{"id":5782,"date":"2022-08-06T11:48:10","date_gmt":"2022-08-06T08:48:10","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=5782"},"modified":"2022-08-06T23:51:42","modified_gmt":"2022-08-06T20:51:42","slug":"%d1%81%d0%be%d2%93%d0%bb%d0%b8%d0%b3%d0%b8-%d0%b2%d0%b0%d0%b6%d0%b8%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%b0%d1%87%d0%b8%d0%bf%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b8-%d2%9b%d0%b0%d0%b9%d1%82%d0%b0%d1%80%d0%b3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/5782","title":{"rendered":"Sog\u2018ligi vajidan aviachiptani qaytargan yo\u2018lovchining puli to\u2018liq qaytarildi"},"content":{"rendered":"<h5>Iste&#8217;molchi H. ning Marg\u2018ilon shahar prokuraturasiga qilgan murojaati tegishliligi bo\u2018yicha shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganildi. Murojaat fuqaro tomonidan sotib olingan va sotuvchiga qaytarilgan aviachiptaning puli to\u2018liq qaytarib berilmayotganligi haqida.<\/h5>\n<p>Murojaatda ko\u2018rsatilishicha, fuqaro H. Marg\u2018ilon shahridagi aviakassalardan biridan iyul oyi o\u2018rtalarida Farg\u2018onadan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga uchish uchun 4 150 000 (to\u2018rt million bir yuz ellik ming) so\u2018mga aviachipta sotib oladi. Lekin ma&#8217;lum fursat o\u2018tib uning sog\u2018ligi yomonlashganligi sababli uchib keta olmasligiga ko\u2018zi yetib, aviakassaga murojaat qiladi va sog\u2018ligida yuzaga kelgan muammoli holatni tushuntiradi. Rossiyaga ucha olmasligini aytib, aviachipta uchun to\u2018langan pulni qaytarib berishlarini so\u2018raydi. Sotuvchi esa qoidaga ko\u2018ra sotib olingan aviachiptadan foydalanish rad qilingan holda, aviachiptani qaytarilishida uning pulidan ushlanma ushlab qolinishini aytib, aviachipta uchun to\u2018langan puldan muayyan qismini olib qolib, qolgan qismini qaytarib beradi. Shu o\u2018rnida iste&#8217;molchiga bunday harakatlar amalga oshirilganligini tasdiqovchi to\u2018lov hujjati yoki ma&#8217;lumotnoma taqdim qilinmaydi.<\/p>\n<p>Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganilishi jarayonida aviakassa mas&#8217;ullariga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Iste&#8217;molchi bilan yuzaga kelgan holatda, ya&#8217;ni uning sog\u2018ligi yomonlashishi sababidan uchish qoldirilayotgan holatlar uzrli holat sifatida baholanishi hamda aviachipta uchun to\u2018langan pul to\u2018liq qaytarilishi kerakligi masala qo\u2018yildi. Shundan so\u2018ng aviakassa mas&#8217;ullari tomonidan iste&#8217;molchining aviachipta uchun to\u2018lagan pullari to\u2018liq qaytarilishi ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>Biz shu o\u2018rinda, tashuvchilar va ularning qonuniy vakillariga iste&#8217;molchilarga chiptalar sotilishi jarayonida O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonuni 5 va 6-moddalari talablarining to\u2018liq ijrosi ta&#8217;minlanishi, ya&#8217;ni iste&#8217;molchilarga tashuvchi, tashish shartlari va qoidalari, chiptalarni xarid qilish va ularni qaytarish shartlari haqida to\u2018laqonli ma&#8217;lumotlar berilishi lozimligi haqida eslatib o\u2018tmoqchimiz. Zero, iste&#8217;molchiga bunday ma&#8217;lumotlarni to\u2018liq berilmasligi yoki noto\u2018g\u2018ri berilishi oqibatida yuzaga keladigan nizolarda siz moddiy zarar ko\u2018rib qolishingiz mumkin.<\/p>\n<p><strong>Saidxon Xapizov<\/strong><br \/>\nMarg\u2018ilon shahar jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iste&#8217;molchi H. ning Marg\u2018ilon shahar prokuraturasiga qilgan murojaati tegishliligi bo\u2018yicha shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganildi. Murojaat fuqaro tomonidan sotib olingan va sotuvchiga qaytarilgan aviachiptaning puli to\u2018liq qaytarib berilmayotganligi haqida. Murojaatda ko\u2018rsatilishicha, fuqaro H. Marg\u2018ilon shahridagi aviakassalardan biridan iyul oyi o\u2018rtalarida Farg\u2018onadan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga uchish uchun 4 150 000 (to\u2018rt [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5783,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-5782","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":145,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5782"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5782"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5782\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5784,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5782\/revisions\/5784"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5783"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5782"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5782"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5782"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}