lumotlarni taqdim eta turib, o\u2018zlari mansub bo\u2018lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Misol uchun, ishsizlarning so\u2018rovnomadagi javoblari mehnat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5370,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-5369","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":154,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5369"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5369"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5369\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5371,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5369\/revisions\/5371"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5370"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5369"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5369"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5369"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}