{"id":6906,"date":"2023-08-15T06:12:13","date_gmt":"2023-08-15T03:12:13","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6906"},"modified":"2023-08-15T06:12:13","modified_gmt":"2023-08-15T03:12:13","slug":"%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b5%d1%8a%d0%bc%d0%be%d0%bb%d1%87%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d0%bd%d0%b3-%d1%81%d0%b0%d0%ba%d0%ba%d0%b8%d0%b7-%d0%bc%d0%b8%d0%bb%d0%bb%d0%b8%d0%be%d0%bd-%d1%81%d1%9e%d0%bc%d0%b4%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6906","title":{"rendered":"Iste\u2019molchining sakkiz million so\u2018mdan ortiqroq puli qaytarib olib berildi"},"content":{"rendered":"<h5>Farg\u2018ona shahar iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning &#171;Yorug\u2018lik&#187; ko\u2018chasida istiqomat qiluvchi Q.B.ning xarid qilingan pech bilan bog\u2018liq muammolar yuzasidan qilgan murojaati o\u2018rganildi.<\/h5>\n<p>Ma\u2019lum bo\u2018lishicha, fuqaro joriy yilning iyun-iyul oylarida shahardagi &#171;Xitoy&#187; savdo uyidan bir dona elektr pechni 6 000 000 so\u2018mga xarid qiladi. Lekin iste\u2019molchi xonadonida elektr toki kuchlanishi pastligi sabab ushbu pechdan to\u2018laqonli foydalana olmagach, do\u2018konga qaytarib olib keladi. Sotuvchi qo\u2018shimcha 2 220 000 so\u2018m to\u2018lov qilib, elektr pech o\u2018rniga gazda ishlaydiganini xarid qilishni tavsiya qiladi. Sotuvchining ushbu taklifiga rozi bo\u2018lgan iste\u2019molchi pechni olib ketib, M. ismli usta yordamida pechni o\u2018rnatadi.<\/p>\n<p>Lekin pech nafaqat tabiiy gazda, balki unga sinov tariqasida ulab ko\u2018rilgan suyultirilgan uglevodorod (propan) gazida ham yaxshi ishlamagan. Pechni obdon ko\u2018zdan kechirgan usta u oldin iste\u2019molda bo\u2018lganligini taxmin qilib, iste\u2019molchiga ruchka qismidagi nuqsonni ham ko\u2018rsatadi. Shundan so\u2018ng pech yana sotuvchiga qaytarib olib kelinadi va to\u2018langan pul summasini qaytarish talabi qo\u2018yiladi. Pech o\u2018sha kuni olib qolingan bo\u2018lsada, iste\u2019molchining pulini qaytarish ishlari paysalga solinavergach, iste\u2019molchi shahar jamiyatiga bu borada murojaat qilib, amaliy yordam so\u2018raydi.<\/p>\n<p>Murojaatni o\u2018rganish ishlari davomida jamiyat mutaxassislari savdo uyi mas\u2019ullari bilan uchrashib, amaldagi qonun talablarini o\u2018zida aks ettirgan da\u2019vo talabnomasini topshirganlaridan so\u2018ng, murojaatchining muammosiga tezkorlikda ijobiy yechim topilishiga erishildi hamda o\u2018rganish yakunlari bilan iste\u2019molchiga 8 220 000 so\u2018m puli qaytarildi.<\/p>\n<p><strong>Usmonjon Ruziyev,<\/strong><br \/>\nshahar jamiyati bosh mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farg\u2018ona shahar iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning &#171;Yorug\u2018lik&#187; ko\u2018chasida istiqomat qiluvchi Q.B.ning xarid qilingan pech bilan bog\u2018liq muammolar yuzasidan qilgan murojaati o\u2018rganildi. Ma\u2019lum bo\u2018lishicha, fuqaro joriy yilning iyun-iyul oylarida shahardagi &#171;Xitoy&#187; savdo uyidan bir dona elektr pechni 6 000 000 so\u2018mga xarid qiladi. Lekin iste\u2019molchi xonadonida elektr toki kuchlanishi pastligi sabab ushbu pechdan to\u2018laqonli [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6907,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6906","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":98,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6906"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6906"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6906\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6908,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6906\/revisions\/6908"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6907"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6906"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6906"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6906"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}