{"id":5871,"date":"2022-09-12T16:08:08","date_gmt":"2022-09-12T13:08:08","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=5871"},"modified":"2022-09-13T05:40:50","modified_gmt":"2022-09-13T02:40:50","slug":"5871","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/5871","title":{"rendered":"Istemolchilarga ma&#8217;lumotlar davlat tilida berilishi kerak || Brifing"},"content":{"rendered":"<p><strong>Assalomu alaykum hurmatli brifing ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta&#8217;minlash, shuningdek O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini ximoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlari, Hukumatimizning \u201cIste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi 414-sonli qarorlari bilan belgilab berilgan huquq va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda hamda \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunga 2022 yilning 18 yanvarida 746-son qonun bilan kiritilgan qo\u2018shimcha va o\u2018zgartirishlarni hayotga joriy qilinishi ahvolini jamoatchilik nazorati tartibida o\u2018rganish maqsadida, viloyat hududidagi aholiga turli xizmatlarni ko\u2018rsatuvchi xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlarda, tanlama asosda, kuzatuv (o\u2018rganish) ishlari olib borildi.<br \/>\nO\u2018rganish ishlarida asosiy e&#8217;tibor iste&#8217;molchilarning asosiy huquqlaridan biri bo\u2018lgan ma&#8217;lumot olish huquqining, xususan qonunga oxirgi kiritilgan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalarga asosan davlat tilida ma&#8217;lumot olish huquqini ta&#8217;minlab berilayotganligi holatiga qaratildi.<br \/>\nMa&#8217;lumki, qonunning 5-moddasiga asosan, ishlab chiqaruvchi o\u2018z korxonasining nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste&#8217;molchini xabardor qilishi shart. Bunday ma&#8217;lumot ishlab chiqarish markasi yoki tovar belgisida ko\u2018rsatilgan bo\u2018lishi yoxud boshqa usulda taqdim etilishi lozim.<br \/>\nSotuvchi (ijrochi) o\u2018z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste&#8217;molchilarga ma&#8217;lum qilishi shart. Bunday ma&#8217;lumot lavhada aks ettirilishi lozim.<br \/>\nSotuvchi (ijrochi) iste&#8217;molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko\u2018rsatishning qoidalari to\u2018g\u2018risida to\u2018liq ma&#8217;lumot berishi shart.<br \/>\n6-moddasiga asosan esa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste&#8217;molchiga o\u2018zi realizasiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o\u2018z vaqtida zarur, to\u2018g\u2018ri va tushunarli ma&#8217;lumot berishi shart.<br \/>\nQonunimizga oxirgi kiritilgan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalarga ko\u2018ra, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqidagi, savdo va xizmat ko\u2018rsatish qoidalari to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumot hamda tovar (ish, xizmat) to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumot iste&#8217;molchiga davlat tilida taqdim etiladi. Mazkur ma&#8217;lumot qo\u2018shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin. Albatta, bu yerda qo\u2018shimcha ravishda degan so\u2018zga e&#8217;tibor qaratish kerak. Bu ma&#8217;lumot davlat tilida taqdim etilishi lozimligini va u boshqa tillarda takrorlanishi mumkinligini bildiradi.<br \/>\nO\u2018rganish ishlari viloyatimiz tuman va shaharlaridagi ayrim korxona, tashkilot, idora va muassasalarda tanlama asosda amalga oshirildi. Shuni alohida ta&#8217;kidlash lozimki, o\u2018rganishlar davomida ma&#8217;lumotlarni davlat tilida berilishiga asosiy e&#8217;tibor qaratilib, ushbu jarayonda tegishli o\u2018rinlarda davlat tilida berilayotgan ma&#8217;lumotlarni lotin yozuviga asoslangan o\u2018zbek alifbosida berilishi yuzasidan ham Hukumat topshiriqlaridan kelib chiquvchi tushuntirish va targ\u2018ibot ishlari olib borildi.<br \/>\nO\u2018rganishlar tanlama asosda olib borilganligidan, uning asosiy maqsadi xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlar tomonidan \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning joriy yil aprel oyi o\u2018rtalaridan kuchga kirgan davlat tiliga taalluqli normalari ijrosiga qanday e&#8217;tibor qaratilayotganligini dastlabki o\u2018rganishdan iborat bo\u2018lganligidan kelib chiqqan holda, mazkur o\u2018rganishlar natijalari butun viloyat bo\u2018yicha haqiqiy holatni ifoda eta olmasligini e&#8217;tirof etib o\u2018tishimiz lozim. Shu o\u2018rinda, o\u2018rganishlar bilan qamrab olingan xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlarda kuzatilgan ayrim kamchiliklarni joyida bartaraf etilishi choralari ko\u2018rilganini, ayrimlarini tuzatilishi bo\u2018yicha ularning mas&#8217;ullariga tushuntirishlar olib borilganligini va bu holat Federatsiya tizimi tashkilotlari tomonidan o\u2018tkaziladigan keyingi o\u2018rganishda yana qaytadan jamoatchilik nazoratidan o\u2018tkazilishini ma&#8217;lum qilamiz.<br \/>\nHurmatli iste&#8217;molchilar va korxona, tashkilot, idora va muassasalarning mas&#8217;ullari!<br \/>\nFursatdan foydalanib sizlarning e&#8217;tiboringizni quyidagilarga qaratib o\u2018tmoqchimiz:<br \/>\n2020 yil 20 oktyabrida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u00abMamlakatimizda o\u2018zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bbgi PF-6084-sonli Farmoni qabul qilingan bo\u2018lib, uning 1-ilovasi bilan \u201c2020-2030 yillarda o\u2018zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi\u201d tasdiqlangan. Konsepsiyada davlat tilimizni uzoq muddatli rivojlantirishning asosiy yo\u2018nalishlari belgilanib, bir qator maqsadli vazifalarga erishish ko\u2018zda tutilgan. Xususan, o\u2018zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida obro\u2018-e&#8217;tiborini oshirish, jamiyatda davlat tiliga hurmat-e&#8217;tibor va mehr-muhabbat muhitini shakllantirish, respublikamiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining to\u2018liq joriy etilishini ta&#8217;minlash, davlat tili to\u2018g\u2018risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va boshqalar shular jumlasidandir.<br \/>\nYuqorida \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunga ham davlat tili bo\u2018yicha normalar kiritilganligini aytib o\u2018tdik.<\/p>\n<p>Mazkur qonunning 7-moddasiga ko\u2018ra, agar tovar (ish, xizmat) haqida noto\u2018g\u2018ri yoki yetarli darajada to\u2018liq bo\u2018lmagan ma&#8217;lumot berilganligi sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan ko\u2018zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo\u2018lsa, iste&#8217;molchi tegishli ma&#8217;lumot oqilona qisqa (ko\u2018pi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Agar ma&#8217;lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste&#8217;molchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.<br \/>\nIste&#8217;molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto\u2018g\u2018ri yoki yetarli darajada to\u2018liq bo\u2018lmagan ma&#8217;lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to\u2018g\u2018risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste&#8217;molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi.<br \/>\nDemak, biz iste&#8217;molchilar qonun bilan belgilab berilgan huquqlarimizdan o\u2018z o\u2018rnida va to\u2018g\u2018ri foydalana olishimiz, sotuvchi, xizmat ko\u2018rsatuvchi va ishlab chiqaruvchilar esa xuddi shu qonun bilan belgilab berilgan majburiyatlari to\u2018laqonli bajarilishini ta&#8217;minlab berishlari lozim.<br \/>\nUnutmang!<br \/>\nQonunning 23-moddasiga ko\u2018ra, davlat iste&#8217;molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog\u2018idagi huquqlari hamda qonun bilan qo\u2018riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnomaviy munosabatlarda iste&#8217;molchi qonunchilikda nazarda tutilgan o\u2018z talablari qanoatlantirilishi uchun ustuvor huquqqa ega.<br \/>\n<strong>E&#8217;tiborlaringiz uchun rahmat!<\/strong><\/p>\n<p>Youtube kanalimizda ko`ring:<\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" title=\"Istemolchilarga ma&#039;lumotlar davlat tilida berilishi kerak || Brifing\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/81YEYzo5zrs?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe><\/p>\n<p><strong>G`ayrat Mamatkulov<\/strong><\/p>\n<p>Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Assalomu alaykum hurmatli brifing ishtirokchilari! O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta&#8217;minlash, shuningdek O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini ximoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlari, Hukumatimizning \u201cIste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi 414-sonli qarorlari bilan belgilab berilgan huquq va imkoniyatlardan kelib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5874,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-5871","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":156,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5871"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5871"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5871\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5876,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5871\/revisions\/5876"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5874"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5871"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5871"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5871"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}