{"id":6725,"date":"2023-07-04T17:23:32","date_gmt":"2023-07-04T14:23:32","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6725"},"modified":"2023-07-04T17:23:32","modified_gmt":"2023-07-04T14:23:32","slug":"%d1%81%d0%b5%d1%80%d0%b2%d0%b8%d1%81-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f%d1%81%d0%b8-%d0%bc%d0%b8%d0%b6%d0%be%d0%b7%d0%b3%d0%b0-%d1%91%d0%bd-%d0%b1%d0%b5%d1%80%d0%b8%d1%88%d0%bd%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6725","title":{"rendered":"Servis kompaniyasi mijozga yon berishni ma&#8217;qul ko\u2018rdi"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018zbekiston tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning &#171;Olmazor&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018inida yashovchi B.A.ning o\u2018zi tomonidan xarid qilingan yangi gaz plitasi buzilib qolgach, unga servis xizmati ko\u2018rsatishda yuzaga kelgan muammolar masalasidagi murojaati o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Iste&#8217;molchining so\u2018zlariga ko\u2018ra, u gaz plitasini hududlaridagi &#171;Shodlik kredit savdo&#187; do\u2018konidan o\u2018tgan yilning iyun oylarida tovarning 4 mln 17 ming 100 so\u2018m bo\u2018lgan qiymatini 12 oy davomida bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash sharti bilan xarid qilgan. &#171;Artel&#187; savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan mazkur gaz plitasidan muayyan vaqt foydalanib kelgan. Keyinchalik plitaning duxovka qismida nosozlik kuzatila boshlagan, ya&#8217;ni duxovkaga yoqilgan gaz o\u2018z-o\u2018zidan o\u2018chib qola boshlagan. Shundan so\u2018ng ushbu masalada kompaniyaning servis markaziga murojaat qilgan. Lekin servis markazidan xonadonga kelgan usta esa kerakli ehtiyot qismlari yo\u2018qligini, ustiga-ustak xizmat pulli bo\u2018lishini aytib ketadi.<\/p>\n<p>Murojaatni o\u2018rganish jarayonida tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan ushbu masalada servis kompaniyasiga so\u2018rov kiritildi. Kompaniyadan kelgan javobda iste&#8217;molchi joriy yilning 10 may kunida mijozlar bilan ishlash uchun ajratilgan telefon raqamiga murojat qoldirganligi, markaz xodimlari xonadonda plitani ko\u2018zdan kechirganda mahsulotda kamchiliklar kelib chiqishiga gaz plitani ajratuvchisi (rassekateli) erib ketgani, shuningdek plita suyultirilgan uglevodorod gazi (propan)da ishlatishga emas, balki uning moslamasi tabiiy gaz (metan)da ishlatishga moslashtirilganligi, kafolat kitobida standartlardan chetga chiqishlar, shuningdek elektr tarmog\u2018i kuchlanishidagi tafovutlar va keskin o\u2018zgarishlar va hakozo va hakozolar oibatida kelib chiqadigan oqibatlar esa iste&#8217;molchi tomonidan pulli asoslarda bartaraf qilinishiga sabab bo\u2018lishi bayon qilinadi. Shunday bo\u2018lsada, kompaniya o\u2018z brendiga mijozlar hurmatini oshirish maqsadida, iste&#8217;molchi B.A. bilan yuzaga kelgan holatni bepul asoslarda bartaraf etib berishga qaror qilingani ham qo\u2018shimcha qilinadi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda haqli savollar tug\u2018iladi. Iste&#8217;molchiga u tovarni xarid qilayotganda, hech bo\u2018lmaganda, plitani propanda emas, metan yoqilg\u2018isida ishlatish shartligi tushuntirilganmidi? Amaldagi &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 7-moddasida &#171;Iste&#8217;molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto\u2018g\u2018ri yoki yetarli darajada to\u2018liq bo\u2018lmagan ma&#8217;lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to\u2018g\u2018risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste&#8217;molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi&#187;, degan norma mavjudligidan sotuvchining, shuningdek ishlab chiqaruvchi vakilining xabari bormikan? Iste&#8217;molchiga nuqsonli tovar sotilganda yoki uning nuqsonlari kafolat muddati ichida yuzaga kelganda iste&#8217;molchining bir qator huquqlari mavjudligidanchi? Xullas, savollar yetarli darajada. Keling, shu yerda ushbu masalaga juda chuqur kirmagan holda, yuzaga kelgan vaziyatda iste&#8217;molchining muammosi hal qilinganligiyu, uning qonuniy talablari bajarilishiga erishilganligi faktida to\u2018xtalib turaylik.<\/p>\n<p><strong>Isomiddin Abbasov,<\/strong><br \/>\nO\u2018zbekiston tuman jamiyati mutaxassisi.<\/p>\n<p>(illyustrativ foto)<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning &#171;Olmazor&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018inida yashovchi B.A.ning o\u2018zi tomonidan xarid qilingan yangi gaz plitasi buzilib qolgach, unga servis xizmati ko\u2018rsatishda yuzaga kelgan muammolar masalasidagi murojaati o\u2018rganildi. Iste&#8217;molchining so\u2018zlariga ko\u2018ra, u gaz plitasini hududlaridagi &#171;Shodlik kredit savdo&#187; do\u2018konidan o\u2018tgan yilning iyun oylarida tovarning 4 mln 17 ming 100 so\u2018m [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6726,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6725","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":92,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6725"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6725"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6725\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6727,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6725\/revisions\/6727"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6726"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6725"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6725"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6725"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}