{"id":6382,"date":"2023-03-03T07:30:01","date_gmt":"2023-03-03T04:30:01","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6382"},"modified":"2023-03-03T07:30:01","modified_gmt":"2023-03-03T04:30:01","slug":"%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d1%88%d0%b8%d0%b1-%d0%bc%d0%b0%d1%80%d2%b3%d1%83%d0%bc%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d0%b1%d0%b0%d0%bd%d0%ba-%d0%ba%d0%b0%d1%80%d1%82%d0%b0%d1%81%d0%b8%d0%b3%d0%b0-%d0%ba%d0%b5%d0%bb","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6382","title":{"rendered":"Adashib marhumning bank kartasiga kelib tushgan pul mablag\u2018i notarius orqali meros sifatida olinadimi?"},"content":{"rendered":"<h5>Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Farg\u2018ona shahrida yashovchi S.A. ning mobil ilova orqali unga kelib tushishi kerak bo\u2018lgan summaning boshqa shaxsning bank kartasiga kelib tushganligi, mablag\u2018ni o\u2018z bank kartasiga qaytarishida muammolar kelib chiqayotganligi borasidagi murojaati o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Iste&#8217;molchi o\u2018z murojaatida Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yaqin tanishi M.M. dan 2 mln 491 ming so\u2018m miqdoridagi pul mablag\u2018i, mobil ilova orqali, bank plastik kartasiga o\u2018tkazib berilishi jarayonida tushunmovchilik yuzaga kelganligini, sababi o\u2018zi bundan bexabar bo\u2018lgani holda uning telefon raqamiga marhum otasining ham bank kartasi biriktirilganligi, oqibatda pul 2017 yili olamdan o\u2018tgan padari buzrukvori nomidagi bank kartasiga kelib tushganligi, pul kelib tushgan kartaning esa uning qo\u2018lida emasligi, qaerdaligini ham bilmasligini, endi ushbu pul mablag\u2018ini o\u2018zining bank kartasiga qaytarishda muammo bo\u2018layotganligini bayon qiladi. Iste&#8217;molchi pul mablag\u2018i boshqa kartaga tushganligini tanishi unga pul o\u2018tganligini aytganidan so\u2018ng bankomatdan naqdlashtirmoqchi bo\u2018lganida bilgan. Yanayam aniqrog\u2018i bankomat karta balansida bu miqdordagi mablag\u2018 yo\u2018qligini ko\u2018rsatgach, tijorat bankiga murojaat qilib, SMS xabarnoma kelgani holda kartada pul mablag\u2018i yo\u2018qligini aytganidan so\u2018ng, bank xodimi unga kartaga haqiqatda pul kelib tushmagani, SMS xabarnoma esa uning telefon raqamiga boshqa karta ham biriktirilganligi sababidan kelganligini tushuntirgandan so\u2018ng ma&#8217;lum bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Bundanam qiziq ishlar keyin boshlanadi. U otaning hisob raqamidagi pulni o\u2018z hisob raqamiga o\u2018tkazib berishlarini yoki tanishiga qaytarib yuborilishini so\u2018raganida bankdagilar unga pul marhumning hisob raqamidagiligidan kelib chiqib, masala notarius orqali hal bo\u2018lishini, shundan so\u2018ngina pulni boshqa raqamga ko\u2018chirilishini aytadilar. Ushbu holatda nima qilishni bilmay boshi qotgan iste&#8217;molchi masalani yechimini topilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018rab Marg\u2018ilon shahar jamiyatiga murojaat qiladi.<\/p>\n<p>Murojaatni tijorat banki mas&#8217;ullari ishtirokida o\u2018rganish jarayonida amaldagi tartib-qoidalarga ko\u2018ra, agar &#171;marhumning hisobidagi pul mablag\u2018i uning vafotiga qadar tushgan bo\u2018lsagina masalaga notarial idoralar aralashishi va mablag\u2018 meros sifatida olinishi mumkin\u201dligi asos qilib olinib, S.A.ning tanishidan kelib tushgan pul mablag\u2018ini uning o\u2018z bank plastik kartasiga o\u2018tkazib berish talabi qo\u2018yildi. Natijada tijorat banki mas&#8217;ullari ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirganlaridan so\u2018ng, pul mablag\u2018i S.A.ning bank plastik kartasiga o\u2018tkazib berildi.<\/p>\n<p>Ushbu fursatdan foydalangan holda, iste&#8217;molchilardan turli mobil ilovalar bilan ishlashda, shuningdek o\u2018z shaxsiy ma&#8217;lumotlarini internet tarmog\u2018idagi turli ilovalarga kiritishda, bank plastik kartochkangizga oid ma&#8217;lumotlarni tarqatishda ehtiyotkor va hushyor bo\u2018lishni so\u2018rab qolamiz.<\/p>\n<p><strong>Saidxon Xapizov<\/strong><br \/>\nMarg\u2018ilon shahar jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Marg\u2018ilon shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Farg\u2018ona shahrida yashovchi S.A. ning mobil ilova orqali unga kelib tushishi kerak bo\u2018lgan summaning boshqa shaxsning bank kartasiga kelib tushganligi, mablag\u2018ni o\u2018z bank kartasiga qaytarishida muammolar kelib chiqayotganligi borasidagi murojaati o\u2018rganildi. Iste&#8217;molchi o\u2018z murojaatida Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yaqin tanishi M.M. dan 2 mln 491 ming so\u2018m miqdoridagi pul [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6383,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6382","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":169,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6382"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6382"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6382\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6384,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6382\/revisions\/6384"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6383"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6382"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6382"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6382"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}