{"id":6662,"date":"2023-06-13T06:12:01","date_gmt":"2023-06-13T03:12:01","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6662"},"modified":"2023-06-13T06:23:30","modified_gmt":"2023-06-13T03:23:30","slug":"%d0%bd%d0%be%d1%82%d1%9e%d2%93%d1%80%d0%b8-%d0%bc%d0%b0%d1%8a%d0%bb%d1%83%d0%bc%d0%be%d1%82-%d0%be%d1%80%d1%82%d0%b8%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6662","title":{"rendered":"Noto\u2018g\u2018ri ma&#8217;lumot ortidan iste&#8217;molchiga moddiy zarar yetkazilishini oldi olindi"},"content":{"rendered":"<h5>Farg\u2018ona shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Buvayda tumanida yashovchi M.U.ning, xarid amalga oshirilgan joyning hududiy tegishliligi bo\u2018yicha, savdo do\u2018konidan sotib olingan telefon apparati bilan bog\u2018liq muammo yuzasidan qilgan yozma murojaati o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Murojaatda bayon qilinishicha, iste&#8217;molchi joriy yilning mart oyida Farg\u2018ona shahrida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi tadbirkor A.A.B.ga qarashli savdo do\u2018konidan Samsung Galaxy A73 256 gB rusumli mobil qurilmani 4 mln 600 ming so\u2018mga xarid qiladi. Oldi-sotdi jarayonida sotuvchi mazkur qurilma yangiligi, iste&#8217;molda bo\u2018lmaganligi, hech qanday nuqsonlari yo\u2018qligini aytib xaridorni ishontiradi. Lekin mobil qurilma uyga olib kelinib, foydalanish jarayonida, WiFi tarmog\u2018i vositasida internetga ulanganida telefon shahardagi &#171;Zamin&#187; kredit savdo do\u2018koni tomonidan boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirilganligi ma&#8217;lum bo\u2018ladi. Sotuvchiga uchrashib bu haqda aytganida, bemalol ishlatib yuraverishi mumkinligi, telefon boshqa shaxs nomiga kreditga rasmiylashtirilmaganligi va bu bilan bog\u2018liq hech qanday muammolar bo\u2018lmasligi yuzasidan qop-qop va&#8217;dalar bilan ortga qaytarilgan. Lekin oradan hech qancha vaqt o\u2018tmasdan mobil qurilma &#171;Zamin&#187; kredit savdo do\u2018koni tomonidan blok holatiga tushiriladi va ishlamay qoladi.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchi, hatto, o\u2018z kuchi bilan so\u2018rab surishtirib, mobil qurilma Quvasoy shahrilik fuqaro M.A.X. nomiga kreditga rasmiylashtirilganligini, uning tomonidan to\u2018lovlar vaqtida to\u2018lab turilmasa, telefon blokka tushib qolaverishini ham aniqlaydi. Fuqaro bilan bog\u2018lanib, unga mazkur kredit do\u2018konidan xarid qilingan tovar (tovarlar) uchun to\u2018lovlarni o\u2018z vaqtida to\u2018lab turishini, bo\u2018lmasa uning telefoni blokka tushib qolaverishini ham tushuntiradi. Uning sa&#8217;y-harakatlariga &#171;mukofot tariqasida&#187; shu safar blokdan yechib berilgan telefon esa may oyiga o\u2018tib yana blok holatiga tushadi&#8230;<\/p>\n<p>Murojaatni o\u2018rganish jarayonida sotuvchiga yuqoridagi holat amaldagi &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 7-moddasida ko\u2018rsatib o\u2018tilganidek, iste&#8217;molchiga noto\u2018g\u2018ri ma&#8217;lumot berilishi bilan zarur iste&#8217;mol xossalariga ega bo\u2018lmagan tovar sotib olinishiga sabab bo\u2018lganligi, bu holatda esa iste&#8217;molchi shartnomani bekor qilishga va o\u2018ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli ekanligi tushuntirildi. O\u2018rganish davomida sotuvchi hamda iste&#8217;molchi o\u2018rtasidagi muzokaralar natijasi bilan ushbu holatda shartnomani bekor qilish emas, balki &#171;nuqsonli&#187; telefonni yangi va maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishi bo\u2018yicha kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p><strong>Usmonjon Ruziyev<\/strong><br \/>\nFarg\u2018ona shahar jamiyati mutaxassisi<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg\u2018ona shahar iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Buvayda tumanida yashovchi M.U.ning, xarid amalga oshirilgan joyning hududiy tegishliligi bo\u2018yicha, savdo do\u2018konidan sotib olingan telefon apparati bilan bog\u2018liq muammo yuzasidan qilgan yozma murojaati o\u2018rganildi. Murojaatda bayon qilinishicha, iste&#8217;molchi joriy yilning mart oyida Farg\u2018ona shahrida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi tadbirkor A.A.B.ga qarashli savdo do\u2018konidan Samsung Galaxy A73 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6663,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6662","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":100,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6662"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6662"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6662\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6665,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6662\/revisions\/6665"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6663"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6662"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6662"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6662"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}