{"id":6867,"date":"2023-08-07T16:28:27","date_gmt":"2023-08-07T13:28:27","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6867"},"modified":"2023-08-07T16:28:27","modified_gmt":"2023-08-07T13:28:27","slug":"%d1%81%d0%b8%d1%84%d0%b0%d1%82%d1%81%d0%b8%d0%b7-%d1%82%d0%b0%d0%b9%d1%91%d1%80%d0%bb%d0%b0%d0%bd%d0%b3%d0%b0%d0%bd-%d0%b1%d1%83%d1%8e%d1%80%d1%82%d0%bc%d0%b0%d0%b4%d0%b0%d0%b3%d0%b8-%d0%ba%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6867","title":{"rendered":"Sifatsiz tayyorlangan buyurtmadagi kamchiliklar to\u2018g\u2018rilandi"},"content":{"rendered":"<h5>Yozyovon tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida &#171;Cho\u2018liguliston&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018inida istiqomat qiluvchi S.A.ning buyurtma qilingan eshik-romlarni ijrochi tomonidan sifatsiz tayyorlangani borasidagi murojaati o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Murojaatchiga ko\u2018ra, u tumanning &#171;Suvliariq&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida faoliyatini olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkorga 1 dona eshik hamda 3 dona rom tayyorlab berishi uchun buyurtma beradi. Iste&#8217;molchi buyurtmaning to\u2018liq qiymati bo\u2018lgan 3 mln 150 ming so\u2018mni 100 foiz oldindan to\u2018laydi. Buyurtma kelishilgan kunda tayyor bo\u2018lib, ijrochining vakili tomonidan xonadonga keltirilganida, eshik va romlar buyurtma berish vaqtida iste&#8217;molchi tomonidan tanlangan rang va sifatda emasligi ma&#8217;lum bo\u2018ladi. Iste&#8217;molchining bu borada sotuvchi vakili va ijrochiga bildirgan e&#8217;tirozlari esa e&#8217;tiborsiz qoldiriladi. Shundan so\u2018ng iste&#8217;molchi tuman jamiyatiga murojaat qilib, o\u2018zining qonuniy huquqlari ro\u2018yobga chiqarilishida amaliy yordam ko\u2018rsatilishini so\u2018raydi.<\/p>\n<p>Murojaatni o\u2018rganish davomida iste&#8217;molchining e&#8217;tirozlari o\u2018rinli ekanligi isbotini topgach, ijrochiga amaldagi iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi qonunchilik talablari, xususan, qonunning 19-moddasiga ko\u2018ra, ijrochi tomonidan ishlarni bajarish qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ish bajarilmasligi, bunday holatlarda iste&#8217;molchining huquqlari, qonun talablarini buzilishi natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar berilgach, buyurtma qaytadan bajarilishiga va iste&#8217;molchi tanlagan rang va sifatdagi eshik-romlar unga yetkazib berilishiga erishildi. Shuningdek, tadbirkor o\u2018z ish faoliyatini asosan og\u2018zaki kelishuvlar asosida olib borayotganligi kuzatilib, unga iste&#8217;molchilar bilan yozma shartnomalar, hech bo\u2018lmaganda maxsus tayyorlangan buyurtma blankalari asosida buyurtmalarni qabul qilib olishning afzallik tomonlari ham tushuntirib o\u2018tildi.<\/p>\n<p><strong>Shavkatjon Saidov,<\/strong><br \/>\ntuman jamiyati bosh mutaxassisi.<br \/>\n(illyustrativ foto)<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yozyovon tuman iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida &#171;Cho\u2018liguliston&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018inida istiqomat qiluvchi S.A.ning buyurtma qilingan eshik-romlarni ijrochi tomonidan sifatsiz tayyorlangani borasidagi murojaati o\u2018rganildi. Murojaatchiga ko\u2018ra, u tumanning &#171;Suvliariq&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida faoliyatini olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkorga 1 dona eshik hamda 3 dona rom tayyorlab berishi uchun buyurtma beradi. Iste&#8217;molchi buyurtmaning to\u2018liq qiymati [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6868,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6867","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":82,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6867"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6867"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6867\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6869,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6867\/revisions\/6869"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6868"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6867"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6867"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6867"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}