{"id":7234,"date":"2023-10-30T12:41:44","date_gmt":"2023-10-30T09:41:44","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7234"},"modified":"2023-10-30T12:43:37","modified_gmt":"2023-10-30T09:43:37","slug":"jahon-maydonida-yangi-ozbekistonning-yangicha-qiyofasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7234","title":{"rendered":"Jahon maydonida Yangi O\u2018zbekistonning yangicha qiyofasi"},"content":{"rendered":"<h5>Mamlakat fuqarolari to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma&#8217;lumotlar ma&#8217;lum vaqt oralig\u2018ida aholini ro\u2018yxatga olish tadbirlari orqali to\u2018planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.<\/h5>\n<p>Aholini ro\u2018yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o\u2018zi uchun zarur bo\u2018lib, u vaqti-vaqti bilan o\u2018z-o\u2018zini ko\u2018zguda ko\u2018rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro\u2018yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o\u2018zi haqidagi ma&#8217;lumotlarni taqdim eta turib, o\u2018zlari mansub bo\u2018lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.<\/p>\n<p>Misol uchun, ishsizlarning so\u2018rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o\u2018rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o\u2018rinlari yaratish imkonini bersa, bolalar soni to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar maktab, maktabgacha ta&#8217;lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda qo\u2018l keladi. Yosh haqidagi ma&#8217;lumotlar pensiyaga chiqadiganlar soni, ularning pensiya to\u2018lovlari uchun zarur bo\u2018ladigan mablag\u2018larni jamg\u2018arib borish imkonini beradi. Har yili maktabgacha ta&#8217;lim, umumta&#8217;lim maktablari yoki oliy ta&#8217;limga qabul qilinadigan yoshlar to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar ham xuddi shunday shakllanadi. Yashash joyi to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo\u2018llar qurilishi, kommunikatsiyalar bilan ta&#8217;minlashni rejalashtirish uchun zarur.<\/p>\n<p>Ushbu tadbirlarning ahamiyatli jihati shundaki, ular orqali nafaqat o\u2018zimiz, balki kelajak avlod uchun muhim ma&#8217;lumotlarni to\u2018plashga erishamiz. Aholini ro\u2018yxatga olish natijalari mamlakatimizning keyingi demografik va ijtimoiy siyosatini beligilash bilan birga, respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari hamda dasturlarini tuzishda keng qo\u2018llaniladi. Keyingi o\u2018n yillikka mo\u2018ljallangan oilalarni qo\u2018llab-qo\u2018vvatlashga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni shakllantirish, shifoxonalar, bolalar bog\u2018chalari, maktablar va uy-joy qurilishini rejalashtirishda foydalaniladi.<\/p>\n<p>Ro\u2018yxatga olish natijasida shakllantiriladigan mamlakatdagi ish beruvchilar haqidagi ma&#8217;lumotlar xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va rag\u2018batlantirishga yo\u2018l ochadi. Biznes vakillari ro\u2018yxatga olish ma&#8217;lumotlari orqali mehnat hamda iste&#8217;mol bozorining holatini baholash, talab va takliflar ehtiyojini aniqlash imkoniga ega bo\u2018ladi. Bir so\u2018z bilan aytganda, aholi to\u2018g\u2018risida to\u2018planadigan ma&#8217;lumotlar barcha sohalarni rivojlantirib, mamlakatni yanada taraqqiy ettirishga, jahon maydonida Yangi O\u2018zbekistonning yangicha qiyofasini aks ettiruvchi omil bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p>BMT dunyo mamlakatlariga fuqarolar bilan yuzaga keladigan bir qator ijtimoiy muammolarning yechimi hamda iqtisodiy ko\u2018rsatkichlarning demografik ko\u2018rsatkichlar bilan mutanosib ravishda o\u2018sib borishini ta&#8217;minlash uchun har o\u2018n yilda kamida bir marotaba aholini ro\u2018yxatga olish tadbirini o\u2018tkazishni tavsiya etadi. Afsuski, yurtimizda mustaqillikdan so\u2018ng keng ko\u2018lamda aholini ro\u2018yxatga olish tadbiri o\u2018tkazilmagan. Shu bois, mamlakatimizda ilk bor 2023 yilda o\u2018tkazilishi ko\u2018zda tutilgan aholini ro\u2018yxatga olish tadbiriga ayni paytda qizg\u2018in tayyorgarlik ko\u2018rilmoqda.<\/p>\n<p>Aholini ro\u2018yxatga olish mamlakat hududida millati, elatidan qat&#8217;iy nazar barcha insonlarni birlashtiradigan umummilliy tadbir bo\u2018lib, uning o\u2018tkazilishidan barchamiz, siyosiy qarashlarimiz va ijtimoiy mavqeimizdan qat&#8217;i nazar birdek manfaatdormiz. Boisi, mazkur yirik ijtimoiy tadbir orqali, birinchi navbatda, jami aholining soni, fuqaroligi, nikoh holati ya&#8217;ni rasmiy nikoh, norasmiy nikoh yoki erta nikoh, odamlarimizning ta&#8217;lim darajasi (o\u2018rta, o\u2018rta maxsus yoki oliy), yashash uchun daromad manbalari, uysizlar soni, uy xo\u2018jaliginining yashash sharoitlari kabi bir qancha ko\u2018rsatkichlar bo\u2018yicha bugungi kunda yetarlicha mavjud bo\u2018lmagan ma&#8217;lumotlar bazasi shakllantiriladi. Shaharcha, mahalla, qishloq va ovullar soni hamda ularning chegaralari, turar joylar soni, ulardagi mavjud shart-sharoitlar to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlarga aniqlik kiritiladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cAholini ro\u2018yxatga olish to\u2018g\u2018risida\u201dgi 2020-yil 16- martda qabul qilingan Qonunining 3-moddasi me&#8217;yoriy-huquqiy hujjatning asosiy tushunchalariga bag\u2018ishlangan bo\u2018lib, unda ro\u2018yxatga olish ishlarining sub&#8217;ektlaridan biri bo\u2018lgan respondent tushunchasiga ta&#8217;rif berilgan. Respondent \u2014 aholini ro\u2018yxatga olish sanasida O\u2018zbekiston Respublikasi hududida bo\u2018lgan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo\u2018lmagan shaxslar, O\u2018zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro\u2018yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo\u2018lgan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolari.<\/p>\n<p>Ushbu qonunning 23-moddasi shaxsga doir ma&#8217;lumotlarni yig\u2018ish tartibiga oid bo\u2018lib, unda bevosita aholini ro\u2018yxatga olish ishlarida respondentlar ishtirokini amalga oshirishning asosiy mezonlari ko\u2018rsatib o\u2018tilgan. Unga ko\u2018ra, respondentlar so\u2018rovi ular yashaydigan xonadonlarda yoki ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun ajratilgan xonalarda olib borilishi, so\u2018rov davlat tilida o\u2018tkazilishi, davlat tilini bilmaydigan respondentlar ona tilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqot tilida so\u2018rovdan o\u2018tkazilishi mumkinligi, ro\u2018yxatga olish varaqlari ro\u2018yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so\u2018zlari asosida to\u2018ldirilishi, ro\u2018yxatga olish davrida yashash (turgan) joyida hozir bo\u2018lmagan yoki voyaga etmagan shaxslar bo\u2018lgan respondentlar to\u2018g\u2018risidagi shaxsga doir ma&#8217;lumotlar ular uy xo\u2018jaligining voyaga etgan a&#8217;zolari, shu jumladan vasiylar va homiylar tomonidan ma&#8217;lum qilinishi, respondent ro\u2018yxatga olish varag\u2018idagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda ro\u2018yxatga olish varag\u2018i fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma&#8217;lumotlar asosida to\u2018ldirilishi, shaxsga doir ma&#8217;lumotlarning maxfiyligi ta&#8217;minlanishi, aholini ro\u2018yxatga olish dasturida nazarda tutilmagan savollar bo\u2018yicha shaxsga doir ma&#8217;lumotlarni yig\u2018ish taqiqlanishi belgilab berilgan. Aholini ro\u2018yxatga olish ishlarining samarali tashkil etilishi shaxsga doir ma&#8217;lumotlarni yig\u2018ish tartibiga qat&#8217;iy rioya qilinishiga bevosita bog\u2018liqdir. Shu boisdan, ushbu jarayonda yuqoridagi qoidalarga rioya etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p><strong>Alisher Abdurazakov,<\/strong><br \/>\nFarg\u2018ona viloyati statistika boshqarmasi bo\u2018lim boshlig\u2018i.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakat fuqarolari to\u2018g\u2018risidagi ma&#8217;lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma&#8217;lumotlar ma&#8217;lum vaqt oralig\u2018ida aholini ro\u2018yxatga olish tadbirlari orqali to\u2018planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi. Aholini ro\u2018yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o\u2018zi uchun [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7235,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7234","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":120,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7234"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7234"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7234\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7237,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7234\/revisions\/7237"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7235"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7234"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7234"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7234"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}