{"id":6441,"date":"2023-03-28T06:21:03","date_gmt":"2023-03-28T03:21:03","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6441"},"modified":"2023-03-31T08:27:11","modified_gmt":"2023-03-31T05:27:11","slug":"%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8-%d2%b3%d1%83%d2%9b%d1%83%d2%9b%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%bd%d0%b8-%d2%b3%d0%b8%d0%bc%d0%be%d1%8f-%d2%9b%d0%b8%d0%bb%d0%b8%d1%88-%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6441","title":{"rendered":"Iste&#8217;molchi huquqlarini himoya qilish tartibi"},"content":{"rendered":"<h5>Annotasiya: <em>Ushbu maqola iste&#8217;molchilarning huquqlariga bag\u2018ishlanib, unda amaldagi qonunchilik normalariga asoslangan holda huquqlarning ta&#8217;minlanishi va qonunchilik buzilishi holatlarida qanday yo\u2018l tutilishi haqida so\u2018z boradi.<\/em><br \/>\nTayanch so\u2018zlar: <em>Iste&#8217;molchi, tovar, ishlab chiqaruvchi, xarid, kassa cheki, ma&#8217;naviy zarar, iste&#8217;molchilar birlashmalari.<\/em><\/h5>\n<p>Har bir davlat o\u2018zining hududida fuqarolarining huquq va majburiyatlarini qonun yo\u2018li bilan tartibga solish jarayonida jamiyatda ijtimoiy adolat muhitini shakllantirishni o\u2018z oldiga maqsad qilib qo\u2018yadi. Mamlakatimizning Konstitusiyasida belgilab qo\u2018yilganidek, davlat o\u2018z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko\u2018zlagan holatda amalga oshirib bormoqda. Davlat taraqqiy etib borgani sari unda yashovchi fuqarolarining ham ehtiyojlari ortib boradi, bu esa tovar ishlab chiqarish jarayonini yanada kengayishi uchun asos bo\u2018ladi. Albatta tovar ishlab chiqarish jarayonida sifat talablariga javob beradigan mahsulotlarni iste&#8217;mol qilish har birimizning hayotimiz uchun zarurdir. Iste&#8217;molchi, albatta, o\u2018zining moddiy va ma&#8217;naviy jihatdan iste&#8217;mol qilayotgan narsalariga e&#8217;tibor qaratmog\u2018i zarurdir. Iste&#8217;molchi so\u2018zining huquqiy asosiga to\u2018xtalib o\u2018tadigan bo\u2018lsak.<br \/>\n<strong>Iste&#8217;molchi<\/strong> \u2014 foyda chiqarib olish bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan holda shaxsiy iste&#8217;mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo\u2018lgan fuqaro (jismoniy shaxs ) hisoblanadi. Iste&#8217;molchi, albatta, o\u2018z ehtiyojiga qarab sotib olgan mahsulotiga kassa chekini olmog\u2018i zarurdir. Kassa chekida tovarning sotib olinganligi yoki ish(xizmat)ning haqi to\u2018langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to\u2018langan sana va kassa apparatining nomeri ko\u2018rsatilgan bo\u2018ladi. O\u2018zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan iste&#8217;molchilar quyidagi huquqlarga ega: tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to\u2018g\u2018ri va to\u2018liq ma&#8217;lumot olish; tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo\u2018lishi; tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo\u2018lishi; hayoti, sog\u2018lig\u2018i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo\u2018lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g\u2018ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma&#8217;naviy zararning to\u2018liq hajmda qoplanishi; buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so\u2018rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish; iste&#8217;molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish. Iste&#8217;molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonunchilik bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko\u2018rsatishning boshqa turlari bo\u2018yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkinligi qonun bilan belgilab qo\u2018yilgan. Iste&#8217;molchi tovardan foydalanishi davomida unda nuqsonlar aniqlanganda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qo\u2018shimcha ravishda tekshirish zarur bo\u2018lganida esa, iste&#8217;molchi talab qo\u2018ygan paytdan e&#8217;tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart ekanligi belgilab qo\u2018yilgan. Qonunchilikda iste&#8217;molchining hayoti, sog\u2018lig\u2018i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozimligi, ma&#8217;naviy zarar esa uni yetkazgan shaxs tomonidan to\u2018lanishi, zarar uchun to\u2018lanadigan haq miqdorini sud belgilashi ko\u2018rsatib o\u2018tilgan.<br \/>\nAlbatta fuqarolar o\u2018z huquqlarini himoya qilish uchun iste&#8217;molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin. Iste&#8217;molchilarning jamoat birlashmalari o\u2018z faoliyatida quyidagi huquqlarga ega hisoblanadi: vakolatli davlat organlariga iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish; iste&#8217;molchilarga axborotga oid va maslahat xizmatlari ko\u2018rsatish, iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini o\u2018tkazish, ularning natijalariga ko\u2018ra tayyorlangan takliflar va tavsiyalarni vakolatli davlat organlariga taqdim etish hamda e&#8217;lon qilish; aholining iste&#8217;molchilikka oid savodxonligini oshirish bo\u2018yicha ma&#8217;rifiy ishlarni amalga oshirish; iste&#8217;molchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish hamda ularga ko\u2018maklashish. Iste&#8217;molchilarning jamoat birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo\u2018lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda har bir davrada iste&#8217;mol savatchasidagi tovarlar soni ortib borgan sari unga muqobil ravishda qonunchilikda muhim o\u2018zgarishlarni amalga oshirishni zamonni o\u2018zi taqozo etib turaveradi.<\/p>\n<p><strong>Foydalanilgan adabiyotlar.<\/strong><br \/>\n<em>1. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Toshkent \u201cAdolat\u201d 2019<\/em><br \/>\n<em>2. O\u2018zbekiston Respublikasi Yuridik ensiklopediyasi. Toshkent \u201cAdolat\u201d 2010<\/em><br \/>\n<em>3. O\u2018zbekiston Respublikasi &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi 221-I-26.04.1996-yil qonuni.<\/em><\/p>\n<p><strong>Madinaxon Mirodilova<\/strong><br \/>\nFarDU Filologiya fakulteti 20-97 V guruh talabasi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Annotasiya: Ushbu maqola iste&#8217;molchilarning huquqlariga bag\u2018ishlanib, unda amaldagi qonunchilik normalariga asoslangan holda huquqlarning ta&#8217;minlanishi va qonunchilik buzilishi holatlarida qanday yo\u2018l tutilishi haqida so\u2018z boradi. Tayanch so\u2018zlar: Iste&#8217;molchi, tovar, ishlab chiqaruvchi, xarid, kassa cheki, ma&#8217;naviy zarar, iste&#8217;molchilar birlashmalari. Har bir davlat o\u2018zining hududida fuqarolarining huquq va majburiyatlarini qonun yo\u2018li bilan tartibga solish jarayonida jamiyatda ijtimoiy adolat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6442,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6441","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":904,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6441"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6441"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6441\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6443,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6441\/revisions\/6443"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6442"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6441"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6441"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6441"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}