{"id":6160,"date":"2022-12-02T08:12:12","date_gmt":"2022-12-02T05:12:12","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6160"},"modified":"2022-12-02T08:12:12","modified_gmt":"2022-12-02T05:12:12","slug":"%d0%b7%d0%b0%d1%80%d1%83%d1%80-%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb-%d1%85%d0%be%d1%81%d1%81%d0%b0%d1%81%d0%b8%d0%b3%d0%b0-%d1%8d%d0%b3%d0%b0-%d0%b1%d1%9e%d0%bb%d0%bc%d0%b0%d0%b3%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6160","title":{"rendered":"Zarur iste&#8217;mol xossasiga ega bo\u2018lmagan tovarning puli qaytarildi"},"content":{"rendered":"<h5>Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Toshloq tumanilik O. Ashurova shahrimizdagi &#171;Ipakchi buyum bozori&#187;dan sotib olgan kondisionerning talab darajasida ishlamaganligi holati yuzasidan murojaati o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Iste&#8217;molchiga ko\u2018ra, u 16 noyabr kuni buyum bozoriga kondisioner xarid qilish uchun borgan. Bu yerda o\u2018ziga biroz tanish bo\u2018lgan tadbirkor A. O. tomonidan sotilayotgan &#171;Avalon&#187; markali kondisionerni ma&#8217;qul ko\u2018rib sotib olmoqchi bo\u2018lganida, sotuvchi unga hozir &#171;Artel&#187; markali kondisionerlarga aksiya ketayotganligini, qolaversa narxi ham arzonroqligini aytib, shulardan birini xarid qilishni tavsiya qilgan. Xaridorni narxlardagi tafovut ham qiziqtirgani bir bo\u2018lganu, sotuvchining \u201cjavob beraman, ishlamasa olib kelaverasiz\u201d degan va&#8217;dasiyam dalda bo\u2018lib, &#171;Artel&#187; markadagi kondisionerni, xonadoniga o\u2018rnatib berish sharti bilan, 5 mln so\u2018mga sotib oladi. Lekin xonadonga o\u2018rnatilgan kondisioner uyni isitish o\u2018rniga faqat sovuq havo haydayvergach, iste&#8217;molchi sotuvchi bilan bog\u2018lanib, kondisioner yaxshi ishlamayotganini, faqat sovuq havo haydayotganini tushuntiradi. Sotuvchi xonadondagi elektr toki quvvatining yetarli darajada ekanligini bilish maqsadida elektr ustasini yuboradi. Usta kondisonerning to\u2018la quvvat bilan ishlashiga elektr toki quvvati pastlik qilayotganligini aytgach, iste&#8217;molchi sotuvchidan kondisionerni &#171;Avalon&#187; markalisiga almashtirilishini so\u2018raydi. Lekin sotuvchi orada narxlar oshib qolganligini vaj qilib, almashtirib berish ishlarini paysalga solgan. Iste&#8217;molchi u holda pulini qaytarilishini talab qiladi va o\u2018rtada kelishmovchilik yuzaga keladi.<\/p>\n<p>&#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 7-moddasi talablaridan kelib chiqilsa, ushbu holatda iste&#8217;molchiga tovar haqida yetarli darajada to\u2018liq bo\u2018lmagan ma&#8217;lumot berilganligi pastroq elektr toki quvvati sharoitida to\u2018laqonli ishlay olmaydigan kondisioner sotib olinishiga sabab bo\u2018lgan. Bunday holatda esa iste&#8217;molchi zarur iste&#8217;mol xossalariga ega bo\u2018lmagan tovar sotib olinganligi vaji bilan, shartnomani bekor qilishga va o\u2018ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchining shahar jamiyatiga qilgan murojaatini o\u2018rganishda qonunning mazkur talablari bo\u2018yicha sotuvchiga tushuntirishlar berildi. O\u2018rganish yakuni bilan esa, zarur iste&#8217;mol xossalariga ega bo\u2018lmagan tovarning iste&#8217;molchi xonadonidan olib ketilib, unga bunday tovar uchun to\u2018langan 5 mln so\u2018m pulini qaytarilishiga erishildi.<\/p>\n<p><strong>Saidxon Xapizov<\/strong><br \/>\nMarg\u2018ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Toshloq tumanilik O. Ashurova shahrimizdagi &#171;Ipakchi buyum bozori&#187;dan sotib olgan kondisionerning talab darajasida ishlamaganligi holati yuzasidan murojaati o\u2018rganildi. Iste&#8217;molchiga ko\u2018ra, u 16 noyabr kuni buyum bozoriga kondisioner xarid qilish uchun borgan. Bu yerda o\u2018ziga biroz tanish bo\u2018lgan tadbirkor A. O. tomonidan sotilayotgan &#171;Avalon&#187; markali kondisionerni ma&#8217;qul ko\u2018rib sotib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6161,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6160","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":145,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6160"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6160"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6160\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6162,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6160\/revisions\/6162"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6161"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6160"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6160"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6160"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}