{"id":6825,"date":"2023-07-28T12:39:55","date_gmt":"2023-07-28T09:39:55","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6825"},"modified":"2023-07-28T13:33:12","modified_gmt":"2023-07-28T10:33:12","slug":"%d0%b0%d2%b3%d0%be%d0%bb%d0%b8%d0%bd%d0%b8-%d1%80%d1%9e%d0%b9%d1%85%d0%b0%d1%82%d0%b3%d0%b0-%d0%be%d0%bb%d0%b8%d1%88-%d0%b1%d0%be%d1%81%d2%9b%d0%b8%d1%87%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8-%d2%b3%d0%b0%d0%bc","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6825","title":{"rendered":"Aholini ro\u02bbyxatga olish bosqichlari hamda davlat va xo\u02bbjalik boshqaruvi organlari ishtiroki"},"content":{"rendered":"<h5>Aholini ro\u02bbyxatga olishga tayyorgarlik ko\u02bbrish va o\u02bbtkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo\u02bblib, ketma-ket hamda bir vaqtning o\u02bbzida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo\u02bblgan uch bosqichlni o\u02bbz ichiga oladi:<\/h5>\n<p><strong>Birinchi bosqichda (3 yilgacha bo\u02bblgan muddat)<\/strong> quyidagi ishlar amalga oshiriladi:<\/p>\n<p>aholini ro\u02bbyxatga olish tadbirini o\u02bbtkazishni tashkil etish, o\u02bbtkazish tamoyillari, uslubiy asoslari va moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanadi;<br \/>\naholini ro\u02bbyxatga olish tadbiri dasturini, aholini ro\u02bbyxatga olishni o\u02bbtkazish, uning natijalarini olish va e\u02bblon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi;<br \/>\naholini sinov asosida ro\u02bbyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko\u02bbrish va o\u02bbtkazishni tashkil etish, uning natijalarini tahlil qilish ishlari olib boriladi;<br \/>\nhar bir ro\u02bbyxatga oluvchilarni o\u02bbz hududi bo\u02bbyicha xaritalar bilan ta\u02bbminlanadi;<br \/>\naholi punktlaridagi uylarning ro\u02bbyxatini tuzish va aholini ro\u02bbyxatga olish tadbirini o\u02bbtkazishning tashkiliy rejasi tuziladi;<br \/>\nhar bir xonadon raqamlanishi va ko\u02bbchalar nomlanishini amalga oshiriladi;<br \/>\nzamonaviy xaritalash texnologiyalaridan foydalangan holda aholini ro\u02bbyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko\u02bbrish, uning o\u02bbtkazilishini nazorat qilish, yakuniy natijalarni olish va taqdim etishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish orqali tadbir monitoring qilib boriladi;<br \/>\naholiga aholini ro\u02bbyxatga olishning maqsadi va vazifalari axborot-tushuntirish ishlari orqali tanishtiriladi;<br \/>\nro\u02bbyxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlar chop etilib, joylardagi mutaxassislarga etkaziladi;<br \/>\nro\u02bbyxatga olish uchastkalarini bino, transport va aloqa vositalari bilan ta\u02bbminlash ishlari tashkil etiladi;<br \/>\nro\u02bbyxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi vaqtinchalik xodimlar o\u02bbqitilib, ular zaruriy vositalar bilan ta\u02bbminlanadi;<br \/>\naholini ro\u02bbyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko\u02bbrish bilan bog\u02bbliq boshqa ishlar olib boriladi.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchi bosqichda (10 kundan 60 kungacha bo\u02bblgan davr)<\/strong> bevosita aholini ro\u02bbyxatga olish tadbirini o\u02bbtkazish ishlari amalga oshiriladi, ya\u02bbni aholi to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bblumotlar yig\u02bbiladi, nazorat tekshiruvi o\u02bbtkaziladi va aholini ro\u02bbyxatga olish tadbiri materiallari qayta ishlash uchun ixtisoslashgan tuzilmalarga taqdim etiladi.<\/p>\n<p><strong>Uchinchi bosqichda (2 yildan 3 yilgacha bo\u02bblgan davr)<\/strong> quyidagilar amalga oshiriladi:<\/p>\n<p>aholini ro\u02bbyxatga olish tadbirining birlamchi materiallari ma\u02bblumotlarni qayta ishlash bo\u02bbyicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi;<br \/>\naholini ro\u02bbyxatga olish tadbiri materiallarini avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanadi;<br \/>\nbirlamchi ma\u02bblumotlarni kiritish, kodlashtirish, nazorat va tahrir qilish ishlari amalga oshiriladi;<br \/>\naholini ro\u02bbyxatga olish bo\u02bbyicha dastlabki natijalar olinadi;<br \/>\naholini ro\u02bbyxatga olish tadbiri natijalarini e\u02bblon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Aholini ro\u02bbyxatga olish bo\u02bbyicha vakolatli organ \u2013 O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi hisoblanib, ular quyidagi muhim vazifalarni amalga oshiradilar:<\/p>\n<p>a) muhim ilmiy va oliy ta\u02bblim muassasalari ishtirokida aholini ro\u02bbyxatga olish tadbirini o\u02bbtkazish bo\u02bbyicha ilmiy-uslubiy va qo\u02bbllanma materiallarni tayyorlaydi;<br \/>\nb) har bir aholi punktida aholini ro\u02bbyxatga olish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ro\u02bbyxatga olish uchastkalari mudirlarining, davlat statistika organlari xodimlari tarkibidan supervayzerlar (nazoratchi instruktorlar)ning tayinlanishini ta\u02bbminlaydi;<br \/>\nv) joylardagi tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda, ro\u02bbyxatga oluvchi xodimlarni o\u02bbqitishni, shuningdek, ro\u02bbyxatga olish varaqalarini sinov ko\u02bbrinishida to\u02bbldirish bo\u02bbyicha amaliy mashg\u02bbulotlarni, keyinchalik xatoliklarni tahlil qilish va yuzaga kelgan qiyinchiliklarni tushuntirish orqali o\u02bbtkazilishini (o\u02bbqitish ishlari o\u02bbqitilayotgan xodimlarning o\u02bbrganilayotgan materialni to\u02bbg\u02bbri o\u02bbzlashtirganliklari va ro\u02bbyxatga olish ishlariga tayyor ekanliklarini sinovdan o\u02bbtkazgandan so\u02bbng yakunlanadi) amalga oshiradi;<br \/>\ng) O\u02bbzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:<\/p>\n<p>ro\u02bbyxatga olish natijalarini qayta ishlash bo\u02bbyicha moddiy-texnik vositalarni sotib olish, server uskunalari, ro\u02bbyxatga olish varaqalarini mashinada o\u02bbqishni ta\u02bbminlovchi skanerlar va boshqa ofis texnikalari bilan ta\u02bbminlash bo\u02bbyicha tenderlar tashkil etish va o\u02bbtkazilishini ta\u02bbminlaydi;<br \/>\naholini ro\u02bbyxatga olish varaqalari ma\u02bblumotlarini kiritish va qayta ishlash bo\u02bbyicha avtomatlashtirilgan tizim yaratadi;<br \/>\naholini ro\u02bbyxatga olish tadbirlari natijalarini olish bo\u02bbyicha dasturiy vositalarni ishlab chiqadi;<br \/>\nd) O\u02bbzbekiston Milliy axborot agentligi, O\u02bbzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentliklari bilan birgalikda, aholini ro\u02bbyxatga olish tadbiri o\u02bbtkazilishi haqida aholini xabardor qilish, ro\u02bbyxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etish bo\u02bbyicha aholi o\u02bbrtasida targ\u02bbibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, shiorlar chiqarish va boshqa shu kabi tadbirlarni amalga oshirish bo\u02bbyicha ishlarni muvofiqlashtiradi.<\/p>\n<p>Bu tadbirga nafaqat statistika organlari xodimlari, balki respublikaning boshqa davlat va xo\u02bbjalik boshqaruvi organlari ham aholini ro\u02bbyxatga olish ishlarida bevosita ishtirok etadilar.<\/p>\n<p>Jumladan: O\u02bbzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo\u02bbyicha davlat qo\u02bbmitasi aholini ro\u02bbyxatga olish tadbirini o\u02bbtkazish uchun zarur bo\u02bblgan miqdorda kartografik materiallarning (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejasi, ma\u02bbmuriy tumanlar xaritasi) tayyorlanishini ta\u02bbminlaydi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi \u201cO\u02bbzarxiv\u201d agentligi aholini ro\u02bbyxatga olish varaqalarini va boshqa hujjatlarni saqlash bo\u02bbyicha ishlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek, aholini ro\u02bbyxatga olishning yig\u02bbma hujjatlarini qayta ishlangandan so\u02bbng doimiy saqlanishini yuritadi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi quyidagilarni amalga oshiradi:<\/p>\n<p>aholini ro\u02bbyxatga olishga jalb etilgan shaxslarning to\u02bbliq xavfsizligi va ro\u02bbyxatga olish materiallarining saqlanishini ta\u02bbminlaydi;<br \/>\nro\u02bbyxatga olishni o\u02bbtkazish davrida aholini ro\u02bbyxatga olish organlarining binolari va yuklarini qo\u02bbriqlashni amalga oshiradi;<br \/>\naholini ro\u02bbyxatga olish organlari bilan birgalikda, ro\u02bbyxatga olishni o\u02bbtkazish uchun zarur ma\u02bblumotlarni berishdan bosh tortgan yoki korxona va tashkilot hududiga kiritishga to\u02bbsqinlik qilgan shaxslarga nisbatan ma\u02bbmuriy ta\u02bbsir choralari ko\u02bbrishi mumkin.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari zimmalariga ham bir qator vazifalar yuklatilgan bo\u02bblib, ular quyidagilarni amalga oshiradilar:<\/p>\n<p>ro\u02bbyxatga olish tadbiriga jalb etilgan shaxslarning o\u02bbqishi va ishlashi uchun yaroqli bo\u02bblgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik binolar hamda aholini ro\u02bbyxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik saqlash uchun qo\u02bbriqlanadigan binolar ajratadi;<br \/>\naholini ro\u02bbyxatga olish uchastkalarini zarur transport va aloqa vositalari bilan ta\u02bbminlaydi;<br \/>\ndavlat kadastri va davlat statistika organlari bilan birgalikda, doimiy yashovchi aholi sonini ko\u02bbrsatgan holda aholi punktlarining to\u02bbliq ro\u02bbyxatini tuzadilar.<\/p>\n<p>Aholini ro\u02bbyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko\u02bbrish va o\u02bbtkazish bo\u02bbyicha alohida ishlar jalb etilgan pudrat tashkilotlari tomonidan mahsulotlar va xizmatlar sotib olish bo\u02bbyicha o\u02bbtkazilgan tanlov asosida bajariladi, ya\u02bbni: aholi o\u02bbrtasida axborot-tushuntirish ishlarini o\u02bbtkazish; kartografik materiallarni chop etish; ro\u02bbyxatga olish materiallarini chop etish; moddiy-texnik ta\u02bbminlash; ro\u02bbyxatga olish materiallarini tashish; texnologik-loyiha ishlarini o\u02bbtkazish va dasturiy ta\u02bbminotni ishlab chiqish; ro\u02bbyxatga olish varaqalari ma\u02bblumotlarini kiritish, avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash va boshqalar.<\/p>\n<p>Aholini ro\u02bbyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko\u02bbrish va o\u02bbtkazishga ko\u02bbmaklashish uchun zarur hollarda qo\u02bbshimcha ravishda boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar jalb etilishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>Boburjon Ahadjonov,<\/strong><br \/>\nFarg\u2018ona viloyati statistika boshqarmasining<br \/>\n\u201cRo\u2018yxatga olish jkarayonlarini tashkil etish va uni o\u2018tkazish\u201d<br \/>\nbo\u2018limi bosh mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aholini ro\u02bbyxatga olishga tayyorgarlik ko\u02bbrish va o\u02bbtkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo\u02bblib, ketma-ket hamda bir vaqtning o\u02bbzida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo\u02bblgan uch bosqichlni o\u02bbz ichiga oladi: Birinchi bosqichda (3 yilgacha bo\u02bblgan muddat) quyidagi ishlar amalga oshiriladi: aholini ro\u02bbyxatga olish tadbirini o\u02bbtkazishni tashkil etish, o\u02bbtkazish tamoyillari, uslubiy asoslari va moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini tartibga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6827,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6825","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":185,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6825"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6825"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6825\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6832,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6825\/revisions\/6832"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6827"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6825"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6825"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6825"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}