{"id":6952,"date":"2023-08-23T11:26:54","date_gmt":"2023-08-23T08:26:54","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=6952"},"modified":"2023-08-23T15:36:54","modified_gmt":"2023-08-23T12:36:54","slug":"%d0%b0%d2%b3%d0%be%d0%bb%d0%b8%d0%bd%d0%b8-%d1%80%d1%9e%d0%b9%d1%85%d0%b0%d1%82%d0%b3%d0%b0-%d0%be%d0%bb%d0%b8%d1%88-%d0%b1%d0%be%d1%81%d2%9b%d0%b8%d1%87%d0%bb%d0%b0%d1%80%d0%b8-%d2%b3%d0%b0%d0%bc-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/6952","title":{"rendered":"Aholini ro\u2018yxatga olish bosqichlari hamda davlat va xo\u2018jalik boshqaruvi organlari ishtiroki"},"content":{"rendered":"<h5>Aholini ro\u2018yxatga olishga tayyorgarlik ko\u2018rish va o\u2018tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo\u2018lib, ketma-ket hamda bir vaqtning o\u2018zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo\u2018lgan uch bosqichlni o\u2018z ichiga oladi:<\/h5>\n<p><strong>Birinchi bosqich<\/strong>da (3 yilgacha bo\u2018lgan muddat) quyidagi ishlar amalga oshiriladi:<\/p>\n<p>aholini ro\u2018yxatga olish tadbirini o\u2018tkazishni tashkil etish, o\u2018tkazish tamoyillari, uslubiy asoslari va moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanadi;<br \/>\naholini ro\u2018yxatga olish tadbiri dasturini, aholini ro\u2018yxatga olishni o\u2018tkazish, uning natijalarini olish va e\u2019lon qilishni tashkil etish uslubiyati ishlab chiqiladi;<br \/>\naholini sinov asosida ro\u2018yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko\u2018rish va o\u2018tkazishni tashkil etish, uning natijalarini tahlil qilish ishlari olib boriladi;<br \/>\nhar bir ro\u2018yxatga oluvchilarni o\u2018z hududi bo\u2018yicha xaritalar bilan ta\u2019minlanadi;<br \/>\naholi punktlaridagi uylarning ro\u2018yxatini tuzish va aholini ro\u2018yxatga olish tadbirini o\u2018tkazishning tashkiliy rejasi tuziladi;<br \/>\nhar bir xonadon raqamlanishi va ko\u2018chalar nomlanishini amalga oshiriladi;<br \/>\nzamonaviy xaritalash texnologiyalaridan foydalangan holda aholini ro\u2018yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko\u2018rish, uning o\u2018tkazilishini nazorat qilish, yakuniy natijalarni olish va taqdim etishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish orqali tadbir monitoring qilib boriladi;<br \/>\naholiga aholini ro\u2018yxatga olishning maqsadi va vazifalari axborot-tushuntirish ishlari orqali tanishtiriladi;<br \/>\nro\u2018yxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlar chop etilib, joylardagi mutaxassislarga etkaziladi;<br \/>\nro\u2018yxatga olish uchastkalarini bino, transport va aloqa vositalari bilan ta\u2019minlash ishlari tashkil etiladi;<br \/>\nro\u2018yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi vaqtinchalik xodimlar o\u2018qitilib, ular zaruriy vositalar bilan ta\u2019minlanadi;<br \/>\naholini ro\u2018yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko\u2018rish bilan bog\u2018liq boshqa ishlar olib boriladi.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchi bosqich<\/strong>da (10 kundan 60 kungacha bo\u2018lgan davr) bevosita aholini ro\u2018yxatga olish tadbirini o\u2018tkazish ishlari amalga oshiriladi, ya\u2019ni aholi to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotlar yig\u2018iladi, nazorat tekshiruvi o\u2018tkaziladi va aholini ro\u2018yxatga olish tadbiri materiallari qayta ishlash uchun ixtisoslashgan tuzilmalarga taqdim etiladi.<\/p>\n<p><strong>Uchinchi bosqich<\/strong>da (2 yildan 3 yilgacha bo\u2018lgan davr) quyidagilar amalga oshiriladi:<\/p>\n<p>aholini ro\u2018yxatga olish tadbirining birlamchi materiallari ma&#8217;lumotlarni qayta ishlash bo\u2018yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi;<br \/>\naholini ro\u2018yxatga olish tadbiri materiallarini avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanadi;<br \/>\nbirlamchi ma&#8217;lumotlarni kiritish, kodlashtirish, nazorat va tahrir qilish ishlari amalga oshiriladi;<br \/>\naholini ro\u2018yxatga olish bo\u2018yicha dastlabki natijalar olinadi;<br \/>\naholini ro\u2018yxatga olish tadbiri natijalarini e\u2019lon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Aholini ro\u2018yxatga olish bo\u2018yicha vakolatli organ \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi hisoblanib, ular quyidagi muhim vazifalarni amalga oshiradilar:<\/p>\n<p>a) muhim ilmiy va oliy ta\u2019lim muassasalari ishtirokida aholini ro\u2018yxatga olish tadbirini o\u2018tkazish bo\u2018yicha ilmiy-uslubiy va qo\u2018llanma materiallarni tayyorlaydi;<br \/>\nb) har bir aholi punktida aholini ro\u2018yxatga olish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ro\u2018yxatga olish uchastkalari mudirlarining, davlat statistika organlari xodimlari tarkibidan supervayzerlar (nazoratchi instruktorlar)ning tayinlanishini ta\u2019minlaydi;<br \/>\nv) joylardagi tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda, ro\u2018yxatga oluvchi xodimlarni o\u2018qitishni, shuningdek, ro\u2018yxatga olish varaqalarini sinov ko\u2018rinishida to\u2018ldirish bo\u2018yicha amaliy mashg&#8217;ulotlarni, keyinchalik xatoliklarni tahlil qilish va yuzaga kelgan qiyinchiliklarni tushuntirish orqali o\u2018tkazilishini (o\u2018qitish ishlari o\u2018qitilayotgan xodimlarning o\u2018rganilayotgan materialni to\u2018g\u2018ri o\u2018zlashtirganliklari va ro\u2018yxatga olish ishlariga tayyor ekanliklarini sinovdan o\u2018tkazgandan so\u2018ng yakunlanadi) amalga oshiradi;<br \/>\ng) O\u2018zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:<br \/>\nro\u2018yxatga olish natijalarini qayta ishlash bo\u2018yicha moddiy-texnik vositalarni sotib olish, server uskunalari, ro\u2018yxatga olish varaqalarini mashinada o\u2018qishni ta\u2019minlovchi skanerlar va boshqa ofis texnikalari bilan ta\u2019minlash bo\u2018yicha tenderlar tashkil etish va o\u2018tkazilishini ta\u2019minlaydi;<br \/>\naholini ro\u2018yxatga olish varaqalari ma\u2019lumotlarini kiritish va qayta ishlash bo\u2018yicha avtomatlashtirilgan tizim yaratadi;<br \/>\naholini ro\u2018yxatga olish tadbirlari natijalarini olish bo\u2018yicha dasturiy vositalarni ishlab chiqadi;<br \/>\nd) O\u2018zbekiston Milliy axborot agentligi, O\u2018zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentliklari bilan birgalikda, aholini ro\u2018yxatga olish tadbiri o\u2018tkazilishi haqida aholini xabardor qilish, ro\u2018yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etish bo\u2018yicha aholi o\u2018rtasida targ\u2018ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, shiorlar chiqarish va boshqa shu kabi tadbirlarni amalga oshirish bo\u2018yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.<\/p>\n<p>Bu tadbirga nafaqat statistika organlari xodimlari, balki respublikaning boshqa davlat va xo\u2018jalik boshqaruvi organlari ham aholini ro\u2018yxatga olish ishlarida bevosita ishtirok etadilar.<\/p>\n<p>Jumladan: O\u2018zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo\u2018yicha davlat qo\u2018mitasi aholini ro\u2018yxatga olish tadbirini o\u2018tkazish uchun zarur bo\u2018lgan miqdorda kartografik materiallarning (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejasi, ma\u2019muriy tumanlar xaritasi) tayyorlanishini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi \u201cO\u2018zarxiv\u201d agentligi aholini ro\u2018yxatga olish varaqalarini va boshqa hujjatlarni saqlash bo\u2018yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek, aholini ro\u2018yxatga olishning yig\u2018ma hujjatlarini qayta ishlangandan so\u2018ng doimiy saqlanishini yuritadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi quyidagilarni amalga oshiradi:<\/p>\n<p>aholini ro\u2018yxatga olishga jalb etilgan shaxslarning to\u2018liq xavfsizligi va ro\u2018yxatga olish materiallarining saqlanishini ta\u2019minlaydi;<br \/>\nro\u2018yxatga olishni o\u2018tkazish davrida aholini ro\u2018yxatga olish organlarining binolari va yuklarini qo\u2018riqlashni amalga oshiradi;<br \/>\naholini ro\u2018yxatga olish organlari bilan birgalikda, ro\u2018yxatga olishni o\u2018tkazish uchun zarur ma\u2019lumotlarni berishdan bosh tortgan yoki korxona va tashkilot hududiga kiritishga to\u2018sqinlik qilgan shaxslarga nisbatan ma\u2019muriy ta\u2019sir choralari ko\u2018rishi mumkin.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari zimmalariga ham bir qator vazifalar yuklatilgan bo\u2018lib, ular quyidagilarni amalga oshiradilar:<\/p>\n<p>ro\u2018yxatga olish tadbiriga jalb etilgan shaxslarning o\u2018qishi va ishlashi uchun yaroqli bo\u2018lgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik binolar hamda aholini ro\u2018yxatga olish varaqalari va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik saqlash uchun qo\u2018riqlanadigan binolar ajratadi;<br \/>\naholini ro\u2018yxatga olish uchastkalarini zarur transport va aloqa vositalari bilan ta\u2019minlaydi;<br \/>\ndavlat kadastri va davlat statistika organlari bilan birgalikda, doimiy yashovchi aholi sonini ko\u2018rsatgan holda aholi punktlarining to\u2018liq ro\u2018yxatini tuzadilar.<br \/>\nAholini ro\u2018yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko\u2018rish va o\u2018tkazish bo\u2018yicha alohida ishlar jalb etilgan pudrat tashkilotlari tomonidan mahsulotlar va xizmatlar sotib olish bo\u2018yicha o\u2018tkazilgan tanlov asosida bajariladi, ya\u2019ni: aholi o\u2018rtasida axborot-tushuntirish ishlarini o\u2018tkazish; kartografik materiallarni chop etish; ro\u2018yxatga olish materiallarini chop etish; moddiy-texnik ta\u2019minlash; ro\u2018yxatga olish materiallarini tashish; texnologik-loyiha ishlarini o\u2018tkazish va dasturiy ta\u2019minotni ishlab chiqish; ro\u2018yxatga olish varaqalari ma\u2019lumotlarini kiritish, avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash va boshqalar.<br \/>\nAholini ro\u2018yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko\u2018rish va o\u2018tkazishga ko\u2018maklashish uchun zarur hollarda qo\u2018shimcha ravishda boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar jalb etilishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>M. Fazilova,<\/strong><br \/>\nFarg\u2018ona viloyati statistika boshqarmasining<br \/>\n\u201cRo\u2018yxatga olish jarayonlarini tashkil etish<br \/>\nva uni o\u2018tkazish\u201d bo\u2018limi yetakchi mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aholini ro\u2018yxatga olishga tayyorgarlik ko\u2018rish va o\u2018tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo\u2018lib, ketma-ket hamda bir vaqtning o\u2018zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo\u2018lgan uch bosqichlni o\u2018z ichiga oladi: Birinchi bosqichda (3 yilgacha bo\u2018lgan muddat) quyidagi ishlar amalga oshiriladi: aholini ro\u2018yxatga olish tadbirini o\u2018tkazishni tashkil etish, o\u2018tkazish tamoyillari, uslubiy asoslari va moliyalashtirish manbalarini aniqlash masalalarini tartibga [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6953,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-6952","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":163,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6952"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6952"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6952\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6954,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6952\/revisions\/6954"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6953"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6952"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6952"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6952"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}