{"id":5372,"date":"2022-05-19T13:42:36","date_gmt":"2022-05-19T10:42:36","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=5372"},"modified":"2022-05-19T13:42:36","modified_gmt":"2022-05-19T10:42:36","slug":"%d0%bc%d1%83%d1%81%d1%82%d0%b0%d2%9b%d0%b8%d0%bb-%d1%82%d1%83%d1%80%d0%b8%d0%b7%d0%bc-%d1%83%d1%87%d1%83%d0%bd-%d1%8f%d1%80%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%bb%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d1%8f%d1%85%d1%88%d0%b8-%d1%88","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/5372","title":{"rendered":"Mustaqil turizm uchun yaratilgan yaxshi sharoit &#8212; turizmning har qanday shakli muvaffaqiyatini ta&#8217;minlaydi"},"content":{"rendered":"<h5>Biror-bir bir joyda turizmning har qanday shakllari keng rivoj topishi uchun o\u2018sha joyning turizmga xizmat qiluvchi infratuzilmasi, eng avvalo, turistlar tartibli guruhlarining emas, balki mustaqil turizmning nuqtai nazaridan kelib chiqib shakllantirilishi kerak, deb hisoblayman.<\/h5>\n<table width=\"900\">\n<tbody>\n<tr>\n<td width=\"236\">&nbsp;<\/td>\n<td width=\"387\">\n<h6><strong>Mustaqil turizm \u2014 turistlar tomonidan turoperatorlar va turagentlar ishtirokisiz mustaqil ravishda tashkil etiladigan sayohat (\u201cTurizm to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun, 3-modda, 18.07.2019 yildagi O\u2018RQ-549-son)<\/strong><\/h6>\n<\/td>\n<\/tr>\n<\/tbody>\n<\/table>\n<p>Ya&#8217;ni turizm bilan bog\u2018liq infrastruktura: yo\u2018llar, ko\u2018rsatkichlar, mehmonxonalar, transport, savdo va xizmat ko\u2018rsatish ob&#8217;ektlarini topish, ulardan foydalanish, bir joydan ikkinchi joyga ko\u2018chish bilan bog\u2018liq harakatlar turistning o\u2018zi tomonidan, mustaqil, mutaxassis (gid) yoki o\u2018zgalarning yordamisiz amalga oshira olinadigan darajada bo\u2018lishiga intilish kerak. Quyida bildiriladigan fikrlar shaxsiy kuzatuvlar asosida shakllangan sub&#8217;ektiv qarashlarni o\u2018z ichiga olishini eslatib o\u2018tishni joiz deb bilaman va tezkor zamonamizda agar qaysidir bildirilgan fikr yoki taklif bo\u2018yicha ishlar amalga oshirib bo\u2018lingan yoki amalga oshirish boshlangan bo\u2018lsa ham, kaminani ma&#8217;zur tutgaysiz.<\/p>\n<p><strong>Soddadan murakkabga &#8230;<\/strong><\/p>\n<p>Biz yurtimizda turizmni rivojlantirishda bu sohada ilg\u2018or davlatlar tajribasidan andozalar olishimiz, ulardan amaliyotda foydalanishimiz mumkin va bu, albatta, to\u2018g\u2018ri. Lekin xorij tajribasini barcha birdek va to\u2018g\u2018ri qo\u2018llay olishi uchun aholida shunga mos ravishdagi bilim va tajriba ham talab qilinadi. Soatdagi qaysidir mexanizmning ishdan chiqishi yoki talab darajasida ishlamasligi soat o\u2018z asosiy funksiyasini bajara olmasligiga olib kelishi yoki vaqtni ko\u2018rsatishda chalkashliklarni keltirib chiqarganidek, tegishli bilim va tajribaga ega bo\u2018lmagan odamlar ommasining muayyan bir sohada ilgari surilayotgan yangilikni, yangi g\u2018oyani, yangi ish usulini amaliyotda ishlata olmasligi, keyinchalik uni begona, ortiqcha, kerakmas buyumdek nazardan chetda qolib ketishiga ham olib kelishi mumkin. Bunday bo\u2018lmasligi uchun esa turizm infratuzilmasini soddadan murakkabga usulida shakllantirilishi o\u2018zining ijobiy natijasini ko\u2018rsata oladi, deb o\u2018ylayman.<\/p>\n<p>Har narsaning foydalanilishi, amaliyotda keng qo\u2018llanishi, tushunib olinishi uchun sodda bo\u2018lishiga e&#8217;tibor qaratish muhim. Masalan, odamlar bir qarashda ajratib oladigan, uzoqdan ham farqlay oladigan ranglardan unumli foydalanishni olaylik. Men bu kabi yondashuvni Janubiy Koreya Respublikasida bo\u2018lganimda Seul metrosida ko\u2018rgandim. Muayyan yo\u2018nalishga berilgan rangdan metroning nafaqat xaritasida, balki o\u2018sha yo\u2018nalishga taalluqli yozuvlar, ko\u2018rsatkichlarda ham foydalanilishi, Siz o\u2018zingiz uchun kerak bo\u2018lgan yo\u2018nalishda harakatlanayotganligingizni bildirib turadi.<\/p>\n<p>Demak, turizm bilan bog\u2018liq infratuzilmani tashkillanishida ranglarning odam tomonidan tez ilg\u2018anishi va berilmoqchi bo\u2018lgan axborotni tez qabul qilinishida muhim rol&#8217; o\u2018ynashidan kelib chiqilishi kerak.<\/p>\n<p><strong>Bepul reklama<\/strong><\/p>\n<p>Bugun har kimning qo\u2018lida mobil telefon. Mehmonxona, oshxona, tarixiy obida, muzey, qo\u2018yingki turizmga bog\u2018liq bo\u2018lgan va hatto bo\u2018lmagan biror ob&#8217;ektga tashrif buyurgan mehmonlarning aksariyati shu yerlarda olgan fotolarini telefon xotirasiga muhrlashga, shu vaqtni o\u2018zida ushbu fotolarni va o\u2018zining olgan taassurotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi o\u2018z sahifalariga joylashga, do\u2018stlari, yaqinlari bilan bo\u2018lishishga intiladi. Birgina misol. Asosan foydalanuvchilar fotolarini joylab, o\u2018z taassurotlari bilan o\u2018rtoqlashib, postlar qoldiradigan ijtimoiy tarmoqlardan feysbuk yoki instagramda foydalanuvchi ayni vaqtda qaerdaligini ham postiga ilova qilishi (lokatsiya yoki mestopolojenieni belgilashi) tarqatilayotgan postning ta&#8217;sirchanligini oshiradi va kengroq tarqalishiga zamin yaratadi. Shundan kelib chiqqan holda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o\u2018z postlariga joy o\u2018rni (mestopolojenie)ni ham belgilashga intiladilar. Bu narsa nafaqat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisiga manfaatli, o\u2018sha ob&#8217;ektlarni bepul reklama qilinishiga ham sabab bo\u2018ladi. Lekin bugungi kunda mamlakatimizdagi barcha turistik ob&#8217;ektlarda ham ijtimoiy tarmoqlarda qo\u2018yiladigan postlarga joy o\u2018rnini belgilashni, ilova qilishni imkoniyati yo\u2018q.<\/p>\n<p><strong>Musiqaning sehrli kuchi<\/strong><\/p>\n<p>Quloqlarimiz yuqori desibelli, gumbira-gumbir musiqayu qo\u2018shiqlarga moslashib qolgan bo\u2018lsada, lekin hali odamzot qalbining tub-tubida past ohangdagi, jonli ijro etiladigan musiqani, jonli ovozda ijro etiladigan qo\u2018shiqni eshitishga ishtiyoq so\u2018nib ulgurmagan deb o\u2018ylayman. Shundan bo\u2018lsa kerak, chaqaloqlar hozirgi shiddatli zamonda tug\u2018ilgan bo\u2018lishlariga qaramasdan onasining jonli ijrodagi allasini eshitish asnosida, hali hanuz uyquga bas kela olmayaptilar. Oshxonayu yemakxonalar egalari ko\u2018proq mijozlarni jalb qilishda jonli musiqayu qo\u2018shiqning magnitdek o\u2018ziga tortuvchi xususiyatidan foydalansalar bo\u2018lmaydimi? Bu nafaqat turist jalb qilish, balki yangi ish o\u2018rinlari, yangi-yangi talantlarni, o\u2018rin olmaganlar norozi bo\u2018lib yuradigan tanlovlarda emas, balki haqiqiy shinavandalarning sinovlaridan o\u2018tib, el ichidan yetishib chiqishiga imkoniyat hamdir.<\/p>\n<p>Milliy musiqalarimiz tarixiy obidalar (balki ziyoratgoh joylarni bunga qo\u2018shib bo\u2018lmas) hududlarida ham, past ovozda, yoqimli bo\u2018lgan tovush balandligida tinimsiz yangrab turmog\u2018i kerak. Va takror aytish kerakki, repertuarda faqat milliy, klassik musiqalar bo\u2018lishi kerak. Faqat bunda turistik ob&#8217;ektning bitta joyiga qo\u2018yilgan ovoz kuchaytirgich (dinamik) bilan kerakli samaraga erishib bo\u2018lmaydi, sababi musiqani butun ob&#8217;ekt bo\u2018ylab yetkazib berilishi uchun juda katta tovush balandligidan foydalanishga to\u2018g\u2018ri keladi va bu kerksiz shovqin-suronni keltirib chiqaradi. Ko\u2018plab kichik-kichik dinamiklarni ob&#8217;ektning butun maydoni bo\u2018ylab joylashtirilishi bilangina tegishli samaraga erishish mumkin.<\/p>\n<p><strong>Xarassment bo\u2018yicha tushuncha shartmi?<\/strong><\/p>\n<p>Ayrim davlatlar o\u2018z yurtlariga tashrif buyurayotgan turistlarning bir soatgina vaqtlarini olib, ularga xarassment, ya&#8217;ni yerli xalq nimalarni yoqtiradi, nimalarni yoqtirmaydi, bu yerda qanday harakatlarni qilish nojoiz, agar sizga nisbatan qandaydir harakatlarni qilinsa, bu hurmat ma&#8217;nosini anglatishi va hakozo masalalarda qisqagina tushuntirish berib qo\u2018yadilar. Aytaylik, bolasi bilan ro\u2018parangizdan chiqqan insonning qo\u2018lidagi bolasiga qandaydir kulgili harakatlar qilish, uni yuzidan chimdib qo\u2018yish, peshonasidan o\u2018pib qo\u2018yish kabi harakatlar bizda to\u2018g\u2018ri qabul qilinsa, qaysidir xalqlarda yoki davlatlarda notanish shaxsning bunday harakatlari bolaga nisbatan tajovuz sifatida qabul qilinishi mumkin.<\/p>\n<p>Mamlakatimizning o\u2018zidayam hududlar aholisining turli-turli urf odatlari ko\u2018p. Qaysidir hududimizda bir holat to\u2018g\u2018ri qabul qilinsa, qaysinisida esa qabul qilinmasligi mumkin. Shu nuqtai nazardan, mamlakat uchun umumlashgan bitta (chetdan kelayotgan turistlar uchun) va odatlar keskin farq qiladigan hududlar uchun ham alohida shunday qoidalar yoki ko\u2018rsatmalar majmuasi ishlab chiqilib, o\u2018sha hududga kirish oldidan mehmonlarga qisqacha tushuntirishlar berib qo\u2018yilsa, bu narsa mehmon va mahalliy aholini bir-biriga mehrini yanada oshirgan, turizmniyam samaraliroq bo\u2018lishini ta&#8217;minlagan bo\u2018lar edi.<\/p>\n<p><strong>Ko\u2018rsatkichlardagi yozuvlarni qaysi tilda takrorlagan ma&#8217;qul?<\/strong><\/p>\n<p>Bugun jahon tillari ichida eng zaruri bu ingliz tili. Ushbu tilni egallagan odam dunyoning istalgan davlatiga borsa, ko\u2018chada qolib ketmaydi. Shu nuqtai nazardan, ham dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan barcha turistlarning ko\u2018nglini birday topish, ham aholimizniyam bu tilga o\u2018rgatishni yo\u2018lga qo\u2018yish uchun ko\u2018cha-kuydagi joylar, korxona, tashkilotlar nomlari va boshqa ko\u2018rsatkichlar davlat (o\u2018zbek) tilida yozilib, tarjimasi ingliz tilida takrorlanishi bizga bir o\u2018q bilan ikkita quyonni urish imkoniyatini beradi, deyish mumkin. Bunda turist o\u2018z manzilini qiynalmay topsa, oshxona, nonvoyxona, ko\u2018cha, uy va hakozo so\u2018zlarni inglizchasini har kun har soatda ko\u2018ravergan aholimizning ham o\u2018sha tildagi so\u2018zlar bo\u2018yicha lug\u2018at boyligi oshib boradi va tilni umumiy asoslarda o\u2018zlashtirilishiga zamin yaratiladi.<\/p>\n<p><strong>Koll-sentr zarur<\/strong><\/p>\n<p>Faqat turizm masalarida (turistlarga maslahatlar, tezkor yordam ko\u2018rsatish, tushuntirish va yo\u2018l-yo\u2018riqlar ko\u2018rsatish va h.k.) faoliyat olib boruvchi hamda 24 soat faoliyat ko\u2018rsatuvchi yagona koll-sentr zarur. Koll-sentrga qo\u2018ng\u2018iroq qilish bepul bo\u2018lishi va bu raqam tezkor xizmatlar (milisiya, tez yordam, favqulodda holat xizmatlari) kabi telefon balansi nol&#8217; bo\u2018lganda ham qo\u2018ng\u2018iroqni amalga oshira olish imkoniyatida bo\u2018lishi maqsadga muvofiqdir. Koll-sentr eng kamida 3 ta tilda (o\u2018zbek, ingliz, rus tilida) mehmonlarga maslahatlar bera olishi kerak. Masalan Janubiy Koreyada bunday koll-sentlar turistlarga 19 tagacha tilda yordam ko\u2018rsata oladi.<\/p>\n<p><strong>Xulosa o\u2018rnida<\/strong><\/p>\n<p>Mavzu yuzasidan bildirayotgan fikrlarimning nihoyasida yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, quyidagicha xulosalar qilish mumkin. Bir hududda turizm uchun qanchalik sharoit yaratilganligi bo\u2018yicha aniq xulosalarni chiqarib olish uchun mahalliy tillarni umuman bilmaydigan turistni o\u2018sha hudud bo\u2018ylab mustaqil sayohatga qo\u2018yib yuborish kifoya. Agar yuqorida sanab o\u2018tilgan takliflar o\u2018rni-o\u2018rnida tashkillangan bo\u2018lsa, u o\u2018sha hududni o\u2018z kuchi bilan aylanib, o\u2018ziga kerakli manzillarni topib, mahalliy aholidanam o\u2018ziga do\u2018stlar orttirib, Everestni zabt etgan alpinistdek taassurotlar bilan yurtiga qaytadi.<\/p>\n<p><strong>G\u2018ayrat Mamatqulov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Biror-bir bir joyda turizmning har qanday shakllari keng rivoj topishi uchun o\u2018sha joyning turizmga xizmat qiluvchi infratuzilmasi, eng avvalo, turistlar tartibli guruhlarining emas, balki mustaqil turizmning nuqtai nazaridan kelib chiqib shakllantirilishi kerak, deb hisoblayman. &nbsp; Mustaqil turizm \u2014 turistlar tomonidan turoperatorlar va turagentlar ishtirokisiz mustaqil ravishda tashkil etiladigan sayohat (\u201cTurizm to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun, 3-modda, 18.07.2019 yildagi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5373,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-5372","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":444,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5372"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5372"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5372\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5374,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5372\/revisions\/5374"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5373"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5372"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5372"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5372"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}