{"id":5859,"date":"2022-09-08T07:32:25","date_gmt":"2022-09-08T04:32:25","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=5859"},"modified":"2022-09-08T07:32:25","modified_gmt":"2022-09-08T04:32:25","slug":"%d0%bc%d1%83%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%be-%d0%bc%d1%83%d0%b7%d0%be%d0%ba%d0%b0%d1%80%d0%b0-%d0%b9%d1%9e%d0%bb%d0%b8-%d0%b1%d0%b8%d0%bb%d0%b0%d0%bd-%d2%b3%d0%b0%d0%bb-%d1%8d%d1%82%d0%b8%d0%bb%d0%b4%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/5859","title":{"rendered":"Muammo muzokara yo\u2018li bilan hal etildi"},"content":{"rendered":"<h5>Rishton tumani iste&#8217;molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan Z.Xasanova ustaga xonadoniga yangi darvoza o\u2018rnatish uchun buyurtma bergani, lekin buyurtma bajarilmayotganligi xususida o\u2018z shikoyatini bildirgan.<\/h5>\n<p>Fuqaroga ko\u2018ra, u Bog\u2018dod tumanida shu yo\u2018nalishda ish faoliyatini olib borayotgan tadbirkor S.Vaxobov bilan yangi darvozani 6 million so\u2018mga kelishib, shundan 5 million so\u2018mini oldindan bergan. Lekin uning buyurtmasi asosida tayyorlangan darvoza u tadbirkorning mahsulotlari katalogi ichidan o\u2018zi tanlab buyurtma bergan darvozadan farq qilgan.<\/p>\n<p>Tuman jamiyati mutaxassislari ushbu masalada tadbirkor bilan bog\u2018langanlarida u haqiqatan ham iste&#8217;molchidan buyurtma va oldindan to\u2018lov olingani, lekin buyurtma tayyor bo\u2018lgach fuqaro tomonidan e&#8217;tiroz bildirilayotganligini ma&#8217;lum qilib, masalani bartaraf qilish uchun muzokaraga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p>Murojaatni o\u2018rganish jarayonida tomonlarga amaldagi iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilishto\u2018g\u2018risidagi qonunchilik bo\u2018yicha huquq va majburiyatlari tushuntirildi.<\/p>\n<p>Amaldagi qonunning 8-moddasiga ko\u2018ra, o\u2018rtada tuzilgan shartnomaga asosan ijrochi iste&#8217;molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli ishlar bajarish, xizmatlar ko\u2018rsatish majburiyatini, iste&#8217;molchi esa, shartlashilgan pulni to\u2018lash majburiyatini o\u2018z zimmalariga oladilar. Odatda shartnomalarni bajarilishi bo\u2018yicha nizolar yuzaga kelganda masala dastlab tomonlar o\u2018rtasida muzokaralar yo\u2018li bilan hal qilinishiga intilish kerak.<\/p>\n<p>Shuning bilan birgalikda, qonunning 19-moddasiga ko\u2018ra, agar ijrochi tomonidan shartnoma shartlarini bajarishda nuqsonlarga yo\u2018l qo\u2018yilgan bo\u2018lsa, iste&#8217;molchida bajarilgan ish (ko\u2018rsatilgan xizmat) bahosi nuqsonlarga mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilish huquqi ham mavjud.<\/p>\n<p>Xuddi shunday muzokara jarayonida iste&#8217;molchi o\u2018z e&#8217;tirozlari tayyorlangan darvozaning rangi, gullari o\u2018zi tomonidan tadbirkorning mahsulotlar katalogidan tanlangan mahsulotdan farq qilishini, shu sababli unga tegishli o\u2018zgartirishlarni kiritgan holda, shuningdek bajarilgan ish bahosi nuqsonlarga mutanosib kamaytirilishi yo\u2018li bilan oldindan to\u2018langan 5 mln so\u2018m bilan to\u2018liq hisob-kitob amalga oshirilgan deb hisoblanishi bo\u2018yicha o\u2018z takliflarini bergandan so\u2018ng, tadbirkorga iste&#8217;molchining ushbu qonuniy talablari tushuntirildi. Tadbirkor shu yo\u2018l bilan masalani hal qilinishiga o\u2018z roziligini bildirdi.<\/p>\n<p>Tadbirkor tomonidan tegishli ishlar bajarilgach, darvoza xonadonga olib kelib o\u2018rnatib berildi.<\/p>\n<p><strong>Xusniddin Latipov<\/strong><br \/>\nRishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rishton tumani iste&#8217;molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan Z.Xasanova ustaga xonadoniga yangi darvoza o\u2018rnatish uchun buyurtma bergani, lekin buyurtma bajarilmayotganligi xususida o\u2018z shikoyatini bildirgan. Fuqaroga ko\u2018ra, u Bog\u2018dod tumanida shu yo\u2018nalishda ish faoliyatini olib borayotgan tadbirkor S.Vaxobov bilan yangi darvozani 6 million so\u2018mga kelishib, shundan 5 million so\u2018mini oldindan bergan. Lekin uning buyurtmasi asosida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5860,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-5859","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":243,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5859"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5859"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5859\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5861,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5859\/revisions\/5861"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5860"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5859"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5859"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5859"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}