{"id":6679,"date":"2023-06-15T12:14:34","date_gmt":"2023-06-15T09:14:34","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6679"},"modified":"2023-06-15T14:07:55","modified_gmt":"2023-06-15T11:07:55","slug":"%d2%b3%d1%83%d0%b4%d1%83%d0%b4%d0%b8%d0%b9-%d0%b1%d0%b8%d1%80%d0%bb%d0%b0%d1%88%d0%bc%d0%b0-%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%b0%d0%b1%d0%b1%d1%83%d1%81%d0%b8-%d0%b1%d0%b8%d0%bb%d0%b0%d0%bd-%d0%b1%d1%80%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6679","title":{"rendered":"Hududiy birlashma tashabbusi bilan brifing hamda yana bir dolzarb mavzuda seminar o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi va Farg\u2018ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasi asosida Farg\u2018ona shahridagi \u201cNNTlar uyi\u201dda NNTlar vakillari, Federatsiya tizimida mehnat faoliyati olib boryotgan xodimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida &#171;O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari jamiyatlari federatsiyasining Farg\u2018ona viloyatidagi hududiy tuzilmalarini adliya boshqarmasida hisob ro\u2018yxatidan davlat ro\u2018yxatiga o\u2018tkazish bo\u2018yicha amalga oshirilgan ishlar&#187; mavzusida brifing tashkillandi.<\/h5>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-6682\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/15-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/15-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/15.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-6681\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/13-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/13-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/13.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p>Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi, Raqobat boshqarmasi, NNTlar assosiasiyasi viloyat bo\u2018linmasi rahbar va mas&#8217;ul xodimlari ham kun tartibidagi masalalar yuzasidan o\u2018z fikr va mulohazalarini bildirib o\u2018tdilar.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-6683\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/6-1-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/6-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/6-1.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-6684\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/21-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/21-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/21.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlandiki, O\u2018zbekiston Respublikasida iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish harakati 1996 yil yil 26 aprelda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan <strong>\u201cIste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida\u201d<\/strong>gi qonunining 30 \u2013 moddasiga muvofiq, 1997 yilda O\u2018zbekiston aholisini sifatsiz mahsulot va xizmatlardan himoya qilishga o\u2018z ulushini qo\u2018shish va o\u2018z imkoniyatlarini birlashtirishga qaror qilgan bir qator hamfikrlar tashabbusi bilan, poytaxtimizning Shayxontohur tumanida iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakati O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati shaklida tashkil topdi va 1999 yili Respublika iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati sifatida ro\u2018yxatdan o\u2018tdi. Bu vaqtda respublikamizning 7 ta viloyatida hududiy jamiyatlar tashkil topdi. 2000 yil O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining navbatdan tashqari II s&#8217;ezdida jamiyatga O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi nomi berildi. Bu vaqtda 9 ta viloyat va Toshkent shahrida jamiyatlar tashkil etilgan edi.<\/p>\n<p>Faol iste&#8217;molchilarning sa&#8217;y-harakatlari tufayli ushbu jamoat tashkilotiga davlat tarafidan alohida e&#8217;tibor berilib, qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 28 noyabrda <strong>&#171;Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida&#187;<\/strong>gi 414-sonli qarorining qabul qilinishi mazkur ijtimoiy harakat taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Shu bilan birga, mazkur qaror bilan Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi hamda Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi ma&#8217;qullandi. 2003 yil 17 yanvardagi federatsiyaning III ta&#8217;sis konferensiyasi Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Federatsiyasi, Toshkent shahri hamda respublikaning 12 ta viloyatidagi hududiy birlashmalarni birlashtirdi.<\/p>\n<p>Shuni alohida ta&#8217;kidlash joizki, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari 2023 yilga qadar yagona Ustav asosida faoliyat ko\u2018rsatib keldi. Bu esa Federatsiyaning Adliya vazirligidan davlat ro\u2018yxatidan, viloyat hududiy birlashmalari va tuman (shahar) jamiyatlarini esa adliya boqsharmalaridan hisob ro\u2018yxatidan o\u2018tib faoliyat ko\u2018rsatib kelganligini anglatadi. Keyingi yillarda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan yurtimizda nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatlarini qo\u2018llab-quvvatlash, ularning emin-erkin faoliyat ko\u2018rsatishlari uchun tegishli sharoitlarni yaratib berish hamda bu boradagi qonunchilik bazasini mustahkamalash borasidagi tashabbuslari va sa&#8217;y-harakatlari ortidan bu borada bir qator qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.<\/p>\n<p>Shunday hujjatlardan biri O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.03.2021 yildagi \u201cNodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta&#8217;minlashga oid qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi PQ-5012-son qaroridir. Ushbu qarorning 1-bandi to\u2018rtinchi xatboshisi bilan nodavlat notijorat tashkilotining alohida bo\u2018linmasi yuridik shaxs hisoblanishi, bunda alohida bo\u2018linmalarni hisobga qo\u2018yish tartibi bekor qilinishi belgilab qo\u2018yildi. Shundan kelib chiqqan holda, Federatsiya Kengashining 2023 yil 20 yanvardagi 1\/23-sonli Majlisida Federatsiyaning barcha hududiy tashkilotlarini hisob ro\u2018yxatidan davlat ro\u2018yxatiga o\u2018tkazish bo\u2018yicha ishlarni tashkillash to\u2018g\u2018risida qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p>Federatsiyaning 14 ta ma&#8217;muriy-hududiy birlikdagi hududiy birlashmalari qatori Farg\u2018ona viloyat hududiy birlashmasi tizimida ham Federatsiya Kengashi qarori asosida hududiy birlashmani hamda tizimdagi 19 ta tuman va shahar jamiyatlarini davlat ro\u2018yxatiga o\u2018tkazish uchun, Federatsiya Ustavi asosida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining nizomlarini ishlab chiqildi. Shu va boshqa talab qilinadigan hujjatlar jamlamasi viloyat adliya boshqarmasi taqdim qilingach, 2023 yilning may oyi holatiga to\u2018lig\u2018icha davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tish ishlari yakunlandi hamda adliya boshqarmasidan davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tganligini tasdiqlovchi guvohnomalar olindi.<\/p>\n<p>Tashkilotlarimizni davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tganligi esa bugungi kunda ularga davlat grantlarini, ijtimoiy buyurtma va subsidiyalarini olish imkoniyatlarini yaratib berdi.<\/p>\n<p>Brifingdan so\u2018ng, tadbir doirasida ishtirokchilar uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 oktyabrdagi &#171;Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta&#8217;minlash yuzasidan qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida&#187;gi PQ-411-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o\u2018tkazildi. Seminar ishida O\u2018zbekiston Respublikasi Raqobat qo\u2018mitasi viloyat hududiy boshqarmasi mas&#8217;ul xodimlari ma&#8217;ruza bilan ishtirok etdilar.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-6686\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/12-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/12-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/12.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-medium wp-image-6685\" src=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/5-2-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/5-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/istemolchi-info.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/06\/5-2.jpg 500w\" sizes=\"(max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><br \/>\nMa&#8217;ruzachi tomonidan ta&#8217;kidlandiki, mazkur qarorning 5-banliga ko\u2018ra, dori vositalarining chakana savdosida jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida 2023 yil 1 maydan boshlab:<\/p>\n<p><em>&#8212; jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid chekining fiskal belgisi matrisali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro\u2018yxatdan o\u2018tkazilganda dori vositalari narxlari Farmasevtika tarmog\u2018ini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi;<\/em><\/p>\n<p><em>&#8212; matrisali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash natijasida dori vositalarining chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qo\u2018llanilganligi aniqlangan taqdirda, tegishli chora ko\u2018rish uchun bu haqida iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi;<\/em><\/p>\n<p><em>&#8212; xarid cheki bo\u2018yicha narx dori vositasining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, ushbu ma&#8217;lumot asosida o\u2018tkazilgan tekshirish yakuniga ko\u2018ra huquqbuzardan belgilangan tartibda jarima undiriladi.<\/em><\/p>\n<p><em>Bunda, xarid chekida sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning to\u2018liq miqdorda ko\u2018rsatilmasligi savdo yoki xizmat ko\u2018rsatish qoidalari to\u2018g\u2018risidagi qonunchilikni buzish sifatida e&#8217;tirof etiladi.<\/em><\/p>\n<p>Seminarda so\u2018z olganlar mazkur qaror ijrosini ta&#8217;minlash va sohada jamoatchilik nazoratini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo\u2018lgan ishlar, ushbu jarayonda NNTlarning tutgan o\u2018rni va roli, qaror ijrosini ta&#8217;minlash ishida fuqarolarning faol ishtirokini ta&#8217;minlash masalalarida o\u2018zaro fikr va mulohazalar almashdilar. Tadbir yakunlariga ko\u2018ra esa, viloyatdagi davlat va nodavlat tashkilotlari o\u2018rtasida bu borada yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.<\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" title=\"Hududiy birlashma brifing o`tkazmoqda\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/Sese9dc6wUo?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe><\/p>\n<p><strong>Hududiy birlashma Axborot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><em>Suratlarni O\u2018zA fotomuxbiri Muqimjon Qodirov olgan<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi va Farg\u2018ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasi asosida Farg\u2018ona shahridagi \u201cNNTlar uyi\u201dda NNTlar vakillari, Federatsiya tizimida mehnat faoliyati olib boryotgan xodimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida &#171;O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari jamiyatlari federatsiyasining Farg\u2018ona viloyatidagi hududiy tuzilmalarini adliya boshqarmasida hisob ro\u2018yxatidan davlat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6680,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6679","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":106,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6679"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6679"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6679\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6688,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6679\/revisions\/6688"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6680"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6679"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6679"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6679"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}