{"id":7246,"date":"2023-11-01T10:20:38","date_gmt":"2023-11-01T07:20:38","guid":{"rendered":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/?p=7246"},"modified":"2023-11-01T10:40:42","modified_gmt":"2023-11-01T07:40:42","slug":"%d2%b3%d0%b5%d1%87-%d0%b1%d0%b8%d1%80-%d0%bc%d1%83%d1%80%d0%be%d0%b6%d0%b0%d0%b0%d1%82-%d1%8d%d1%8a%d1%82%d0%b8%d0%b1%d0%be%d1%80%d0%b4%d0%b0%d0%bd-%d1%87%d0%b5%d1%82%d0%b4%d0%b0-%d1%8d%d0%bc%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/archives\/7246","title":{"rendered":"Hech bir murojaat e&#8217;tibordan chetda emas"},"content":{"rendered":"<h5>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi joriy yilning o\u2018tgan 9 oyi davomida iste&#8217;molchilardan kelib tushgan murojaatlarni ko\u2018rib chiqilishi natijalariga ko\u2018ra salkam 47 milliard so\u2018m mablag\u2018lar iste&#8217;molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berilgani xususida ma&#8217;lumotlarni e&#8217;lon qildi. Ushbu murojaatlar ichida kimningdir nazarida arzimas masaladek bo\u2018lib ko\u2018rinadigan murojaatlar ham borki, bu kabi masalalar Federatsiya tizimi tashkilotlarida e&#8217;tibordan hecham chetda qoldirilmagan holda ko\u2018rib chiqilib, ijobiy hal qilinishi choralari ko\u2018rib kelinmoqda. Zero ana shu milliardlar ortida Federatsiya xodimlarining misqollab yig\u2018ilgan mehnati natijalari yotibdi.<\/h5>\n<p>Shunday murojaatlardan biri sifatida Farg\u2018ona shahrining &#171;Oqariq&#187; mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida istiqomat qiluvchi A.V.ning xarid qilingan telefon quvvatlagichining nuqsonli chiqqani, sotuvchi esa uni almashtirib berishdan bo\u2018yin tovlayotgani xususida Federatsiyaning ishonch telefoniga qilgan murojaatini keltirib o\u2018tish mumkin. Ma&#8217;lum bo\u2018lishicha, iste&#8217;molchi shahardagi &#171;A&#8230;&#187; savdo do\u2018konidan 36 000 so\u2018m evaziga telefon apparatiga quvvatlagich xarid qiladi. Lekin ishlatishi jarayonida quvvatlagichda nuqson borligini payqaydi. Sotuvchiga bu borada qilgan murojaatiga esa &#171;Sotilgan buyum qaytarib olinmaydi&#187; qabilidagi javobni olgach, Federatsiya ishonch telefoniga bog\u2018lanib, ushbu masalada o\u2018zining qonuniy huquqlari himoya qilinishini so\u2018raydi.<\/p>\n<p>Ushbu holatda, agar iste&#8217;molchi tomonidan bildirilgan e&#8217;tiroz asosli bo\u2018lsa, ya&#8217;ni iste&#8217;molchining tovarni mazkur sotuvchidan sotib olinganligi tasdiqlansa va tovarda haqiqatda nuqson mavjudligi ma&#8217;lum bo\u2018lsa, sotuvchi &#171;Iste&#8217;molchilarning huquqlarini himoya qilish to\u2018g\u2018risida&#187;gi qonunning 14-moddasi talablaridan kelib chiqib, tovarni almashtirish to\u2018g\u2018risidagi talabni 7 kunlik muddat ichida qondirishi shart edi. Aks holda iste&#8217;molchida, tovarni almashtirilishi bilan bir vaqtda, ko\u2018rsatilgan muddatlardan o\u2018tkazib yuborilgan har bir kun uchun tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) undirib olish huquqi ham vujudga kelar edi.<\/p>\n<p>Federatsiyaning Farg\u2018ona shahar jamiyati mutaxassislari qonunning mazkur talablarini sotuvchiga tushuntirganlaridan so\u2018ng, u hech ikkilanishsiz nuqsonli quvvatlagichni maqbul sifatdagisiga almashtirib berdi. Bu bilan esa Federatsiya tizimida iste&#8217;molchilar foydasiga hal qilib berilgan mablag\u2018lar jami summasining 48-milliardga qarab siljishiga kichkinagina hissa qo\u2018shildi.<\/p>\n<p><strong>Azamatjon Babayev,<\/strong><br \/>\nshahar jamiyati bosh mutaxassisi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi joriy yilning o\u2018tgan 9 oyi davomida iste&#8217;molchilardan kelib tushgan murojaatlarni ko\u2018rib chiqilishi natijalariga ko\u2018ra salkam 47 milliard so\u2018m mablag\u2018lar iste&#8217;molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berilgani xususida ma&#8217;lumotlarni e&#8217;lon qildi. Ushbu murojaatlar ichida kimningdir nazarida arzimas masaladek bo\u2018lib ko\u2018rinadigan murojaatlar ham borki, bu kabi masalalar Federatsiya tizimi tashkilotlarida e&#8217;tibordan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7247,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[1],"tags":[],"class_list":["post-7246","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-1"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"2.12.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","ki","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ki":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"views":77,"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7246"}],"collection":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7246"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7246\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7250,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7246\/revisions\/7250"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7247"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7246"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7246"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/istemolchi-info.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7246"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}