{"id":6008,"date":"2022-10-17T15:40:16","date_gmt":"2022-10-17T12:40:16","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6008"},"modified":"2022-10-18T06:40:34","modified_gmt":"2022-10-18T03:40:34","slug":"%d0%bd%d0%b0%d0%bc%d1%83%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d0%b8-%d0%bc%d0%b8%d0%b6%d0%be%d0%b7%d0%b3%d0%b0-%d0%bc%d1%83%d0%bd%d0%be%d1%81%d0%b0%d0%b1%d0%b0%d1%82-%d1%88%d1%83%d0%bc%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6008","title":{"rendered":"Namunali mijozga munosabat shumi?"},"content":{"rendered":"<h5>Marg\u2018ilon shahridagi kredit savdo do\u2018konlarining biridan F. M. ismli mijozga telefon qilishib, u namunali mijozligi, to\u2018lovlarni o\u2018z vaqtida to\u2018lab kelganligi sababli bonus berilishi, do\u2018konga kelib istagan mahsulotini imtiyozli ravishda xarid qilishi taklif qilingan. Taklif mijoz tomonidan qabul qilinib, do\u2018kondan yangi kredit shartnomasi asosida 3 mln 900 ming so\u2018mga mebel xarid qilingan.<\/h5>\n<p>Iste&#8217;molchining ta&#8217;kidlashicha, shartnomani imzolash chog\u2018ida mijoz do\u2018kon mas&#8217;ullaridan agar iloji bo\u2018lsa shartnomani ikki yillik muddatga tuzish, ya&#8217;ni mebel qiymatini ikki yil davomida bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash to\u2018g\u2018risida taklif bergan, lekin do\u2018kon mas&#8217;ullari buning iloji yo\u2018qligini, shartnoma bir yillik muddatga tuzilishini aytishib, uning qo\u2018liga bir yil davomidagi to\u2018lovlar jadvalini tutqazadilar.<\/p>\n<p>Lekin keyinchalik jadval asosida to\u2018lovlarni to\u2018lab borayotgan mijozga telefon qilgan sotuvchi vakili kreditdan qoldiq borligi va uni to\u2018lab qo\u2018yishi lozimligini aytadi. Holatga aniqlik kiritish uchun kelgan mijozga esa shartnoma bazaga ikki yillik qilib kiritilganligi, shuning uchun ham oylik to\u2018lovlar summasi biroz yuqoriroq bo\u2018lishi ma&#8217;lum qilingan. Unga taqdim qilingan hisob-kitoblarga ko\u2018ra, u bir yil davomida 3 mln 900 ming so\u2018mni emas, aksincha 2 yil davomida 6 mln 800 so\u2018mni bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lab berishi lozimligi ayon bo\u2018lgach, iste&#8217;molchi shartnomani bekor qilishlarini, tovarni qaytarib olishlarini va amalga oshirgan to\u2018lov summalarini esa qaytarishlarini so\u2018raydi. Biroq talabi qondirilmagach, ushbu masalada amaliy yordam ko\u2018rsatishlarini so\u2018rab, Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.<\/p>\n<p>Qonunga ko\u2018ra, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste&#8217;molchiga o\u2018zi realizasiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o\u2018z vaqtida zarur, to\u2018g\u2018ri va tushunarli ma&#8217;lumot berishi shart. Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto\u2018g\u2018ri yoki yetarli darajada to\u2018liq bo\u2018lmagan ma&#8217;lumot berilgan bo\u2018lsa hamda ushbu holat iste&#8217;molchining mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab bo\u2018lsa (bizning holatimizda to\u2018lovlarni ko\u2018proq to\u2018lanishi lozimligi ayon bo\u2018lib qolishi natijasida) iste&#8217;molchi qonunchilikda belgilangan talablarni qo\u2018yishga haqli bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Murojaatni shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o\u2018rganish jarayonida sotuvchining mas&#8217;ul vakillariga amaldagi \u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning tegishli bandlari bo\u2018yicha tushuntirishlar olib borildi. O\u2018rganishlar natijasi bilan esa, shartnoma bekor qilinib, tovar sotuvchiga, amalga oshirilgan to\u2018lovlar summasini esa iste&#8217;molchiga qaytarilishiga erishildi.<\/p>\n<p><strong>Saidxon Xapizov<\/strong><br \/>\nMarg\u2018ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Marg\u2018ilon shahridagi kredit savdo do\u2018konlarining biridan F. M. ismli mijozga telefon qilishib, u namunali mijozligi, to\u2018lovlarni o\u2018z vaqtida to\u2018lab kelganligi sababli bonus berilishi, do\u2018konga kelib istagan mahsulotini imtiyozli ravishda xarid qilishi taklif qilingan. Taklif mijoz tomonidan qabul qilinib, do\u2018kondan yangi kredit shartnomasi asosida 3 mln 900 ming so\u2018mga mebel xarid qilingan. Iste&#8217;molchining ta&#8217;kidlashicha, shartnomani imzolash [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6009,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6008","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":117,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6008"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6008"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6008\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6010,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6008\/revisions\/6010"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6009"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6008"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6008"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6008"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}