{"id":6669,"date":"2023-06-14T08:24:49","date_gmt":"2023-06-14T05:24:49","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6669"},"modified":"2023-06-14T08:26:57","modified_gmt":"2023-06-14T05:26:57","slug":"%d2%9b%d0%b0%d0%b9%d1%82%d0%b8%d0%bc-%d1%9e%d1%80%d0%bd%d0%b8%d0%b3%d0%b0-%d0%b1%d0%be%d1%88%d2%9b%d0%b0-%d1%82%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%bd%d0%b8-%d1%82%d0%b8%d2%9b%d0%b8%d1%88%d1%82%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6669","title":{"rendered":"Berishga qaytimi, tanga pul bersang olgisi yo\u2018q sotuvchilarni tartibga chaqirish vaqti kelmadimi?"},"content":{"rendered":"<h5>Bugungi kunda O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan joylarda iste&#8217;molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo\u2018yicha qonunchilikni keng targ\u2018ib qilish, ularning huquqiy bilimi va iste&#8217;mol madaniyatini oshirish, iste&#8217;molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ularning yozma, og\u2018zaki va elekron shakldagi murojaatlari (ariza, shikoyat va takliflari) bilan ishlash yo\u2018nalishida tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda.<\/h5>\n<p>Fuqarolarimizdan kelayotgan murojaatlar ichida kundalik hayotimizning turli masalalariga daxldor bo\u2018lgan muammo va kamchiliklar qatorida savdo va xizmat ko\u2018rsatish ob&#8217;ektlarida iste&#8217;molchilarga qaytim uchun mayda pullarni bermaslik, qaytim o\u2018rniga arzon baholi turli tovarlarni (gugurt, qurut, saqich, konfeta va h.k.) tiqishtirish, keyingi vaqtlarda esa, hattoki, milliy valyutamizning mayda pullari hisoblangan 100, 200, 500, 1000 so\u2018mlik tanga pullarni to\u2018lovga qabul qilmaslik holatlari ham uchrab qolmoqdaki, bu kabi holatlar shu sohada faoliyat ko\u2018rsatayotgan xo\u2018jalik yurituvchi sub&#8217;ektlarning amaldagi qonunlarga hurmat bilan yondoshmayotganligi, o\u2018z huquqlarini yaxshi anglab olgani holda, majburiyatlarini unutib qo\u2018yayotganliklaridan o\u2018zga narsa emas, deb o\u2018ylaymiz.<\/p>\n<p>Iste&#8217;molchilarga qaytim o\u2018rniga arzon baholi turli tovarlarni berish (tiqishtirish) holatlarining avj olishi kelgusida yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi, kerak bo\u2018lsa ayrim tovarlar (bu o\u2018rinda qaytim uchun mayda pul rolini o\u2018z zimmasiga olgan tovarlar) narxlarining asossiz oshib ketishiga ham sabab bo\u2018lishi haqida ilgarigi chiqishlarimizda to\u2018xtalgandik. Milliy pul birligimizning tangalarini turli vaj-karsonlar bilan to\u2018lovga qabul qilmaslik masalasi esa yanayam jiddiyroq masala deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Garchi &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunda, xususan qonunning 21-moddasida, iste&#8217;molchiga qaytim o\u2018rniga boshqa tovarni tiqishtirish (haq evaziga qo\u2018shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo\u2018shimcha xizmatlardan foydalanishga qistash) qonunbuzilishi hisoblanishi to\u2018g\u2018risida norma mavjud bo\u2018lsada, savdo va xizmat ko\u2018rsatish ob&#8217;ektlarida to\u2018lovni milliy valyutada amalga oshirilishi va unga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo\u2018lish lozimligi, uni har qanday sharoitda to\u2018lovga qabul qilishning majburiyligi to\u2018g\u2018risidagi normalar mavjud emas. Shundan kelib chiqqan holda, tizim tashkilotlarimiz tomonidan qonunga ushbu holatlarni tartibga soluvchi normalarni kiritish to\u2018g\u2018risidagi takliflar berib kelinayotgan bo\u2018lsada, hozircha bu borada ijobiy natijalarga erisha olganimiz yo\u2018q.<\/p>\n<p>Holbuki, qonun 6-moddasining &#171;Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma&#8217;lumotda quyidagilar ko\u2018rsatilishi shart&#187; deb boshlanadigan ikkinchi qismi uchinchi xatboshisidagi &#171;narxi (tarifi) va sotib olish shartlari&#187; degan jumlalarga &#171;so\u2018mdagi&#187; so\u2018zini qo\u2018shilishi va ushbu satr &#171;so\u2018mdagi narxi (tarifi) va sotib olish shartlari&#187; tarzida berilishi, mamlakatimizdagi iste&#8217;molchilarga savdo va boshqa xizmatlarni ko\u2018rsatishda milliy valyutamizning o\u2018rni va ahamiyatini ko\u2018rsatib bergan hamda unga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo\u2018lishni shart qilib qo\u2018yadigan normalardan biri bo\u2018lgan bo\u2018lar edi. Birgina misol, Rossiyaning shu nomdagi qonuni shu kabi normalarini belgib bergan moddasida &#171;narxi (tarifi)&#187; degan jumlalardan oldin &#171;rubldagi&#187; jumlasi ishlatilgan va u to\u2018lig\u2018icha &#171;rubldagi narxi (tarifi)&#8230;&#187; deb boshlanadiki, bu bilan butun mamlakat hududida Rossiyaning milliy pul birligi majburiy tartibda muomalada bo\u2018lishi shartligiga urg\u2018u beriladi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, qonunning 10-moddasi (Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to\u2018lash shakli hamda tartibi)ga milliy valyutamiz borasidagi qancha norma kerak bo\u2018lsa, shuncha norma kiritish imkoniyati mavjudligini ham aytib o\u2018tish joizdir.<\/p>\n<p>Aholining bu boradagi haqli e&#8217;tirozlarini kamaytirish, bu kabi holatlarni sodir etilishi ortidan kelib chiqayotgan qonun va qoidalarni buzilishlarini oldini olish, xalqimizning milliy valyutamizga bo\u2018lgan hurmati va e&#8217;tiborini orttirish maqsadida, amaldagi &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunga tegishli o\u2018zgartirish va qo\u2018shimcha kiritilguniga qadar, boshqa qonunchilik hujjatlariga quyidagi normalarni kiritish bugungi kun talablariga mos tushar edi.<\/p>\n<p><strong>Birinchi<\/strong>, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan &#171;O\u2018zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari&#187; va &#171;O\u2018zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari&#187;ning tegishli o\u2018rinlariga &#171;milliy valyutamizning to\u2018lovga yaroqli bo\u2018lgan har qanday nominaldagi va ko\u2018rinishdagi (qog\u2018oz, tanga) banknotalari va tangalarini to\u2018lovga qabul qilish shartligi&#187; to\u2018g\u2018risidagi normalarni, shuningdek, mazkur ikki qoidalarning &#171;Savdo qoidalarini buzilishi turlari&#187; bo\u2018limlariga savdo qoidasini buzilishi sifatida &#171;milliy valyutadagi, to\u2018lovga yaroqli har qanday nominaldagi va ko\u2018rinishdagi (qog\u2018oz, tanga) banknotalarni va tangalarni to\u2018lovga qabul qilishni rad qilish&#187; jumlasini kiritish.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchi<\/strong>, O\u2018zbekiston Respublikasining Ma&#8217;muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksiga milliy to\u2018lov tizimlarini ifodalovchi, &#171;to\u2018lovga yaroqli bo\u2018lgan har qanday nominaldagi va ko\u2018rinishdagi (qog\u2018oz, tanga) banknotalarni va tangalarni to\u2018lovga qabul qilish shartligi, ularni qabul qilishdan bosh tortish yoki rad qilish&#187; holatlariga nisbatan ma&#8217;muriy jarima qo\u2018llanilishi bo\u2018yicha alohida modda yoki ushbu holatga taalluqli bo\u2018lgan hamda mavjud moddaga qo\u2018shimcha kiritish yohud prim modda kiritish.<\/p>\n<p><strong>So\u2018ngso\u2018z o\u2018rnida<\/strong><\/p>\n<p>Bu holatni kelib chiqishiga balki banklarda mayda pullarni yetarli emasligi sabab bo\u2018layotgandir, degan mazmundagi shubhamizga, ushbu muassasalarning mas&#8217;ullaridan omborlarda yetarli hajmda va nominallarda mayda pullar (tangalar) mavjudligi, faqatgina ularni savdo va xizmat ko\u2018rsatish ob&#8217;ektlari mas&#8217;ullari tomonidan oldi-sotdi amaliyotlarida foydalanish uchun talab qilib olinmayotganligi xususida javoblar olyapmiz. Shunday ekan, ushbu holatda, faqatgina bitta chora, aholi bilan naqd pulli hisob-kitoblar olib boruvchi sub&#8217;ektlar hamda ularning mas&#8217;ullariga nisbatan yuqoridagi kabi holatlarga yo\u2018l qo\u2018yilganda moliyaviy ta&#8217;sir choralarini qo\u2018llashgina qolayotgandek. Huquqbuzarning hamyoniga keladigan zarar esa, uni bunday harakatni sodir etishdan avval, albatta, tanasiga yana bir marta o\u2018ylab ko\u2018rishga undaydi.<\/p>\n<p><strong>G\u2018ayrat Mamatkulov<\/strong><br \/>\nFederatsiyaning Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi sektor boshlig\u2018i<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan joylarda iste&#8217;molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo\u2018yicha qonunchilikni keng targ\u2018ib qilish, ularning huquqiy bilimi va iste&#8217;mol madaniyatini oshirish, iste&#8217;molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ularning yozma, og\u2018zaki va elekron shakldagi murojaatlari (ariza, shikoyat va takliflari) bilan ishlash yo\u2018nalishida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6670,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6669","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":439,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6669"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6669"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6669\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6672,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6669\/revisions\/6672"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6670"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6669"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6669"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6669"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}